• Mirsaidov Maxmudjon Xabibullaevich Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali Egamova Munira Qarshiboevna
  • Annotatsiya
  • Key words
  • “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 3-son




    Download 257.99 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana24.03.2024
    Hajmi257.99 Kb.
    #176099
      1   2
    Bog'liq
    neft-va-gazning-kimyoviy-tarkibi
    Инновацион педагогик технологияларнинг мустақил таълимдаги аҳамияти, шпоры на госник сбор и подготовка, 632235-results-karakalpakstan-grade-6-1, Slayd Abdurahimova.N, 0202, -5307951, Abdunazarov Abdurashid 2F1 Optika, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Xosmas integral, audit kurs ishi norbek, Rustamova Z, 12 tajriba ishi, 1 ПАТОК 2 СЕМЕСТР BOLALAR PSIXOLOGIYASI ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ, vazifa 1 , Uskunaviy dasturlar


    53 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    NEFT VA GAZNING KIMYOVIY TARKIBI 
     
    Haydarov Bekzod Hamza o‘g‘li 
    Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 
    Mirsaidov Maxmudjon Xabibullaevich 
    Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 
    Egamova Munira Qarshiboevna 
    Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 
    Doniyorov Muxammad Karimberdi o‘g‘li 
    Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali talabasi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7749171
     
    Qabul qilindi: 18.03.2023 
    Chop etildi: 31.03.2023 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada neft va gazning kimyoviy tarkibi, ularning 
    o’zaro farqi, kimyoviy tuzilishi va xossasi, yo‘ldosh gazlar haqida ma’lumotlar 
    keltirilgan. Neftni haydash, kreking va yonuvchi tabiiy gazlar haqida haqida fikr 
    yuritilgan.
    Kalit so‘zlar: neft, benzin va kerosin, neftni haydash, kreking, naftenli 
    uglevodorodlar, aromatli uglevodorodlar, tabiiy gazlar.
    Abstract: This article contains information about the chemical composition of 
    oil and gas, their mutual differences, chemical structure and properties, and 
    associated gases. Oil drilling, cracking, and flaring natural gas are discussed. 
    Key words: oil, gasoline and kerosene, oil drilling, cracking, naphthenic 
    hydrocarbons, aromatic hydrocarbons, natural gases. 
    Neft - gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat 
    moysimon, rangi - sariq yoki och-qo‘ng’ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga 
    ega, suvdan yengil, zichligi 730 dan 860 kg/m
    3
    gacha bo’lgan suyuqlik. 
    Neftda uglevodorodlardan tashqari bir oz miqdor naften kislotalari, oltingugurt va 
    azot tutgan birikmalar bo’ladi. Turli joylardan qazib olinadigan neftning tarkibi ham 
    har xil bo’ladi. Ichki yonuv dvigatellari uchun suyuq yoqilg’ining asosiy manbai va 
    kimyo sanoati uchun qimmatbaho xomashyo bo’lgan neftdan sintetik kauchuklar, 
    plastmassalar, kimyoviy tolalar va boshqa ko’plab moddalar olinadi. Neftni qayta 
    ishlashda uni gazlardan, suv va oltingugurt birikmalaridan, naften kislotalari va 


    54 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    tuzlardan tozalab olinadi. Shundan so’ng uni fraksiyah haydashga beriladi. Bunda bir 
    qator fraksiyalar: 1) C
    4
    -C
    12
    uglevodorod tarkibli birinchi fraksiya (35-l95°C)-benzin; 2) 
    C
    9
    -C
    16
    uglevodorod tarkibli ikkinchi fraksiya (200-300°С)-*егаял; 3) 300°C dan yuqori 
    haroratda qaynovchi uglevodorodlar fxaksiyasi-mazut olinadi. 
    Benzin va kerosinni ikkilamchi fraksiyali haydashga berilganda turli markadagi 
    maxsus yoqilg’ilar, turli navdagi aviatsiya va avtomobil yoqilg’ilari, yorituvchi, 
    traktor uchun yengil va og’ir kerosinlar olinadi. Kerosin raketa dvigatellari uchun 
    yoqilg‘i hisoblanadi. 
    Mazut bug‘ qozonlari uchun yoqilg‘i, surkov moylari, vazelin, parafin olishda 
    xomashyo sifatida ishlatiladi. Uni o‘ta qizigan bug‘ yordamida (uglevodorodlar 
    parchalanib ketishining oldini olish uchun) haydaladi. Mazutdan mashina moyi, 
    avtol, aviatsiya moylari kabi bir qancha turdagi mineral moylar ham olinadi. 
    Neftni haydashdan qolgan qoldiq-neft kuyindisi (pek) yoki gudron deb ataladi va 
    yo‘l qoplamalari tayyorlashda ishlatiladi. 
    Neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydashda benzinning chiqish unumi 5-14 % ni tashkil 
    etadi. Neftning boshqa fraksiyalari hisobiga benzin unumini oshirish maqsadida uni 
    krekingga uchratiladi: 
    Neft krekingi benzinning chiqish unumini 65-70 % gacha orttirishga imkon 
    beradi. Kreking paytida ajraladigan gazlar ham katta ahamiyatga ega. Ular kimyo 
    sanoati uchun xomashyo bo‘ladigan to‘yinmagan uglevodorodlar tutadi. 
    Har bir neft qazib olinadigan joylarda erigan yoki erkin holda tabiiy, yo‘ldosh gazlar 
    uchrab turadi. Ularda metan kamroq, asosan, etan, propan, butan va boshqa 
    uglevodorodlar bo‘ladi. 
    Neftekimyo korxonalari (neft haydash zavodlari, neftni qayta ishlash zavodlari, 
    organik sintez zavodlari) atrof-muhitning zararli moddalar bilan ifloslanishida, inson 
    organizmi uchun zaharli moddalar havoga tarqalishida salbiy o’rin tutadi. Shuning 
    uchun atrof-muhitni himoya qilish va tozalikni saqlash yo’lida chiqindisiz 
    texnologiyalar, xomashyoni kompleks qayta ishlash imkoniyatini beruvchi 
    konstruksiya-tuzilmalarni loyihalashtirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. 
    Neft kimyoviy jihatdan murakkab mineral modda hisoblanadi. Tog‘ 
    jinslaridagi har xil bo‘shliqlarni to’ldirib atrofidagi tog’ jinslarining yotish 
    shakllarini qabul qiladi. Odatda zichligi uncha katta bo‘lmagan neft och tusga, og’ir 
    neft esa qora rangga ega.
    Neft juda yopishqoq. 


