• 2.4. Buyuk Britaniya maktabgacha ta’lim tizimi
  • Germaniya maktabgacha ta’lim tizimi




    Download 169,5 Kb.
    bet3/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi169,5 Kb.
    #155821
    1   2   3   4
    Bog'liq
    rivojlangan davlatlarda MT tizimi

    2.3.Germaniya maktabgacha ta’lim tizimi
    Bog‘cha atamasi jahon ta‘lim tizimida ham alohida o‘rin egallaydi. Butun dunyo xalqlari orasida ―bog‘cha‖ bu bolalarga o‘yin va boshqa faoliyat turlari bilan band qilib qo‘yiladigan, ularni parvarishlaydigan, ijtimoiy hayotga moslashtiradigan va maktabga tayyorlaydigan maskan deb qaraladi. Bu tizim dunyoning turli burchaklaridagi mamlakatlarda har xil ko‘rinish va tuzulishga ega hamda ularning o‘ziga xos bo‘lgan kelib chiqish tarixi mavjud.
    Germaniya davlatida ilk maktabgacha ta‘lim muassasalari XVIII asrning oxirlarida Bavariya va Stasburg shaharlarida ota-onalarining har ikkisi ham ishlaydigan oilalarga yordam berish va bolalarni qarovsiz qoldirmaslik maqsadida tuzilgan. Bu jamoa nemis olimi Friedrix Frobel tomonidan 1840-yilda tuzilgan. Ushbu olim dunyo miqyosidagi kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shgan olimlardan biridir.
    Friedrix Frobel (1782-1852) 1837-yilda Germaniyaning Bad Blanburg qishlog‘ida ilk bor ―O‘yin va faoliyat‖ tashkilotini tuzdi. Mazkur tashkilot bolalik davrlarida muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyat turlari va ularni qay tarzda tashkil etish, bolani bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish kabi vazifalarni o‘z ichiga qamrab olgan edi. Muassasa dastlab tajriba sifatida ochilganligiga qaramay 1840-yil 28-iyunda o‘z faoliyatini takomillashtirib ―Bog‘cha nomi bilan qayta nomlandi. Shundan so‘ng Frobel o‘z atrofiga shogirdlar yig‘di va Germaniya xotin-qizlari undan bolalar muassasalarini ochish hamda ularda bolalarni tarbiyalash jarayonini o‘rgandilar. Buning natijasida AQSH da 1856-yilda nemis olimasi Margarita Meyer tomonidan Watertown va Wisconsin shaharlarida bog‘chalar ochildi va ularga bolalar qamrab olindi.
    Tarixga nazar tashlasak, Germaniyada 1779-yil Jon Friedrix Oberlik va Louise Scheppler Stasburg shahrida ilk maktabgacha ta‘limni tuzgan. Xuddi shunday muassasasa 1780-yilda Bavariada ham qurildi. 1802-yilda esa qirolicha Paolino Zur Lippe Detnold shahrida ―Maktabgacha ta‘lim markazi‖ni qurish tashabbusi bilan chiqdi. XVIII asrda Germaniyada tashkil topgan maktabgacha ta‘lim tizimi hozirgi kungacha takomillashtirilgan va mukammallashtirilgan holda o‘z faoliyatini yuritadi.
    Bugungi kunda Germaniya ushbu tizimni eng yaxshi olib boradigan mamlakatlar qatorida yuqori o‘rinni egallagan.
    Germaniyada maktabgacha ta‘lim tizimining faoliyati va ularning rivojlanishini to‘liq davlat o‘z javobgarligiga olgan.
    Davlat eng birinchi o‘rinda pedagog xodimlarning bilimi va mahoratiga asosiy e‘tiborni qaratadi va har bir tarbiyachi-pedagog kamida 3 yil mutaxassislik bo‘yicha ta‘lim olgan bo‘lishi talab etiladi. Hozirda Germaniya bog‘chalarining ish soati ertalabki soat 7-00 dan kechki 17-00 yoki undan ham kechikishi mumkin.
    Germaniyada maktabgacha ta‘lim mussasalari davlat tizmiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin.
