• 2.1. Xorijiy davlatlardagi maktabgacha ta’lim tizimi modeli va rivojlanishi
  • Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari




    Download 169,5 Kb.
    bet1/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi169,5 Kb.
    #155821
      1   2   3   4
    Bog'liq
    rivojlangan davlatlarda MT tizimi


    1.1.Xorijiy mamalakatlarda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimi
    Mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yuqori sur‘atlarda rivojlanishi jamiyat a‘zolarining ijtimoiy tafakkuridagi ijobiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqdir. Jamiyatda yashayotgan kishilarning tafakkurida ijobiy o‘zgarishlar hosil qilmoq uchun, eng avvalo ta‘lim tizimida tub burilishlar bo‘lishi lozim. Mamalakatimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiy, siyosiy sohalar bilan bir qatorda ta‘lim sohasining rivojlanishiga ham katta e‘tibor qaratildi. Ko‘plab ta‘limga oid me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu hujjatlar zamirida mamlakat taraqqiyotini rivojlantirish masalasi ustuvor sanalsa-da, shu orqali shu jamiyatda yashayotgan har bir insonning barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan sharoitda yashashi, hayotidan rozi bo‘lishi masalasi turadi. Yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan jamiyatni yuksak tafakkurga ega bo‘lgan shaxslargina barpo eta oladi. Yuksak tafakkurli shaxslarni yetishtirish ta‘lim va tarbiya bilan shug‘ullanuvchi soha egalari hisoblanganpedagoglar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar faoliyati bilan bog‘liq.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20- aprelida qabul qilgan ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida‖gi qarorida quyidagi masalalarga alohida e‘tibor qaratilgan: kadrlar tayyorlash mazmunini qayta ko‘rib chiqish; xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish; o‘quv jarayoniga xalqaro ta‘lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni joriy qilish: o‘quv pedagogik faoliyatga master-klasslar o‘tkazishga, xorijdan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol ishtirok etishga jalb etish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‘lim muassasalari ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etish; oliy ta‘lim muassasalarini zamonaviy o‘quv metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta‘minlash; oliy ta‘limning ma‘naviy-axloqiy mazmunini oshirish; talaba yoshlarda mustaqillik g‘oyalari, yuksak ma‘naviyat va insoniylikning milliy an‘analariga sodiqlik ruhini singdirish kabi tarbiyaviy ishlarni yuksak saviyada olib borish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish zarurligi alohida uqtirilgan. Mamlakatda bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Milliy dastur barcha ta‘lim tizimlari oldiga ―…ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar sarqitlardan to‘la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash‖ vazifasini qo‘ygan bo‘lsa-da,
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishining holatini uchala bosqichda ham to‘liq amalga oshirildi deb bo‘lmaydi. Bu holni maktabgacha ta‘lim tizimida ham uchratish mumkin. Shunday ekan, maktabgacha ta‘lim tizimining samaradorligini ta‘minlashda chet mamlakatlar ilg‘or tajribalaridan, xususan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiy, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning tajribalarini ta‘lim tizimiga joriy qilish zarur

    2.1. Xorijiy davlatlardagi maktabgacha ta’lim tizimi modeli va rivojlanishi


    Ta‘limning ko‘plab milliy modellari bor. Biroq ular orasidan tuzilishi jihatidan quyidagi asosiy mezonlarga qarab ta‘limning uchta asosiy modelini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular Yevropa, Amerika va Osiyo modelidir. Yevropa ta‘lim modeli boshlang`ich maktabdan boshlab, o‘quvchilarga yuqori talablarni qo‘yish va ularga puxta bilim, jumladan tabiiy va muhandislik fanlari sohasida chuqur bilim berishga qaratilgan. Shuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimi ham mavjud.
