• Tayanch iboralar
  • 5.1 Neftning elementar tarkibi
  • Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana16.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #60504
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    kiberx test, Alisher KTA 1-amaliy


    Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi
     
     
    5.1 Neftning elementar tarkibi.
    5.2 Gazning tarkibi. 
    5.3. Neftning fraksion tarkibi va undagi qo‘shimchalar. 
    5.4 Neftning asosiy xossalari. 
    5.5 Tabiiy gazning asosiy xossalari. 
    Tayanch iboralar: kimyoviy tarkibi, adsorbsiya, mass-spektral, gazli xromatog‘rafiya, 
    termik diffuziya, qattiq uglevodorodlar, naftenli, armatik siklik tuzilma, benzol, vannadiy, 
    fenollar, asfolten-smola, azotli-birikmalar, izobutan, neftni fraksion tarkibi, mazut, krekinglash 
    jarayoni, kreking katalizatorlar, piroliz, zichlik, qovushqoqlik, dinamik va kinematik 
    qovushqoqlik, gradiyent, nonyuton suyuqliklari, fraksion tarkib, parafinli (metanli), naftenli va 
    aromatik uglevodorodlar, izomerlar, kondensat, parafin, smola, qaynash harorati, kaustobiolitlar, 
    yonish issiqligi, qovushqoqlik, zichlik.
    5.1 Neftning elementar tarkibi
    Neft va tabiiy gazlarning kimyoviy tarkibi va xossalarini bilish ularning yer osti tog‘ 
    jinslari qatlamlarida hosil bo‘lishini to‘g‘ri talqin qilish, hamda ulardan turli xildagi tayyor va 
    qayta ishlash uchun xom-ashyo maxsulotlarni olish uchun muhim hisoblanadi. 
    Neft sanoati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida neftdan olingan kerosin, surkov 
    moylari va boshqa turdagi neft mahsulotlari tarkibi aniq bo‘lmagan. Olimlar tomonidan neft 
    tarkibi o‘rganilishi natijasida uning asosan uglerod va vodoroddan iborat ekanligi aniqlandi. 
    Shuning uchun neft uglevodorodlar aralashmasi deb qarala boshlangan. 
    Neft va neft mahsulotlarining tavsifnomalarini o‘rganish uchun dastlab ularning zichligi 
    va fraksion tarkibi aniq haroratlar oraliqlarida aniqlanilgan. Uning tarkibidagi benzin, kerosin va 
    moylarning miqdori o‘rganilgan. Har xil neft konlarida bu fraksiyalarning o‘zaro nisbatlari 
    turlicha bo‘lib, fraksiyalar sifati esa ularning amalda qo‘llanilishi darajasi bilan belgilanilgan. 
    Masalan, sanoatning dastlabki rivojlanishi bosqichlarida benzin unchalik kerak bo‘lmagan, hatto 
    zararli mahsulot deb qaralgan. Shuning uchun uning tarkibi o‘rganilmagan. Kerosin zarur 
    mahsulot hisoblangan, surkov moylari sifati esa ular qo‘llanilgan mexanizmlar yaxshi va uzoq 
    vaqt ishlashi bilan belgilangan. 
    Neft va uning mahsulotlari tarkibi dastlab Rossiyada (1860-1870 yillarda) keyinchalik
    esa AQShda (1880 yillardan so‘ng) o‘rganila boshlangan. Bu sohada ayniiqsa ulug‘ rus olimi 
    D.I. Mendeleyevning xizmatlari katta bo‘lgan. 
    Fan va texnologiyalarning rivojlanishi natijasida neft va gaz, hamda ularning 
    mahsulotlari tarkibi va xossalarini tadqiqot qilishning: adsorbsiya, mass-spektral tahlil, gazli 
    xromatografiya, optik, yadro magnit rezonansi, termik diffuziya va shu kabi usullari paydo 
    bo‘ldi. Neft tarkibida o‘zining tuzilishi va xossalari bo‘yicha turli xildagi gazsimon, suyuq va 
    qattiq uglevodorodlar mavjud. Har qanday neft tarkibida erigan gazlar bo‘lib, neftni qazib 
    olganda uning yer yuzasiga chiqishi bilan bunday gazlar uning tarkibida alohida ajralib chiqadi. 
    Shuningdek tog‘ jinslari qatlamlarida tarkibida neft bo‘lmagan gaz uyumlari ham uchraydi. Neft 
    uglerod va vodorodning murakkab birikmalaridan iborat bo‘lib uning tarkibida taxminan uglerod 
    miqdori 83-86%, vodorod miqdori 12-14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3%, 
    ba’zi hollarda oltingugurt miqdori 3-5% gacha bo‘ladi. Massa bo‘yicha uglevodorodlarning 
    umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi. 
    Neftning tarkibi tabiiy gazning tarkibiga ko‘ra juda murakkabdir. Neftda ko‘p sonli 
    suyuq va unda erigan holda barcha turdagi qattiq uglevodorodlar mavjud. Neft tarkibi asosan 
    parafin, naften va aromatik uglevodorodlarning aralashmalaridan iborat. Neft va gazning 
    tarkibida bo‘lgan barcha uglevodorodlar molekulalarining tuzilishiga ko‘ra uchta asosiy guruhga 
    bo‘linadi: 