    Maktabgacha ta‘lim tizimining hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta‘limga tayyorlashda o‘rni katta. Shu bois ham Germaniyada bu tizim ―tafakkur ustaxonasi‖ deb ataladi.2 Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta‘lim tizmidagi muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bu mamakat maktabgacha tarbiya tizimi barcha german elatiga kiruvchi xalqlar uchun ham umumiydir. Avvalambor shuni ta‘kidlash kerakki, Germaniyada maktabgacha ta‘lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda.
    Ta‘kidlash kerakki, garchi bolalar bog‘chalari ta‘limning quyi bosqichi hisoblansa-da, lekin u davlat ta‘lim tizimi tarkibiga kirmaydi. Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24 000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta‘minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy tashkilotlar, diniy muassasalar zimmasidadir. Lekin, ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chalariga qatnaydilar. Bolalar bog‘chalarida ta‘lim tabaqalashtirilib olib boriladi. Bu mamlakat tarkibiga kirgan sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida 95 foiz bolalar bog‘chalarga jalb etilgan bo‘lib, u yerda bolalar 3 yoshga to‘lguncha yaslilarda tarbiyalanganlar. Albatta, sobiq GDR da maktabgacha tarbiya muassasalarining barchasi davlat tasarrufida bo‘lgan. Sharqiy Germaniyada maktabgacha tarbiya muassasalarining keng tarmoqli bo‘lishi ko‘pchilik onalarning ijtimoiy mehnat faoliyati bilan bog‘liq edi. Germaniya bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham mavjud. Zamonaviy Germaniya federativ davlat bo‘lib, 16 ta mustaqil hokimliklardan iborat va ularning barchasida turli xildagi ta‘lim tizimlarini va modellarini uchratishimiz mumkin.
    Asosiy ta‘lim muassasalari davlat tasarrufidagilari hisoblanadi va davlat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida faoliyat olib boradilar.
    Germaniya ta‘lim tizimi bir nechta bosqicharga bo‘lingan bo‘lib, uning birinchi bosqichi elementar ta‘lim-tarbiya beruvchi maktabgacha ta‘lim hisoblanadi. Bu tizim sirasiga bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va qisqa muddatli guruhlar kiradi. Ota-onalar ixtiyoriy ravishda farzandlarini 3 yoshdan boshlab mazkur tizimga jalb etishlari mumkin.
    Germaniya ta‘lim tizimi bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
    1.Primastufe – boshlang‘ich ta‘lim tizimi bo‘lib, unga bolalarni qamrab olish 6 yoshdan boshlanadi va o‘qish muddati 4 yilni tashkil etadi. Ba‘zi bir shaharlarda xususan, Berlin va Branderburgda ushbu tizim 6 yil hisoblanadi.
    2.Sekundastufe I - ushbu tizim gimnaziyalar va kompleks maktablarni o‘z ichiga oladi. Mazkur tizimda ta‘lim 5 yoki 6 yillik hisoblanadi.
    3.Sekundastufe II – gimnaziya va maktablarning yuqori sinflarini o‘z ichiga olib unda kasbiy ta‘lim va ishlab chiqarish ta‘limi o‘qitiladi. Mazkur ta‘lim tizimida ―dual sistema‖mavjud bo‘lib, unda ta‘lim va ishlab chiqarish amaliyoti parallel ravishda 2 yil davomida olib boriladi. Bu tizimda yosh kadr kasbiy kvalifikatsiyaga ega bo‘ladi. Gimnaziyani bitirgan o‘quvchilarga esa ―abitur‖ nomli attestatsiya beriladi. Shahodatnoma ularga Oliy o‘quv yurtlariga yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
    4.Oliy ta’lim – universitetlar va ularga tenglashtirilgan oliy o‘quv yurtlari eng ishonchli tayanch rolni o‘ynaydi. Bu oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan tugallanadi. Bolalar bog‘chasi — olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganilib, qabul qilingan muassasadir. U davlat ta‘lim tizimiga emas, balki yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi. Bolalar bog‘chasi ta‘sischilari cherkov, xayriya uyushmalari va jamoalar, ba‘zi hollarda esa korxonalar va ittifoqlardir.
    Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli, mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o‘qishdir.