    Boshlang`ich va o‘rta maktabda o‘qish jami 10–12 yil davom etadi. Keyingi bosqich kasb-hunar, oliy ta‘lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limdir. Bu modelda barcha darajada bilim olish markazlashtirilgan bo‘lib, asosan davlat hisobidan bepul o‘qitiladi. Yevropa modeli doirasida ingliz, fransuz va nemis ta‘lim modeli, shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlari ta‘lim modeli alohida ajralib turadi. Masalan, ―dual prinsip‖ (ya‘ni, ta‘limni ishlab chiqarish bilan bog`lash) nemis modeliga xos bo‘lgan ta‘limning barcha uchun bepulligi fransuz ta‘lim modelining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Yevropa ta‘lim tizimi keng ko‘lamli o‘qitish tizimi va ishchi mutaxassisliklarga, jumladan mehnat va aholi bandligi organlari tomonidan bepul asosda qayta o‘qitish tizimini ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari asosan ish beruvchilar yoki o‘qiydiganlar tomonidan talab etiladigan va haq to‘lanadigan kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha juda keng qamrovli tizim ham mavjud.
    Osiyo ta‘lim modeli ta‘limni moliyalashda davlatdan tashqari xususiy biznes ham muhim rol o‘ynashi bilan ajralib turadi. Bu yerda maktablar munistipal organlar tasarrufida, xususiy va davlat oliy o‘quv yurtlari son jihatidan taxminan teng. Umuman olganda ta‘limni moliyalashda mahalliy manbalar milliy manbalarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi.
    Boshlang`ich va o‘rta ta‘lim asosan bepul, oliy ta‘lim esa pullidir. Bunda talabalarga grantlar va kreditlar hisobidan ta‘lim xizmatlari uchun pul to‘lash bo‘yicha yordam beradigan ko‘p tarmoqli tizim mavjud. Amerika tizimida hukumat va xususiy maktablar, eng yaxshi va o‘rtacha universitetlarda ta‘lim sifati keskin farq qiladi. Boshlang`ich maktablarda o‘quvchilarning bilim darajasiga nisbatan soddalashtirilgan talablar ularning bilim olishiga qarab ortib boradi. Boshlang`ich maktablarda ko‘proq turli ijtimoiy fanlar o‘qitilsa, o‘rta maktablarda o‘qishni ixtisoslashtirish uchun keng imkoniyat yaratilgan. Amerika modelida oliy o‘quv yurtlarining ta‘lim mazmunmohiyatini belgilashda mustaqillik darajasi yuqori. Bu jarayonda davlat boshqaruv organlari deyarli ishtirok etmaydi. Har ikki asosiy tizimda tabaqalashtirish va ixtisoslashtirish ta‘lim samaradorligining umumiy hamda asosiy vositasi hisoblanadi. Amerikada o‘quvchilarning muayyan fan va kasbga qiziqishi, qobiliyat va iqtidori, aralash qiziqishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lish sinab ko‘rilmoqda. Bu AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda asosiy yondashuvga aylangan. Ushbu jarayonlarga inson va jamiyatni rivojlantirishning muhim sharti sifatida qaraladi. Ushbu modelda Osiyo mamlakatlari uchun xos bo‘lgan va mintaqa tashqarisidan, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, qator Yevropa davlatlaridan olingan ta‘lim tizimini boshqarishning institutsional tuzilma hamda elementlari o‘z aksini topgan.
    Yaponiyada va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etishda, jahon bozori va eksport ekspansiyasiga jadal kirib borishda olamshumul muvaffaqiyatlarga erishgani uchun Osiyo yo‘lbarslari deb nom olgan yana to‘rtta mamlakatda (Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkongda) inson salohiyati va avvalo, ta‘limni imkon qadar rivojlantirishga azaldan alohida e‘tibor qaratib kelingan. Buning sababi shundaki, ushbu mamlakatlarda foydali qazilmalar va hududlar yo‘q, ularning eng asosiy boyligi — bu inson. Aynan inson aqliy qobiliyati va innovatsion intilishi bilan (afsonaviy neft yoki oltin zaxiralari emas) ushbu mamlakatlarni qashshoq va texnik jihatdan qoloqlar qatoridan olib chiqdi. Keyinchalik Malayziya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Osiyoning turli xil tabiiy resurslarga boy boshqa qator mamlakatlari ham ta‘lim sohasini rivojlantirishda yetakchilarga aylandi.
    Ta‘lim sohasida ulkan natijalar va u bilan bog`liq ilmiy texnik taraqqiyotga erishishda Sharq mentalitetiga xos ma‘naviy mukammallik, oliy maqom va peshqadamlikka intilish (jamiyat va jahonda), umummilliy vazifalarni hal etishda vatanparvarlik va sog`lom shuhratparastlik kabi xislatlar muhim rol o‘ynadi.
