• Eslatma: Laborato r iyada ishlash jarayonida oq xalatda bo‘lish zarur!!! Kimyoviy reaktivlarni joylashtirish va saqlash tartibi
  • 1-laboratoriya ishi. Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi va ularni tayyorlash. Eritmalar klassifikatsiyasi va ularni tayyorlash




    Download 153,19 Kb.
    bet1/7
    Sana13.06.2024
    Hajmi153,19 Kb.
    #263245
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-laboratoriya ishi


    1-laboratoriya ishi.
    Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi va ularni tayyorlash. Eritmalar klassifikatsiyasi va ularni tayyorlash.
    Dars maqsadi: Talabalarni laboratoriya texnikasi xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish
    Asosiy tushunchalar: Laboratoriya darslarida talabalarni texnik qonun qoidalar bilan tanishtirish. Asbob uskunalar va reaktivlar bilan ishlashni o‘rganish.
    Eslatma: Laboratoriyada ishlash jarayonida oq xalatda bo‘lish zarur!!!
    Kimyoviy reaktivlarni joylashtirish va saqlash tartibi:
    a) yonuvchi moddalar (natriy, kalsiy, kalsiy karbid, rux, alyuminiy, oltingugurt, temir, temir sulfid chang formalarda), uchuvchi yonuvchi suyuqliklar (dietil efir, atseton, benzin, spirt, benzol va boshqalar) og‘zi yopiq shisha idishlarda, havoda oksidlanuvchi metallar (ishqoriy metallar, lantanoid va aktanoid) kerosin, benzol yoki vazelin yog‘i solingan shisha idishlarda qulflanadigan jovonda saqlanadi;
    b) boshqa moddalar bilan aralashganda yong‘in hosil qiluvchi (brom, konsentratlangan azot va oltingugurt kislotalari, kaliy permanganati va boshqalar) va zaxarli (natriy ftorid, temir geksatsianidi, brom, kristalli yod, kaliy geksatsianoferrat (II), kaliy geksatsianoferrat (III), to‘rtxlorli uglerod, xloroform, metil xlorid, anilin) moddalar og‘zi berk shisha idishlarda, eshiklari zich yopiladigan seyflarda saqlanadi;
    v) joylashtirish va saqlashda maxsus qoidalarga rioya qilinishi talab qilinmaydigan reaktivlar (organik va noorganik reaktivlarning katta qismi) jovon polkalariga joylashtiriladi;
    g) yuqori konsentratsiyali kislotalar va ammiak (25%) eritmalari og‘zi yopiq shisha idishlarda yorug‘lik tushmaydigan quruq joylarda saqlanadi;
    d) brom qumli metall bankaga solingan, og‘zi priter tiqin bilan zichlangan shisha idishda saqlanadi;
    e) tuz va asoslarning eritmalari maxsus shisha idishlarda reaktivlar uchun ajratilgan joyda saqlanadi;
    j) nitratlar alohida jovon tokchalarida portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo‘lgan reaktivlardan uzoqroqda saqlanishi shart.

    Download 153,19 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 153,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-laboratoriya ishi. Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi va ularni tayyorlash. Eritmalar klassifikatsiyasi va ularni tayyorlash

    Download 153,19 Kb.