    55 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    Hamma neftlarga o‘ziga xos hidlar xarakterlidir. Neftning asosiy komponenti - 
    uglerod hisoblanib, u neftning 84-87% ini tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinni vodorod 
    egallaydi va uning miqdori 12-14% ga etadi. 
    Shunday qilib, bu ikki element neft tarkibining 97-99%ini tashkil etadi. Neft 
    tarkibidagi 3-o’rinni kislorod, azot va oltingugurt elementlari egallaydi. Ularning 
    umumiy miqdori 5-8% ga etishi mumkin. Ko‘pchilik vaqt har xil tarkibli 
    neftlarda parafin uchraydi. 
    Parafin miqdoriga qarab neftlar parafinsiz (parafin miqdori 1% gacha), kuchsiz 
    parafinli (parafin miqdori 1-2% gacha), va parafinli (parafin miqdori 2% dan 
    ortiqdir) turlarga ajratiladi. 
    Oltingugurt miqdoriga qarab neftlar-kam oltingugurtli (0,5%gacha), yuqori 
    oltingugurtli (0,5% dan ortiq) turlarga bo‘linadi. 
    Oltingugurtning neftda uchrashi kam xosiyatli, chunki u neft haydovchi uskunalarni, 
    neft quvurlarini yemiradi va neftga yoqimsiz hid beradi. 
    Asfalt miqdoriga qarab neft qatroni kam qatronli (qatron miqdori-8% gacha), 
    qatronli (qatron miqdori-8-28%); ko’p qatronli (qatron miqdori-28% dan ko‘proq) 
    turlarga bo‘linadi. 
    Neftlarda kam miqdorda fosfor, temir, vanadiy, nikel, alyuminiy, kalsiy, magniy, 
    bariy va boshqa elementlar (hammasi bo‘lib 44 ta) uchraydi. 
    Yonuvchi gaz va neftning asosiy qismini ko’pgina birikmalar hosil qiluvchi 
    uglevodorod (uglerodning vodorod bilan qo‘shilgani) tashkil qiladi. 
    Hozir 425 ta uglevodorod birikmalari aniqlangan. o‘z navbatida ularning har biri 
    murakkab birikmalar uchun dastlabki birikma hisoblanadi. 
    Ularning o‘zaro farqi kimyoviy tuzilishiga va xossasiga bog’liq. 
    Ularning ayrimlari to‘liq to‘yingan xarakterga ega. Bu esa uning kimyoviy 
    inertligini va qo‘shilish reaksiyasiga qobiliyatsizligini ko‘rsatadi. Uglevodorodning 
    boshqa qismi to‘yinmagan xarakterga ega va o‘zining molekulasiga boshqa atom va 
    molekulalarni qo‘shib olishi mumkin. 
    Yonuvchi tabiiy gaz va neft tarkibiga kiruvchi uglevodorod molekulalarining 
    tuzilishini metanli, naftenli va aromatli guruhga ajratish yo‘li bilan aniqlanadi. 
    Ularning bir-biridan farqi - uglerod va vodorod atom nisbatlarining va ichki 
    struktura bog’lanishlarining har xilligidadir. 
    1. Metanli (yoki parafinli) uglevodorodlar umumiy kimyoviy formulaga C
    n
    H
    2n+2 
    ega. Bu to‘liq to‘yingan birikmadir. Hamma uglerod valentlari vodorod atomi yoki 
    uglerod atomi bilan to‘yingan. 