    Osiyo ta‘lim modeliga Yevropa va Amerika modelidan farqli o‘laroq quyidagilar xosdir: * boshlang`ich maktabning katta ahamiyatga ega ekanligi (ushbu aksariyat mamlakatlar, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyada boshlang`ich maktabda o‘qish 4 yil emas, balki 6 yil davom etadi);
    * o‘quvchilarga faqat akademik bilim berish emas, balki ularda ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga e‘tibor qaratilgani (Singapurda boshlang`ich maktab bitiruvchilari ega bo‘lishi lozim bo‘lgan yettita afzalliklardan biri ―fikrlash va o‘z fikrini ifoda etish‖ va ―atrofdagi narsalarga qiziqish bildirish‖ qobiliyati hisoblanadi);
    * o‘quv yurtlarining, jumladan boshlang`ich maktablarning kompyuterlar bilan jihozlangani va Internet tarmog`iga ulangani (Janubiy Koreya dunyoda Singapurdan keyin ikkinchi bo‘lib, o‘z maktablari, hattoki qishloqlar va orollardagi maktablarni kompyuterlar bilan to‘liq jihozladi). Bu o‘quv jarayoni samaradorligidan tashqari darsliklar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop etish, kutubxonalarni saqlash va hokazolar uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirgan holda iqtisodiy samara berdi;
    * ta‘lim tizimining jamiyatning turli qatlamlari uchun ochiqligi (Janubiy Koreyada 25–37 yoshdagi fuqarolarning 97 foizi shu tufayli oliy ma‘lumotga ega va bu butun dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi);
    * o‘quv yurtlari turlarining moslashuvchanligi va yuqori darajada tabaqalashgani (Janubiy Koreyada birgina oliy ta‘lim doirasida oddiy kollej va texnik taraqqiyotga erishishda Sharq mentalitetiga xos ma‘naviy mukammallik, oliy maqom va peshqadamlikka intilish (jamiyat va jahonda), umummilliy vazifalarni hal etishda vatanparvarlik va sog`lom shuhratparastlik kabi xislatlar muhim rol o‘ynadi. Osiyo ta‘lim modeliga Evropa va Amerika modelidan farqli o‘laroq quyidagilar xosdir:
    * boshlang`ich maktabning katta ahamiyatga ega ekanligi (ushbu aksariyat mamlakatlar, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyada boshlang`ich maktabda o‘qish 4 yil emas, balki 6 yil davom etadi);
    * o‘quvchilarga faqat akademik bilim berish emas, balki ularda ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga e‘tibor qaratilgani (Singapurda boshlang`ich maktab bitiruvchilari ega bo‘lishi lozim bo‘lgan ettita afzalliklardan biri ―fikrlash va o‘z fikrini ifoda etish‖ va ―atrofdagi narsalarga qiziqish bildirish‖ qobiliyati hisoblanadi);
    * o‘quv yurtlarining, jumladan boshlang`ich maktablarning kompyuterlar bilan jihozlangani va Internet tarmog`iga ulangani (Janubiy Koreya dunyoda Singapurdan keyin ikkinchi bo‘lib, o‘z maktablari, hattoki qishloqlar va orollardagi maktablarni kompyuterlar bilan to‘liq jihozladi). Bu o‘quv jarayoni samaradorligidan tashqari darsliklar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop etish, kutubxonalarni saqlash va hokazolar uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirgan holda iqtisodiy samara berdi;
    * ta‘lim tizimining jamiyatning turli qatlamlari uchun ochiqligi (Janubiy Koreyada 25–37 yoshdagi fuqarolarning 97 foizi shu tufayli oliy ma‘lumotga ega va bu butun dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi);
    * o‘quv yurtlari turlarining moslashuvchanligi va yuqori darajada tabaqalashgani (Janubiy Koreyada birgina oliy ta‘lim doirasida oddiy kollej va universitetlar bilan bir qatorda kasb-hunar va texnika kollejlari, kollej maqomiga ega boshqa o‘quv yurtlari, ochiq va sirtqi universitetlar ham bor);
    * o‘quvchilarga erkinlik berilgani, ularning akademik kurslarni majburiy o‘rganishni rad etish imkoniyati (Yaponiyada nafaqat talabalar, balki yuqori sinf o‘quvchilari uchun kurslarning 50 foizi majburiy hisoblanadi), vaholanki, o‘quv yurtlari tomonidan maxsus va umumta‘lim kurslarini tanlash imkoniyati berilgan;
