• Talaba: Tekshirdi: ТОШКЕНТ – 2024 Reja
  • Budjet xisobi
  • Soliqlar va soliqqa tortish




    Download 53.74 Kb.
    bet1/6
    Sana18.04.2024
    Hajmi53.74 Kb.
    #200091
    TuriReferat
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    budjet hisobi
    00 WOW U3 Animated, JavaScript from Beginner to Professional, Kurs ishi Test dasturi, shaxina11, portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti, Taqdimot 20 06 A, “TUPROQ EKALOGIYASIDA ANALITIK USULLAR”, BOLALAR SEREBRAL FALAJI, shaxobiddindev, KA-MUSTAQIL ISH-2023-2024, 9 - lab, MICE 2 uzb, DTA 1-deadline, ЭМТ ва КБ дан мустакил иш вариантлари, Davlatov Abdullajon

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, ILM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
    SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH”
    KAFEDRASI
    “BYUDJET HISOBI” FANIDAN

    Referat
    Mavzu: Byudjet hisobining 6, 7, 8, 9, 10 standartlari va ularning mazmuni


    Guruh:
    Talaba:
    Tekshirdi:
    ТОШКЕНТ – 2024

    Reja :
    1. Budjet hisobi.
    2.402-FZ-sonli "Buxgalteriya hisobi to'g'risida" Federal qonuni.
    3. Buxgalteriya hisobiga qo'yiladigan umumiy talablar.