    Bolalar bog‘chalari oiladagi tarbiyani qo‘llabquvvatlashga, shuningdek keyingi hayoti va ta‘lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning rivojlanishidagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. 1996-yildan boshlab bolalar bog‘chasiga qatnash uchun huquqiy me‘yorlar ishlab chiqildi. Bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun otaonalardan ularning daromadiga qarab ma‘lum miqdorda to‘lov olinadi.
    Nemis pedagoglari iste‘dodsiz bolaning o‘zi yo‘q deb, hisoblaydi. Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. ―Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!‖ deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda bolaning, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi.
    Ta‘lim jarayoni esa ota-ona va pedagoglar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi. Hozirgi kunda Germaniyadagi zamonaviy maktabgacha ta‘lim muassasalarida asosiy tarbiya usullari bo‘lib nutq o‘stirish, bola shaxsiyati, ijtimoiy tarbiya va o‘yin hisoblanadi.
    Bog‘chada bolalar asosiy vaqtlarini tushlikkagacha o‘tkazadilar. Kunning qolgan ikkinchi qismi oila davrasida o‘tadi. Bundan tashqari kunning ikkinchi qismida ham faoliyat yuritadigan maktabgacha ta‘lim muassasalari ham mavjud. Germaniyada 30-iyun sanasi Milliy bog‘cha bilan xayrlashish kuni hisoblanadi va bu kunda 5-6 yoshga to‘lgan bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘yadilar. Boshlang‘ich maktabgda o‘qish davri to‘rt yildan olti yilgacha davom etadi. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O‘quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan.
    Bunga ko‘ra: 1 – a‘lo; 2 – yaxshi; 3 – qoniqarli; 4 - yetarli; 5 – yetarli emas; 6 – qoniqarsiz. Germaniyada tayyorlov guruhlarida maktabga tayyorlash uchun bir qancha tayyorlov mashg‘ulotlari mavjud bo‘lib, ular “Vorbereitungsjahr”, “Vorschule”, “Schulnachmittage” deb nomlanadi. Bu mashg‘ulotlarning vazifasi 5 yoshli bolani 1-sinfga tayyorlash hisoblanadi. Bundan tashqari maxsus guruhlar ham bo‘lib, bu guruhlarda maktab yoshiga yetgan ammo maktabda o‘qish layoqatiga hali ega bo‘lmagan bolalar tarbiya oladi.
    Ma‘lumotlarga qaraganda Germaniyada bog‘chalar 7 soatdan 12 soatgacha ishlaydi. Ba‘zan otaonalar bolalarini tushlik vaqti olib ketib, uyda ovqatlantiradilar va yana qaytarib olib keladilar. 16 soat ishlaydigan bog‘chalarda esa bolalarni belgilangan vaqtdan oldin olib ketish mumkin emas. Bizning ta‘lim tizimimizdan farqli ravishda Germaniyada maktabgacha ta‘lim tizimi ma‘lum bir vazirlikka qarashli emas va mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda aniq bir davlat dasturi yo‘q.
    Qashshoqlikda yashamasligini ta‘minlash maqsadida ota-ona 30 yoshdan oshgandagina farzand ko‘rishni rejalashtiradi. Ona esa 3 yoshgacha tarbiya berishi uchun homiladorlik davridayoq bolasiga enaga qidirishga tushadi. Farzandi 4 yoshga to‘lgandan keyingina uni o‘yin guruhiga olib boradi. Nima uchun? Buning sababi bola maktabgacha ta‘lim muassasasiga moslashishi uchun tengqurlari bilan munosabat qurishi lozim

    2.4. Buyuk Britaniya maktabgacha ta’lim tizimi


    Britaniyaning 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning milliy tarbiyasi 1870-yilga borib taqaladi. 2-7 yoshli bolalarning ta‘lim-tarbiyasi borasidagi ilk izlanishlar R.Ouen tomonidan olib borilgan.
    Ko‘plab filantroplardan farqli ravishda u kambag‘al, nochor oilalarning farzandlariga berilgan ta‘lim-tarbiya jamiyat rivojlanishining asosiy vositasi deb hisoblagan. Buyuk Brtianyida ham Frebel bog‘chalari paydo bo‘la boshladi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida 2-4 yoshli bolalarning soni 5 yoshli maktab o‘quvhilari guruhida ko‘payib ketganligi sababli mamalakatda maktabgacha ta‘lim muassasalarini qurish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bu muassasalar shunchaki bolalarga kun davomida qarab turish uchun emas balki ularning jismoniy, emotsional-hissiy va aqliy rivojlanishida yuqori natijalarga erishishlari uchun tashkil qilindi. 1990- yilda 76% bolalar maktabga tayyorlovning ma‘lum bir tizimiga biriktirilgan edi.