    56 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    Lekin erkin valentlar yo‘q. Shuning uchun bu birikmalar kimyoviy jihatdan 
    faolsiz hisoblanib va o‘zining turg‘unligi munosabati bilan o‘zgarmaydi. 
    Ma'lumki, uglerod atomi 4 valentli va 4 ta erkin bog‘lanishga ega. Vodorodning 
    atomi bitta. Agar uglerodning 4 ta atom valentini vodorod atomi egallasa, unda 
    uglevodorodning oddiy molekulasi hosil bo’ladi. 
    Bu qatorlarning har qaysi keyingi a'zosi oldingilaridan bir atom uglerod va 2 atom 
    vodorod (СН
    2
    ) bilan farqlanadi. 
    Molekula massasi va kimyoviy strukturasiga qarab metanli uglevodorodlar 
    gazsimon, qattiq va suyuq shaklda bo’lishi mumkin. 
    Shunday qilib, oddiy haroratda molekulasida 1-5 atom uglerod bo’lgan 
    uglevodorodlar gaz hisoblanadi. Miqdorida 5-15 atom bo’lganlari suyuq, yuqori 
    molekulyarlilari esa qattiq holatda bo‘ladi. 
    2. Naftenli uglevodorodlar umumiy formulaga С
    n
    Н
    2n
    ega. Bu uglevodorodlarning 
    molekulasi bir necha metilenli guruhlardan- СН
    2
    tuzilgan. Ular o‘ralgan doiralar 
    yoki sikllardan iborat. 
    3. Naftenli uglevodorodlar to‘yinmagan birikmalardan tarkib topgan. Lekin 
    uglevodorod zanjirining doira bo‘lib o‘ralishi (birikishi) ularga to‘yingan xarakter 
    beradi. 
    Ular o‘zining kimyoviy xossasiga qarab metanga yaqin. 
    4. Aromatli uglevodorodlar eng muhim va keng guruh hisoblanadi. Uning 
    formulasi- С
    n
    Н
    2n-m
    , bu yerda "n" 6 dan, "m" 6 va undan kattaroq. 
    Aromat uglevodorodning molekula strukturasi o‘ralgan doira shakliga ega bo‘ladi. 
    Lekin metanli va naftenli uglevodorodlarga nisbatan ular kimyoviy jihatdan juda 
    aktiv bo’ladi. Ular yuqori eritish qobiliyatiga ega. Ular bir-birida cheksiz eriydi. 
    Ularga aralashish reaksiyasi xarakterli. 
    Metanli, naftenli va aromatli uglevodorodlar neftning asosiy qismini tashkil 
    etadi. Neftda uglevodorodlar qatnashishiga qarab metanli, metan-naftenli, naftenli, 
    metan-naften-aromatli, 
    naften-aromatli 
    turlarga 
    bo‘linadi. 
    Neftda 
    suyuq 
    uglevodoroddan tashqari, ularda erigan gazsimon va qattiq uglevodorodlar 
    qatnashadi. Erning chuqur qismidan neftni chiqarib olishda undan erigan gazlar va 
    kam miqdorda qattiq uglevodorodlar(parafin) ajraladi. 
    Neft oksidlanish zonasida fizik va kimyoviy nurash natijasida yengil 
    uglevodorodlarni yo‘qotadi va yopishqoq quyuq suyuqlikka aylanadi (malta). 
    Natijada bitumli "asfalt jins"ga aylanadi. 
    Gaz-metan qatoridagi uglevodorodli aralashma va yer po’stining cho’kindi 
    qobig’ida erkin yig’ilgan uglevodorodsiz komponentdir. 


    57 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    Shuningdek gaz eritma ko’rinishda va tarqoq holatda ham uchraydi. 
    Gaz uchta kattalik - bosim (R), hajm (V) va harorat (T) bilan ifodalanadi. 
    Metan qatoridagi uglevodorodlar asosan metan (tarkibi 85-90% dan), etan, propan, 
    butan, pentan (ularning miqdori gazlarda 0.1%, gaz konlarida 20% gacha)dan iborat. 
    Uglevodorodsiz komponentlar asosan azot, karbonat angidrid gazi, suv bug’laridan 
    tashkil topgan. Bundan tashqari ayrim gazlar, oltingugurt, geliy, argon qo’shilmalari 
    bilan to’yingan. Karbonat angidrid gazining miqdori 10-15%gacha va undan ham 
    oshadi. Odatda azotning to’planishi 10% gacha, serovodorodniki 2-3%, ayrim 
    hollarda 15-20%, geliyniki 0.01-0.001% ga yetadi. 

    Download 257.99 Kb.
      1   2




    Download 257.99 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 3-son

    Download 257.99 Kb.
    Pdf ko'rish