    Budjet xisobi
    Buxgalteriya hisobi hozirgi zamon iqtisodiyoti infrastrukturasining elementlaridan biri bo’lib, har xil iqtisodiyot sektorlarida tashqi foydalanuvchilar uchun tashkilotning hisob tizimini turli xil usullar asosida yuritgan holda uning moliyaviy holati va faoliyatining moliyaviy natijalari haqidagi ma’lumotini va hisobotini shakllantirish hamda uni taqdim etish tizimi hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida yuritish iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va moliyaviy xizmatlar ko`rsatishni zamon talabiga javob beradigan texnika va texnologiyalardan foydalanishdagi muhim talablar bilan birgalikda o’zgarib kelmoqda. O’zbekiston buxgalteriya hisobi tarixi ham jahon buxgalteriya hisobi tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va uning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo’shgan. Shu bois, buxgalteriya hisobining xarakterli xususiyatlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobining professionallashuvi va milliy hisob tizimlarining vujudga kelishi buxgalteriya hisobi taraqqiyotida yangi bir davrni boshlab berdi. Har bir mamlakatda milliy hisob tizimining shakllanishida juda ko’p o’ziga xos omillar ta’sir qiladi. Ushbu omillarning olimlar tomonidan tasniflanishini quyida keltiramiz: Iqtisodchi olimlar V.S., Beganov U.T., Shaulov U.T. Kan lar turli xil mamlakatlarda buxgalteriya tizimi milliy xususiyatlarini belgilovchi 8 ta omillarni ko’rsatadi. Bularga:
    1) yetakchi nazariyotchilar va professional tashkilotlari;
    2) u yoki bu tizim tomonidan qabul qilingan iqtisodiy oqibatlar;
    3) soliq siyosati;
    4) milliy xususiyatlar;
    5) huquqiy muhit;
    6) korxonalarni moliyalashtirish manbalari;
    7) boshqa davlatlar ta’siri;
    8) mamlakatdagi umumiy atmosfera .
    Xalqaro hisob asoslari o’quv qo’llanmasining 1995 yildagi nashrida dastlabki yillaridayoq O’zbekiston Respublikasida moliyaviy buxgalteriya hisobi asoslarini tashkil qilish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar qatoriga: 1) buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyot yutuqlaridan foydalanib, milliy yutuqlarimiz va xususiyatlarimizni inobatga olib, buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplari va qoidalarini ishlab chiqish; 2) buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi milliy hisob standartlarini chuqur o’rganish asosida milliy xususiyatlarimizni inobatga olib, bosqichma– bosqich O’zbekiston Respublikasi milliy hisob standartlarini ishlab chiqish; 3) kompaniyalar boshqarish tizimida moliyaviy hisobning obyektlari xususidagi moliyaviy axborotlarni shakllantirish va foydalanish bilan shug’ullanuvchi maxsus mutaxassislashgan bo’lim tashkil qilish kabi ishlarning kiritilganligi bugungi kunda o’zining hayotiy ekanligini ko’rsatdi. O’zbekiston aynan shu yo’lni tanladi, ya’ni dastavval printsiplarni o’z ichiga olgan kontseptual asoslar ishlab chiqildi, so’ngra milliy hisob standartlari bosqichma-bosqich ishlab chiqarishga kirishildi. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, eksport va import hajmining yuksalishi, chet el sarmoyali korxonalarning faoliyat yuritishi, tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy kafolatlarning yaratilishi, yangi moliya, pul-kredit tizimining shakllanishi va boshqa bir qancha omillar xalqaro standartlarga o’tish borasida imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Dastavval, 1996-yilda “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun (2016 yilda yangi tahriri), 1999-yilda “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” gi Nizom (2003 yilda yangi tahriri) ning joriy qilinishi mamlakatimizda buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida milliy standartlarimizni ishlab chiqishga kirishish uchun shart-sharoitlarni yaratilib, 1998 yil avgust oyidan e’tiboran buxgalteriya hisobi milliy kontseptual asoslari va standartlari ishlab chiqildi. BHXS dunyoning ko’plab mamlakatlarida milliy hisob tizimi talablariga asos sifatida aynan qabul qilingan. Boshqa bir mamlakatlar, shu jumladan, O’zbekistonda ham xalqaro hisob standartlari talablariga muvofiq o’zining milliy hisob standartlarini shakllantirmoqda. Bu borada prof. M.M. To’laxo’jaevaning “…O’zbekistonda shunday me’yoriy-huquqiy negiz yaratish kerakki, u hozirgi sharoitlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va moliyaviy hisobot tuzishning barcha milliy xususiyatlaridan foydalangan holda MHXAlarga nihoyat darajada yaqin bo’lishi lozim” – degan fikrini keltirish maqsadga muvofiqdir3 .
    Buxgalteriya hisobi milliy va xalqaro tizimlarining tarixi davomida yuzaga kelishini bir qancha bosqichlarga bo’lish mumkin: 1) Oddiy hisob-kitob davri (1494 yilgacha davr); 2) Hisob g’oyasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi (XIX asr o’rtalarigacha); 3) Buxgalteriya hisobi milliy tizimlarining vujudga kelishi va professionallashuvi (1970 yillargacha); 4) Buxgalteriya hisobi zamonaviy tizimining shakllanishi va xalqaro integratsiyalashuvi (1970 yildan hozirgi kungacha bo’lgan davr).4 To’rtinchidan, 1929 yilda AQSh moliya bozorining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va hisobotda korxonaning moliyaviy holatining har xil shaklda aks ettirilishidan Buyuk depressiyaning kelib chiqishiga bog’liq holda bir xildagi umumiy qoidalarga asoslanib shakllantirilgan hisobotning