    Maktabgacha ta‘lim muassasalari ikki turdagi boshqaruv organlariga bo‘ysunar edi. Ularning birinchisi Ta‘lim va fan departamenti bo‘lib, ushbu organ bog‘chalardagi ta‘lim jarayoniga javobgar edi. Davlatning Munitsipal departamenti esa bolalarning kunlik parvarishi uchun kerak bo‘ladigan buyumlar bilan muassasani ta‘minlab borar edi.
    Maktablar qoshidagi yaslilarda ta‘lim-tarbiya olish ancha arzon edi. Bitta katta guruhga 13 taga yaqin bola qamrab olinardi. Bolalarning ko‘p miqdori MTM da tush vaqtiga qadar ya‘ni soat 9.00 dan 12.30, 13.00 gacha bo‘ladi. Agar bola to‘liq kun davomida bog‘chada bo‘ladigan bo‘lsa u tushlik bilan ta‘minlangan. Maktablardan mustaqil tashkil etilgan bog‘chalar soat 8.00 dan 18.00 gacha faoliyat yuritadi. Bu turdagi bog‘chalarga 2 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olinadi. Britaniyada bolalar bog‘chasidan tashqari bolalarni parvarishlash markazlari, enagalar instituti, o‘yin guruhlari va boshqa markazlar mavjud.
    Bolalarning 5 yoshgacha qanday tarbiya olishi ta‘lim muassasalarining turiga bog‘liq. Mamlakatda bolalarga yoshligidan g‘amxo‘rlik qilish va ularni tarbiyalash yuqori darajada bo‘lib, buni davlat o‘z nazoratiga olgan. Hukumatning yosh bolalarga e‘tiborini jamoat joylardan ham kuzatishingiz mumkin. Xususan, davlatdagi har bir do‘konda bolalarga qarash va ularni ovqatlantirish xonalari, har bir kafe va restoranlarda bolalar uchun stulchalar, bolalar aravachalari uchun yurish yo‘laklari mavjud.
    Angliyada maktabgacha ta‘lim muassasalari maktab nomi bilan atalsada (―Nursery school‖ ya‘ni yasli maktab) uning vazifalari bog‘chalarnikiga o‘xshash hisoblanadi. Bog‘chalarda ta‘lim-tarbiya 2 yil davom etadi va guruhlar 2 ga bo‘linadi. Birinchi guruhda keyingi ikki yilda maktabga chiqadigan bolalar, ikkinchi guruhda esa endigina yaslidan o‘tgan bolalar ta‘lim oladi.
    Biz britaniyaliklarni o‘z ustida individual ishlaydigan xalq deb taniganmiz. Shu bilan birga jamoa uchun qayg‘uradigan millat hisoblanadi.
    Bolalarga jamoaga birlashish va millat uchun qayg‘urish aynan MTM da shakllanadi. Bolalar bog‘chasi, maktab va ota-onalarning ta‘lim-tarbiya jarayonida muhim omil ekanligini hisobga olib, ularni tarbiya jarayoniga jalb etadilar. Kattalar yosh bolalar tomonidan beriladigan eng oddiy savollarga ham befarq bo‘lmaydilar.
    Ota-onalar farzandlarining kichik yutuqlarini ham maqtab, qo‘llabquvvatlaydilar. Bu bolalarni o‘ziga yuqori baho berishini hamda o‘ziga ishonch hissini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Bunday tarbiya olgan angliyaliklar bolalar kelajakda har qanday kishilik jamiyatiga moslasha olishiga va hayotda yuz beradigan har qanday qiyin vaziyatlarni oson yengib ketishiga ishonadilar.
