• Bajardi
  • II BOB. Boshlang’ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
  • Xulosa
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 470.93 Kb.
    bet1/6
    Sana03.06.2023
    Hajmi470.93 Kb.
    #69251
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Rustamova Z
    Инновацион педагогик технологияларнинг мустақил таълимдаги аҳамияти, шпоры на госник сбор и подготовка, 632235-results-karakalpakstan-grade-6-1, Slayd Abdurahimova.N, 0202, -5307951, Abdunazarov Abdurashid 2F1 Optika, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Xosmas integral, audit kurs ishi norbek, 12 tajriba ishi, 1 ПАТОК 2 СЕМЕСТР BOLALAR PSIXOLOGIYASI ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ, vazifa 1 , Uskunaviy dasturlar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
    BOSHLANG’ICH TA’LIM” YO’NALISHI
    3-KURS 311-GURUH
    KURS ISHI
    Mavzu; ”Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda didaktik o’yinlardan foydalanish”


    Bajardi:Rustamova Z.
    Ilmiy rahbar: Normurodova Nigora.
    Toshkent-2023
    M U N D A R I J A:
    Kirish……………………………………………………………………3
    I BOB: Boshlang’ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining maqsad, vazifalari, bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar

      1. Boshlang’ich sinf ona tili va o`qish darslarining maqsad va

    vazifalari ………………………………………………………………..5
    1.2. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining ona tili va o`qish fanidan bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar ……………………………..12
    II BOB. Boshlang’ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
    2.1. Boshlang’ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik ishlardan foydalanish yo`llari ………………………………………….20
    2.2. Koʻrgazmalilik asosida oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish. (Didaktik o`yinlardan foydalanish jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalar) ……………………………………………………………….26
    Xulosa ………………………………………………………………….33
    Adabiyotlar ro`yxati ………………………………………………….35


    Kirish
    Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq xalq ta`limi sohasida tub islohotlar boshlab yuborildi. Zero, bundan buyon “Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta`lim va maorifni yuksaltirish, milliy o`yg`onish g`oyasini ruyobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoladi”. O`tgan qisqa davr ichida “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish konsepsiyasi”, yangi mazmundagi darsliklar yaratildi.
    Boshlang`ich sinf o`qituvchilari pedagogik texnologiya, axborot hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va o`z faoliyatlarida qo`llashga bo`lgan qiziqishlari kuchaydi, o`quvchilarning ijodiy ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish bosh maqsadga aylandi; o`qitishning eng samarali, ayniqsa, noan`anaviy, interfaol metod, vosita va usullarini tatbiq etishga bo`lgan intilishlari ortdi. Yangilanish borasidagi muvaffaqiyatlarni ko`rsatish, kamchiliklarni aniqlash, bajarilmayotgan ishlarni belgilash dolzarb muammoga aylandi. Mustaqil Respublikamizda komil inson tarbiyasi doimo Prezidentimizning diqqat e`tiborida bo`lib keldi. Jumladan, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar berkitib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi - deb ta`kidlaydi Prezidentimiz Sh. Mirzayev.
    O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti “Tarixiy xotirasiz - kelajak yo`q” asarida komil inson tushunchasiga aniq ta`rif keltirganlar. “Komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq - atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`la oladigan, bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz”.
    Ta`lim tizimi va maktab oldiga maqsad qilib, ya`ni komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish qo`yildi. Ta`lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning tub mohiyati ta`lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.
    Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. Mustaqillik - eng ulug`, eng aziz ne`mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oliy tushunchani yurakdan his qilish, anglab yashash - buyuk saodat. Mustaqillik - xalqimiz uchun erkin, baxtli va farovon, hech kimdan kam bo`lmagan hayot kechirish imkonini bergani, yurtdoshlarimizning barcha sohalarda o`z iste`dod va qoboliyatini to`la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratgani bilan qadrlidir. “Bugun mustaqil taraqqiyot yillarida bosib o`tgan, oson kechmagan yo`limizni, amalga oshirgan ishlarimizni, erishgan yutuq va marralarimizni sarhisob qilar ekanmiz, hech shubhasiz, xolisona bir xulosaga kelishimiz tabiiydir.
    “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak ”, - deb ta`kidlaydi Prezidentimiz.

    Download 470.93 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 470.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 470.93 Kb.