    * ta‘lim muassasalarini moliyalash va boshqarishda xususiy kapitalning yuqori darajada ishtirok etishi (Janubiy Koreyada xususiy manbalar maktabgacha ta‘lim muassasalari byudjetining yarmini, oliy o‘quv yurtlari byudjetining 80 foizini, Yaponiyada 50 foizini tashkil etadi. Xitoyda 1994-yildan buyon talabalarning ta‘lim kreditlari va grantlarini olish imkoniyati kengaytirilishi bilan bir qatorda to‘liq o‘rta va oliy ta‘limning pulli tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda);
    * xorijiy tillar, avvalambor, ingliz tilini o‘rganishga alohida e‘tibor berilayotgani (nafaqat Britaniyaning sobiq mustamlakalari Singapur, Gonkong, Malayziya, Hindistonda, balki ingliz tiliga ikkinchi davlat tili maqomini berish to‘g`risidagi masala ustida bahs-munozaralar davom etayotgan Yaponiya va Janubiy Koreyada ham ingliz tilini yaxshi bilishadi); Albatta, mintaqaning har bir mamlakatida Osiyo ta‘lim modeli o‘ziga xos xususiyatga ega, ayrim davlatlarda esa uning ayrim xususiyatlari endi-endi ko‘zga tashlanmoqda. Misol uchun, Hindistonda ta‘limning ommabopligini ta‘minlash, Hindiston diplomlarining xalqaro e‘tirof etilishi, mamlakatda yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallarini tashkil etish hanuzgacha dolzarb vazifa hisoblanadi. Turkiyada esa oliy o‘quv yurtlardagi ta‘limni Amerika va Yevropa darajasiga ko‘tarish ustuvor vazifa sanaladi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar (xususan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti — OECD) va ekspertlarning fikricha, Osiyo ta‘lim modeliYevropa modeliga qaraganda ancha mukammal. Jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Tayvan (Xitoy) dunyoda eng yaxshi milliy ta‘lim tizimiga ega ko‘plab mamlakatlar orasida (Finlyandiya va Kanada bilan bir qatorda) peshqadamlik qilmoqda. Mintaqaning ushbu to‘rt mamlakati aynan Osiyo ta‘lim modeli tufayli dunyoning ijtimoiyiqtisodiy rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo‘shilgani ham bu model samaradorligining yana bir tasdig`idir. Ta‘kidlash joizki, Gonkong (Xitoy) jon boshiga o‘rtacha yalpi ichki mahsulot va xarid qobiliyati ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘zining sobiq mustamlakachisi Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi (2013-yilda 34,7 ming dollar). Yarim asr ilgari mustamlaka davlat hisoblangan Singapur esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya va Italiyadan oldinda (29,8 ming dollar). Janubiy Koreya va Tayvanda ham (Xitoy) bu ko‘rsatkichlar 22–25 ming dollar atrofida. Bundan tashqari Singapur yuqori texnologiyalar eksporti bo‘yicha (sanoat eksportining 5/3) dunyoda ikkinchi, qolgan uchta ―Osiyo yo‘lbarslari‖ AQSh bilan teng darajada turibdi.
    Ta‘limning muayyan bazaviy modelining o‘ziga xos yoki aniq ustunligi haqida biror narsa deyish qiyin. Odatda bunday modellar, hatto, Yevropa mamlakatlari va AQSh ta‘lim tizimida ham mutanosib ravishda mavjud. Bunda Yevropa va Amerika ta‘lim tizimi XIX asr oxiri XX asr boshida shakllangan Angliya, Fransiya va Germaniyaning milliy tizimlari tajribasini o‘zlashtirish va isloh qilish natijasida paydo bo‘lganini e‘tiborga olish darkor. Yuqorida qayd etilganidek, ta‘lim tizimini tashkil etishda Amerika modeli turli modellardan foydalanishning o‘ziga xos na‘munasi hisoblanadi. Bu yerda Angliya, Fransiya va Germaniya modellari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Dunyoda iqtisodiy, ilmiy va madaniy integrastiyalashuvni chuqurlashtirish hamma mamlakatlarni inson faoliyatining barcha jabhalariga tub o‘zgarishlar kiritayotgan shiddatli globallashuv jarayoniga jalb qilmoqda.