    Bog‘cha tarbiyachilari 3 yoshga to‘lib bo‘lgan bolalarning fikrlarini hisobga olmasdan hech qanday qaror qabul qila olmaydi. Angliya tarbiyachilari yoki enagalari hech qachon bolalarni o‘zlarini yolg‘iz maydonchada tashlab ketmaydi. MTM da asosiy qoidalardan biri, o‘yin jarayonidan so‘ng xona tartibga keltiradi. Bunda tarbiyachi va bola birdek ishtirok etadi.
    Odatda ―Nursery school‖ da bolalar qo‘shiq kuylashni, she‘r o‘qishni, raqsga tushishni o‘ganadilar. Kichik yoshdagi bolalar esa mayda motorikani rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish hamda abstrakt tasavvurlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘yinlarni o‘ynashadilar. 3 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar uchun o‘qish, yozish va chet tillarini o‘rgatish boshlanadi.
    Bola 3-4 yoshga to‘lganda ota-onalar davlat tomonidan ular uchun vaucherlar (qimmatli qog‘oz) oladi (oila ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib). Vaucherlar bolalarga kun davomida 5 smenalik bog‘chalarga 2-3 soatdan bo‘lgan bog‘chalarga qatnash uchun mablag‘ hisoblanadi. Ushbu bog‘chalarga bolalarni 3 soatdan ortiq vaqtga qoldirmoqchi bo‘lgan ota-onalar qo‘shimcha mablag‘ to‘laydilar.
    Angliyadagi 2,5 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalarni jazolash oddiy so‘zlar bilan tanbeh berish yoki tinchgina xona burchagiga o‘tkazib qo‘yishdan iborat.
    Undan kichik yoshdagilarga esa umuman jazo qo‘llanilmaydi. Kichik yoshdagi bolalarni tinchlantirish uchun tarbiyachilar shunchaki ularning e‘tiborini boshqa qiziqarliroq narsaga jalb etadilar.
    Agar tarbiyachi bolani tarbiyalay olmasa bolaning ota-onasi bilan ish olib boradi. Angliyada MTM 4,5 yoshgacha bo‘lib, undan keyin bola maktab ta‘limiga chiqadi. Bu vaqtda bola o‘qiy oladi, o‘z ismini yoza oladi, 10 gacha sanash va Pover Pointda taqdimot tayyorlay oladi.
    Maktab ta‘limi Angliyada 2 modulni o‘z ichiga oladi:
    1.Boshlang‘ich maktab – 4 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun;
    2. O‘rta maktab – 11 yoshdan 16 yoshgacha; Agar ota-onalar bolalarini uyida o‘qitmoqchi bo‘lsalar,
    ular mahalliy ta‘lim kengashidan ruxsatnoma olishlari va davlat belgilagan dasturlar hamda normalarga to‘liq javob berishi kerak.
    Buyuk Brtianiyada ham maktabgacha ta‘lim majburiy emas. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida mashg‘ulotlar kam o‘tiladi va bolalar asosiy vaqtini o‘yin bilan o‘tkazadi.
    Maktabgacha ta‘lim muassasalarining ko‘p qismi davlat tasarrufida. Ular joylardagi maxsus organlar orqali nazorat qilinadi.
    Bundan tashqari xususiy MTM va kunlik guruhlar mavjud bo‘lib, ular sog‘liqni saqlash organlari tomonidan nazorat qilib boriladi. Bu turdagi muassasalar asosan kun davomida qarab turish uchun tashkil etilgan. Britaniya bog‘chalari bepul. Lekin ota-onalar qisqa muddatli guruhlar uchun pul to‘laydilar. Bola 3 yoshga to‘lgandan so‘ng davlat bog‘chalarida 15 soat davomida bepul bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
    Angliya bog‘chalarida 3 yoshli bolani tagliklarda yurishi odatiy hol hisoblanadi. Bog‘chalarda 3 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalarda kunduzgi uyqu mavjud emas. Angliya bog‘chalarining yagona bir e‘tiborli jihati bolada kuzatiladigan shamollash, isitma, yo‘tal bolalarni bog‘chaga kelmay qolishi uchun sabab bo‘la olmaydi.
    Bolaning bunday yengil kasalliklariga jiddiy qarashmaydi va bunga yengil munosabat bildiriladi. Britaniyada sovuq havoda ham bolani qalin kiyimlar bilan o‘rantirib qo‘yish odati mavud emas. Hattoki bolalar sovuq kunlarda ham bosh kiyimsiz va oldi ochiq ustki kiyimlarda ko‘chada o‘ynashlariga ruxsat beriladi.

