• Fanni o‘qitishdan maqsad
  • Fanning vazifasi
  • 2. Fanni ta`limdagi o‘rni Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish Fanni o‘qitishdan




    Download 20,46 Kb.
    bet1/10
    Sana21.05.2024
    Hajmi20,46 Kb.
    #249048
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2. Fanni ta`limdagi o‘rni Yengil atletika va uni o‘qitish metodi

    Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari


    Reja:
    1. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
    2. Fanni ta`limdagi o‘rni
    3. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari
    4. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish
    5. Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish
    6. Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish
    Fanni o‘qitishdan maqsad: Oliy ta`lim muassasi talabalarining yengil atletika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarining shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanish. Yengil atletikaning rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni yengil atletika sport turining texnikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishda hakamlik qilish qoidalarini o‘rgatib borishdan iborat.
    Fanning vazifasi: Maqsadga erishish quydagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi. Talabalarda yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanini o‘tkazishda bo‘lajak mutaxasislarga yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish, yengil atletika mashqlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va o‘tkazishga o‘rgatishdan iborat. Shuningdek talabalarni yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, yengil atletikada qo‘llanadigan turli usullar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, yengil atletika turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o‘rgatish va ma`lumotlarga ega qilishdan iborat.
    Jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi bakalavrlarni tayyorlashda yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘p kurash) asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va tarbiyalashda, nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma hamda malakalarini mustahkamlashda etakchi rol o‘ynaydi.
    Talabalarning yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi. Ma`ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

    Download 20,46 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 20,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Fanni ta`limdagi o‘rni Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish Fanni o‘qitishdan

    Download 20,46 Kb.