    Dunyoda ―oliy ta‘limni baynalminallashtirish‖ deb nomlangan tushunchaning paydo bo‘lishi bunday ta‘sirga yorqin misol bo‘la oladi. Bu borada dunyoning har bir mamlakatida qabul qilinayotgan ta‘limning xalqaro bazaviy modeli haqida so‘z bormoqda. O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar strategiyasi, nafaqat mahalliy qadriyatlar, tajriba va an‘analar, balki ilg`or xorij tajribasidan foydalanishga asoslangan.
    O‘zbekiston milliy ta‘lim tizimini isloh qilish jarayonida yuqorida qayd etilgan uchta ta‘lim modeli, avvalambor, Osiyo ta‘lim modelining elementlari muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan boshqa mamlakatlar yutuqlarini hisobga olish va ijodiy foydalanishga intilmoqda.
    Chet mamlakatlarda o‘sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi. Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo‘lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o‘ziga xos xususiyatlarni qayd etib o‘tgan edi. O‘sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo‘shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadi tez-tez ko‘rilib turgan. Masalan, Platon Sparta tarbiyasining ayrim usullari Afinada ham joriy qilinsa yaxshi bo‘lishini ta‘kidlagan. Ksenafont forslarning zodagon yoshlari tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan, yunon yoshlarini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda ulardan o‘rnak olishni maslaxat beradi. Ammo bular qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo‘lib, etnografik yoki tarixiy xotiralarda izini qoldirgan xolos. Shuning uchun bunday kuzatishlarni o‘sha davrga xos bo‘lgan ilmiy tasavvurlar doirasiga kiritish qiyin. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta‘lim-tarbiya sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi.
    Ming yillar davomida ta‘limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakkahokimligi mavjud bo‘lib, o‘qitishning asosiy tili hisoblangan. Buning natijasida turli mamlakatlarda o‘quv muassasalari tashkil qilinishi; ta‘lim maqsadi, metod iva mazmuniga ko‘ra o‘xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan. Vatanimiz ta‘lim tizimi, ayniqsa maktabgacha ta‘lim sohasida keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan ko‘zda tutilgan maqsad – maktabgacha ta‘lim faoliyatini tubdan yaxshilash, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda o‘quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta‘lim tajribalariga munosabatni tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali biz ta‘limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari, ta‘lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shaklli va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta‘limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta‘sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e‘tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta‘minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
    Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e‘tiqodga aylangan. Ta‘lim to‘g‘risidagi g‘amxurlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e‘tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi.
    F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan. Yapon xalqida «Hamma narsa unitilganda ham ta‘lim esda qoladi» degan hikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi mana shu yo‘nalish asosida qurilmoqda.
    Ko‘plab dunyo davlatlarida o‘ziga xos madaniyati va rivojlanish yo‘li bo‘lishiga qaramay deyarli o‘xshash bo‘lgan ta‘lim timidagi muammolarni hal qilib kelmoqdalar. Jumladan, maktabgacha ta‘limda amalga oshirilayotgan ta‘lim va tarbiya jarayonida samarali hamda innovatsion metodlarni ishlab chiqish, bolani garmonal, psixofiziologik va sotsiologik rivojlanishi, bolani madaniy-etnik tarbiyalanishini takomilashtirish, bolani salomatligi va yashash sharoitlarida sog‘lom muhitni yaratish shular jumlasidandir. Rivojlangan mamlakatlarning maktabgacha ta‘lim tizimilari ham o‘ziga xos ravishda tuzilgan.
    Xorijiy davlatlardagi maktabgacha ta‘limning asosiy ikki maqsadi bo‘lib, ularning birinchisi bolalarga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘lsa, ikkinchisi ularni jismonan, ruhan, aqlan sog‘lom rivojlantirishdir. So‘rovlar natijasida olingan ma‘lumotlarga qaraganda ota-onalar ularning til o‘rganishi yuqoriroq ko‘radilar.


    Download 169,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 169,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari

    Download 169,5 Kb.