    Xulosa
    Mamlakatimizda Koreya Respublikasi ta‘lim tizimini modernizastiya qilish tajribasini qo‘llash ijobiy natijalarga olib kelishi muqarrardir. Koreya Respublikasi Osiyo-Tinch okean mintaqasining o‘ziga xos mamlakatlaridan biri sifatida bir qator tadqiqotchilarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Buning mohiyati shundaki, bu davlat postindustrial stivilizastiyaning yutuqlarini o‘zlashtirgan holda, o‘zining an‘anaviy madaniyatini saqlab qolishga intilmoqdalar va siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘z madaniyati, an‘anaviy qadriyatlari va Sharq dunyoqarashlari bilan uyg‘unlikda amalga oshirishga harakat qilmoqdalar. YuNISEF ekspertlari tomonidan mazkur mamlakatning ta‘lim tizimi sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida eng samarali deb baholangan. Koreya Respublikasi hukumati ta‘lim tizimida sinovdan o‘tgan va juda ham samarali hisoblangan siyosatni olib bormoqda. Koreyada maktablarni kompyuterlashtirish va Internet tarmog‘iga erikn ulanishini ta‘minlashga katta e‘tibor qaratiladi. O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash vaziyat qaror topmoqda. Ta‘lim muassasalarini axborot texnologiyalari bilan jadal ta‘minlashga davlat tomonidan katta moliyaviy mablag‘lar ajratilmoqda. Maktablarni kerakli jihozlar, darsliklar va sport anjomlari bilan ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qaralmoqda. Dars berishning yangi interaktiv usullaridan foydalanilmoqda, yangi zamon talablariga mos binolar qurilmoqda, ba‘zilari ta‘mirlanmoqda. Biroq shunga qaramay, ba‘zi bir muammolarni hal etishda, maktab tizimini qayta qurishning strategik rejalarini ishlab chiqishda, moliyalashtirish masalalarida xorij tajribasini joriy etish zamon talabidir. Misol uchun, Janubiy Koreyada yosh o‘qituvchining maoshi 2000–2500 AQSh dollarini tashkil etadi, bu esa mamlakatdagi o‘rtacha oylikdan bir yarim baravar ko‘pdir. Ta‘lim tizimini modernizastiya qilish deganda, ko‘p jihatdan axborotlashtirish nazarda tutiladi. Masofadan turib o‘qitish kabi yangiliklarni yuritishning esa axborot texnologiyalarini joriy etmasdan iloji yo‘q. Bu sohada yuqori texnologiyalardan samarali foydalanish uchun yuqori malakali kadrlarning etishmasligi dolzarb muammolardan biridir. Agar Janubiy Koreya tajribasidan foydalanishustida so‘z yuritar ekanmiz, bu mamlakatda har yili 5 ming muhandis etishtiriladi, IT bo‘yicha ularning umumiy soni hozirda 500 mingtadan oshgan. Janubiy Koreyaning ta‘lim bilan fanning integrastiyalashuvi sohasida olib borayotgan faoliyati ham tahsinga sazovor. Bu mamlakatda yagona ilmiy-texnik va ta‘lim siyosatini o‘tkazish uchun zamin yaratib beradi. Albatta, Koreya Respublikasi bu sohada etakchi bo‘lmasa-da, o‘rnak olish mumkin. Koreyada yana bir narsa muhimki, mamlakat xorij tajribasidan keng foydalanadi, chet ellik olimlarni o‘ziga jalb etishga harakat qiladi. Hozirgi kunda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelayotgan Maktabgcha ta‘lim vazirligi Korea respublikasi bilan hamkorlik faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Maktabgacha ta‘lim vaziri Agrepina Shin Janubiy Koreyaning ―WoojintuplanCo.,Ltd‖ kompaniyasi rahbari Kim Jinvun bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomada O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish yo‘llari, bu sohada islohatlarni amalga oshirish istiqbollari va hamkorlik qilish imkoniyatari haqida bayon etilgan.


    Download 169,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 169,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Germaniya maktabgacha ta’lim tizimi

    Download 169,5 Kb.