    1. Parafinli uglevodorodlar (alkanlar), umumiy formulasi 
    2
    2n
    n
    H
    C


    2. Naftenli uglevodorodlar (siklanlar), umumiy formulasi 
    2n
    n
    H
    C

    3. Aromatik uglevodorodlar (arenlar), umumiy formulasi 
    6
    -
    n
    n
    H
    C

    Neftning asosiy qismini yuqorida keltirilgan har uchala guruhdagi uglevodorodlarning 
    murakkab aralashmasi tashkil etadi. Uglevodorodlar molekulalarining tuzilishi ularning 
    kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini belgilaydi. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz 
    tarkibida turli xildagi mexanik gazlar, metallar va ularning uglevodorodli birikmalari uchraydi. 
    Neft tarkibi ko‘plab metanli (parafinli), naftenli va aromatik uglevodorodlardan iborat 
    bo‘lganligi uchun ularning agregat holatlari ham turlicha bo‘ladi. Metanli uglevodorodlar S
    5
    N
    12 
    dan S
    16
    N
    34
    gacha oddiy haroratlarda suyuq holda bo‘ladi. 
    34
    16
    H
    C
    va undan yuqori 
    uglevodorodlar qattiq holda bo‘lib, 
    20
    17
    C
    C

    uglevodorodlarning izomerlari xona haroratida 
    suyuq holda bo‘ladi. Qattiq uglevodorodlarga parafinlar kiradi. Parafinlar neftda erigan holatda 
    5-10% miqdorda bo‘ladi. Oddiy naftenli va aromatik uglevodorodlar suyuq holda, ikki, uch va 
    undan yuqori xalqalardan tuzilgan uglevodorodlar esa qattiq holatda bo‘ladi. 
    Bundan tashqari neft tarkibida smola va har xil moddalar ko‘rinishida kislorodli
    oltingugurtli, azotli va boshqa uglevodorodlar mavjud. Suyuq parafin uglevodorodlar gazsimon 
    uglevodorodlardan eng yengili pentan
    12
    5
    H
    C
    , undan keyin geksan 
    12
    5
    H
    C
    , geptan 
    16
    7
    H
    C
    , oktan 
    18
    8
    H
    C
    va boshqalar 
    34
    16
    H
    C
    gacha hisoblanadi. Pentan yana ikki xil 
    izomer: izopentan va neopentan ko‘rinishlarida uchraydi. Geksan 
    12
    6
    H
    C
    da 4 ta izomer (izo-
    12
    6
    H
    C
    ), geptan 
    16
    7
    H
    C
    da 8 ta izomer (izo-
    16
    7
    H
    C
    ), oktanda 
    18
    8
    H
    C
    da 17 ta izomer 
    (izo-
    18
    8
    H
    C
    ) bor. Molekulada uglerod atomlari sonining oshishi bilan izomerlar soni ham 
    keskin oshadi, masalan, 
    28
    13
    H
    C
    tarkibli uglevodorodning 802 ta, 
    30
    14
    H
    C
    tarkibning esa 1858 
    ta izomerlari mavjud bo‘lishi mumkin. 
    Konlar neft xom-ashyosi tarkibida bunday izomer-parafin uglevodorodlar va boshqa 
    guruhlardagi uglevodorodlar izomerlari turli xil nisbatlarda uchraydi, ya’ni har xil neft 
    uyumlarining neft xom-ashyosi tarkibi va xossalari bir-biridan farq qiladi. Bunga asosiy sabab
    uglerod va vodorod atomlarining o‘zaro turli shaklda birika olish xususiyatidir.
    Neft tarkibida ko‘p miqdorda siklik strukturaga ega bo‘lgan naftenli uglevodorodlar bor. 
    Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi bilan farq qiladi, ya’ni naftenlar o‘zaro yopiq 
    tizimga birikkan 
    2
    CH
    ning bir necha guruhidan tarkib topgan. Naftenli uglevodorodlar 
    n
    n
    H
    C
    2
    formulasi bilan ifodalaniladi. Neftda asosan guruhida 5 ta yoki 6 ta 
    2
    CH
    dan iborat 
    naftenlar bor. Bular quyida keltirilgan tuzilishdagi siklopentan va siklogeksanlardir: 

    Download 0.94 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish