|
1-amaliy mashg’ulot Eskizlarni chizish uchun mаtеriаl vа хоm аshyolаrni tanlashni o’rganish
|
bet | 1/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 54,28 Kb. | | #148829 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot
1-amaliy mashg’ulot
Eskizlarni chizish uchun mаtеriаl vа хоm аshyolаrni tanlashni o’rganish
Reja:
1. Eskizlarni chizish uchun mаtеriаl vа хоm аshyolаrni o’rganish
2. Eskizlarni chizish uchun mаtеriаl vа хоm аshyolаrni tanlashni o’rganish
Dizaynerga murojat qilinganda, uning ijodiy faoliyatini boshlashdan avval, unga ijod qilishi uchun material va jihozlar zarurligi hamda foydalanilish turlicha bo'lishini kuzatish.mumkun. Tavsiyalarga ko‘ra ish bir necha oddiy qog‘oz va oddiy qalamlardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Ish tasvimi qog‘ozga to‘g‘ri va chiroyli tarzda joylashtirishdan boshlanadi, so‘ng har bir narsani o'zaro joylashishi, ular orasidagi masofalar nisbatlar aniqlanadi. Bunda qalam yengil, qog'ozga ortiq darajada bosmasdan ishlatilishi kerak. Rasmning samarali natijasiga qo‘Ini ishlatish texnikasi, rasm chizish tezligi, qalamni bosish darajasi ta’sir ko'rsatadi, Bu bo‘limda kostyumning kreativ grafikalarini yaratish uchun dizaynerga zarur bo‘lgan materiallar ro‘yxati keltirilgan.
Dizaynerlar tomonidan qo’llaniladigan zamonaviy materiallar modelni aniqroq tavsiflashga, mato teksturasini ifodalashga va rasmni yanada tushunarli, hamda ko‘rgazmali bo‘lishiga imkon yaratadi. Zamonaviy libos namunalarini chizishda turli vositalar qo’llaniladi. Bunda dizayn sohasidagi professional mutaxassislar tomonidan odatda qo’llaniladigan materiallar ham berilgan. Ishda plastik vositalar qanchalik ko‘p ishlatilsa, loyiha eskizlari ham shuncha boyitilgan bo‘ladi.
1.1. Dizaynerning ish joyi
Etyudnikdan har yerda foydalanish mumkin, ammo dizayner uchun uning talablariga mos tashkillashtirilgan aniq maxsus ish joyi bo‘lishi zarur. Ranglar bilan ish olib borish jarayonida, ish joyi tabiiy yorugiik manbai bilan ta’minlangan bo‘lishi, bunda yorug'lik derazadan yoki harakatli kunduzgi lampalar (nurning to'liq spektr) orqali yetkazilishi va tanlangan joy e’tiborni bir yerga jamlashga imkoniyat yaratishi kerak, Ish jarayonida dizayner uchun stol va kresloni mustahkamligi, hamda qulayligi ta’minlanishi muhimdir.
Ko‘pgina dizaynerlar qiya yuzada chizishni xush ko‘radilar. Bunday vaziyatda tirgakli chizmachilik doskadan foydalanish mumkin. A2 yog‘och doska ham foydalanish uchun eng yaxshi ish quroli bo’lib, faqat katta hajmdagi joyni egallaydi. Eng kichik o'lcham A3 formatdir.
|
| |