talab etilishi hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimining shakllanishi va rivojlanishida korporativ boshqaruv tizimining ham ahamiyati katta hisoblanadi. XX asr boshlaridagi moliyaviy hisob va hisobot modellari klassifikatsiyasi bo’yicha izlanishlar garbiy mamlakatlarga borib taqaladi. Dastlab, G.R.Xetfildning 1911 yilda chop etilgan va 1966 yilda qayta nashr etilgan maqolasida buxgalteriya hisobi tizimi modellarini 3 turga bo’lib yozgan: amerika, britaniya va kontinental modellar. Amerika Buxgalterlar Assotsiyatsiyasi (American Accounting Association, AAA) tomonidan modellarni 8 ta klassifikatsiyaga: siyosiy tizim, iqtisodiy tizim, iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, moliyaviy hisobot maqsadi, hisob standartlari muallifligi, professional tayyorgarlik va sertifikatlash darajasi va printsiplari, professional va etik standartlar bajarilishi nazorat tizimi, hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga qarab ajratadi. Buxgalteriya hisobi modellari 4 turga bo’linadi5 : Britaniya-Amerika modeli. Bu modelning asosiy printsiplari Buyuk Britaniya va AQShda ishlab chiqilgan. Bu modelga Gollandiya davlati ko’proq hissa qo’shgani uchun britaniyaamerika-gollandiya modeli deb ham ishlatishadi. Hozirgi paytda ham bu mamlakatlarning roli o’zgarmasdan qolishda davom etmoqda. Bu modelning asosiy g’oyasi kreditor va investorlarning ma’lumotlar bilan ta’minlanishi bo’yicha hisob yuritishi hisoblanadi. Ko’pchilik kompaniyalarning qo’shimcha moliviy manbasi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori bu modeldan foydalanuvchi uch mamlakatda juda yaxshi rivojlangan. Yevropa-kontinental modeli Yevropa va Osiyoning bir nechta davlatlarida qo’llaniladi. Bu modelning aloxida jihati kompaniyalarning moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi asosan bank tomonidan amalga oshirilishi va buxgalteriya hisobi tizimi esa milliy qonunchilikka va konservativlikka asoslangandir. Kreditorlarning boshqaruv talablari esa muhim ahamiyat kasb etmaydi. Aksincha, hisob amaliyoti to’g’ridan – to’g’ri xukumat talabini, milliy makroekonomik dastur javobgarligida soliq munosabatlarini qondirishga qaratilgan.
    Janubiy Amerika modeli. Davlat tili portugal bo’lgan Braziliyadan tashqari barcha davlatlarini davlat tili asosiy bo’lgan - ispan tili birlashtirib turadi. Bu modelning asosiy jihatlaridan biri inflyatsiya darajasiga qarab hisob ma’lumotlarining doimiy o’zgartirib turilishi hisoblanadi. Butun hisob va hisobot yuritish, korxonada foydalanilgan hisob metodikasi davlat rejali organlari talablariga yo’naltirilgan. Ayniqsa, soliq siyosati nazorati uchun zarur ma’lumotlar buxgalteriya hisobi va hisobotlarida o’z aksini topgan. Islom modeli keng diniy g’oyalarga asoslangan model bo’lib, uning asosiy jihati xususiy mulkidan moliyaviy daromad yoki dividend olish taqiqlanishi hamda korxona aktiv va majburiyatlarining baholangani emas bozor bahosida berilishi hisoblanadi. Albatta bu modellar bo’yicha buxgalteriya hisobini yurituvchi kompaniyalar o’zaro teng va ma’qul bo’lgan xalqaro kabul qilingan standartlar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Ko’rinib turibdiki, mamlakatlardagi hisob tizimining har xillashuvi bir qancha sabablarga borib taqaladi. Bunga misol ravishda iqtisodiy, siyosiy va geografik sabablarni keltirish mumkin.Moliyaviy hisobotni taqdim etuvchilari va foydalanuvchilari buxgalteriya hisobini unifikatsiya qilishda bir qancha muammoga duch kelishgan. Bu muammoni echishda iqtisodchi olimlar ikkita echimga to’xtalishdi: garmonlashtirish va standartlashtirish. Bu atamalar bir tomondan sinonim yoki bir xil ma’noni anglatadigan bo’lsa, bir tomondan bir biridan farq qiladi. Buxgalteriya hisobi tizimi turli xillikni garmonlashtirish g’oyasi dastlab Evropa Ittifoqi doirasida amalga oshirilgan. Ya’ni har bir davlat korxonalarining alohida hisob va standart modeli mavjud bo’lib, asosiysi bu model standartlari YeI standartlariga zid bo’lmasligi kerak deb hisoblangan. Bu tizim 1961 yilda qo’llanila boshlangan bo’lib, buxgalteriya hisobi muammolari ustida izlanish olib boruvchi guruhi ham tashkil etilgan. Bu guruh maqsadi YeI davlatlarining buxgalteriya hisobi kontseptsiyasini ishlab chiqish hisoblangan. XX asr o’rtalarida asosiy hissador hisoblangan investorlar, ya’ni tashqi foydalanuvchilar uchun hisobot va uni taqdim etishni umumiy qoidaga asoslangan holda shakllantirishdagi talab dastlab iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, Niderlandiya va AQSh da yuzaga keldi. Potentsial investorni hisobot bilan ta’minlash va taqdim etish qoidalarini shakllantirishda kontseptsiya tayyorlanishi uchun aniqlashtirildi va bu hisobot moliyaviy hisobot deb nom oldi. Standartlashtirish g’oyasi Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlari Qo’mitasi - BHXSQ (International Accounting Standards Committee, IASC) tomonidan buxgalteriya hisobini unifikatsiya qilish doirasida Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlari -BHXS (International accounting standards, IAS) ni ishlab chiqish va uni chop etishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan. Standart inglizcha “standard” so’zidan olingan bo’lib, norma yoki me’yor, namuna ma’nolarida keladi. Buxgalteriya hisobi me’yoriy qonunchiligiga standart so’zi hisobni yuritishdagi belgilangan qoidalar bo’yicha kompleks deb qabul qilingan. Bu qoidalar (me’yorlar, namunalar)ni har biri buxgalteriya hisobidagi jarayonlarni atamalarini, usullarini, metodlarini, mohiyatini aniqlab keladi.
    Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari Qo’mitasi - MHXSQ (International Accounting Standards Committee Foundation, IASCF) 1973 yil 29 iyunda to’qqizta mamlakat, Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Meksikaning professional buxgalterlar tashkiloti guruhi tomonidan tashkil qilingan bo’lib, hozirgi kundau 110mamlakatdan150 professional tashkilotdan 2 milliondan ortiq buxgalterlarni o’z ichiga olgan tashkilot hisoblanadi. Bosh ofisi Londonda joylashgan bo’lib, MHXSQ xalqaro hisob va hisobot standartlari masalalari va ularni rivojlantirish bo’yicha juda keng tanilgan professional nazorat guruhi hisoblanadi. MHXSQning Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlari dunyoning hamma mamlakatlarida qo’llaniladigan standartlar tizimi hisoblanadi. MHXSQ 1982-yilda Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi - BXF (International Federation of Accountants, IFAC) bilan hamkorlikda faoliyat yurita boshladi. Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi 1977-yilda 70 millatdan ortiq professional buxgalterlar tashkilotlari ishtirokida jahon mamlakatlari buxgalterlari o’rtasida professional standartlarga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan. MHXSQ BXF tashkiloti a’zolariga MHXSQ a’zolari huquqini va BXF tashkilotiga Qo’mita a’zolarini ta’yinlash bo’yicha huqularini topshirdi. MHXSQ strukturasiga to’xtalish bilan birgalikda uning maqsadiga ham to’xtalib o’tsak. MHXSQ Ustavida (1992 yilda qayta ro’yxatdan o’tgan) uning maqsadi keltirilgan bo’lib, u quyidagicha: “Jamoatchilikning manfaatlaridan kelib chiqib moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish jarayonida rioya qilish va uning butun dunyo tomonidan qabul qilinishi va rioya qilinishini qo’llab-quvatlash uchun buxgalteriya hisobi standartlarini shakllantirish va chop ettirish; moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishga doir nizom, hisob standartlari va muolajalarini yaxshilash va kelishuvi ustida muntazam ishlash. 2002 yilda Evropa Ittifoqidagi huquqiy asosi bir-biriga moslashgan ko’pchilik mamlakatlarning firma va kompaniyalari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish talab qilingani uchun BHXS ga o’tish davri boshlandi. 2005 yilga kelib 30 ta mamlakat ular ichida Frantsiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya mamlakatlari bo’lib, 8000 kompaniya BHXS asosida yurita boshladi. Evropa qit’asidan tashqarida ham BHXSga o’tgan davlatlar ham bo’lib, ular Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi hisoblanadi. Shuningdek, Avstraliya, Gong Kong, Yangi Zelandiya, Filippin va Singapur mamlakatlari BHXS asosida o’z milliy standartlarini ishlab chiqishdi. Amerika Qo’shma Shtatlarida ko’shma hamkorlikdagi kompaniyalar tomonidan o’z standartlarini ishlab chiqish taklifi kiritildi va bu Amerika marketingida Umumiy Tasdiqlangan Buxgalteriya Printsiplari – UTBP (Generally Accepted Accounting Principles, GAAP) deb nom berilib, 17 noyabr 2007 yildan o’zining moliyaviy yilini boshladi. MHXSQ ning a’zolari (jahon mamlakatlarining professional buxgalterlari) MHXSQ faoliyatini barcha huquqlarini MHXSQ Boshqarmasi (Pravleniyasi)ga topshirdi. Bu Boshqarma 13 ta mamlakat delegatsiyasidan iborat bo’lib, delgatsiya a’zolariga yana to’rttadan ortiq tashkilot qo’shildi. Bu Boshqarma Londonda yiliga to’rt marta umumiy yig’ilish qilib turadi. Bu davrda MHXSQ tomonidan 39 ta Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlari (IAS) va Moliyaviy Hisobotni Tayyorlash va Taqdim Etish Kontseptual Asoslarini ishlab chiqdi. Bu standartlar ro’yhati quyidagi 1-ilovada keltirilgan. Interpretatsiyalar MHXSQ ichida tashkil etilgan Interpretatsiya bo’yicha Doimiy Qomita - IDQ (Standing Interpretations Committee, SIC) tomonidan ishlab chiqilgan. 2001 - yilda MHXSQ nomi o’rnida Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari Boshqarmasi – MHXSB (International Accounting Standards Board, IASC) atamasi qo’yildi. Buning o’ziga xos sabablari xalqaro standartlarni ishlab chiqish jarayonini sifati, huquqiy asosi va uning mustaqilligini ta’minlash hisoblangan. MHXSB yangi ishlab chiqqan standartlarini nomlanishini Moliyaviy hisobotning Xalqaro Stadartlari – MHXS (International Financial Reporting Standards, IFRS) gao’zgartirdi, hamda MHXS tushunchasi BHXS va MHXS tushunchalarini umumiy ichiga olgan holdagi atama sifatida qaraladigan bo’ldi.
    2013 yil 2 noyabrdagi 292-FZ-sonli Federal qonuni tahririda)
    2) Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan xorijiy davlat qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilotning filiali, vakolatxonasi yoki boshqa tarkibiy bo'linmasi - agar Rossiya Federatsiyasining soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchiligiga muvofiq, ular ko'rsatilgan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daromadlar va xarajatlarning va (yoki) boshqa soliq solish ob'ektlarining hisobini yuritadi.
    3. Buxgalteriya hisobi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab qayta tashkil etish yoki tugatish natijasida faoliyati to‘xtatilgan kungacha doimiy ravishda yuritiladi.



    Download 53.74 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 53.74 Kb.