|
Ilm-fan va innovatsiyailmiy-amaliy konferensiyasiin-academy uz/index
|
Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 19,97 Kb. | | #119551 |
Bog'liq Документ Microsoft Word
из 4
ILM-FAN VA INNOVATSIYAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIin-academy.uz/index.php/si4KIBER FIRIBGARLIK TUSHUNCHASI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR Elomonov Bekzod Almardon o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti“Kiber huquq” mutaxassisligi magistrantihttps://doi.org/10.5281/zenodo.8055922Annotatsiya:Maqolada firibgarlikning zamonaviy ko‘rinishi bo‘lgan kiberfiribgarlik o‘zi nima ekanligi, kelib chiqishi hamda bu borada xorijiy va milliy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida kiberfiribgarlik tushunchasi tahlil qilingan.Kalit so‘zlar:firibgarlik, kiber, kiberfiribgarlik, internet, kompyuter, axborot texnalogiyalariInternetning ixtiro qilinishi inosoniyat uchun o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, ish sifati ko‘tarildi, hujjatlar almashinuvi tezlashdi. Internet vositalari orqali bir necha soniyalarda dunyoning istalgan chekkasidagi axborotlarni olish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, internet orqali real vaqt rejimida haridlarni, bank o‘tkazmalarini qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda internetdagi axborotlashish jarayoni yilgan yilga ortib 2025-yilga kelganda uning hajmi 33,33 zettabaydan 175 zetta baytga yetadi . Axborot-kommunikatsiyalarining faol rivojlanishi kibermakonda sodir bo‘ladigan kiberxavfszilik masalani yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda. Internet va kompyuter inson hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilish bilan bir qatorda yangi turdagi jinoyatlar hamjmini ortishiga ham xizmat qildi. Ayniqsa, mulkiy huquqularni qamrab olgan axborot xavfsizligi ta’minlashni bir buncha qiyinlashtirmoqda. Texnika va texnalogiyalar rivoji o‘z navbatida o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish orqali qilmishning yangi turlarini yaratmoqda. Elektron texnika vositalarini qo‘llagan holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilish turlari va usullarining ko‘pligi, axborot vositalari yordamida sodir etiladigan firibgarlik jinoyatinini alohida ajratib ko‘rsatish zarurligi taqoza etmoqda. Bu esa bir biriga o‘xshash bo‘lgan qilmishlarni farqlashda hamda ularni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda muammolarni yuzaga keltiradi. Qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ham, avvalo, kiberfiribgarlikning mohiyati va uning xususiyatlarini anglab yetish lozim.Kompyuter vositalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarning ilk ko‘rinishi AQSHda sodir etilgan. Shundan so‘ng kompyuter jinoyatchilik atamasi vujudga keldi. Ushbu tushuncha ilk marotaba 1979-yilda AQSHda Advokatlar Assosatsiyasi tomonidan qo‘llanilagan bo‘lib, unga ko‘ra “kompyuterdan, hisoblash tarmog‘idan yoki kompyuter tarmog‘idan soxta bahona va yolg‘on va’dalar orqali yoki o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatib pul, mulk yoki xizmatlarga ega bo‘lish uchun foydalanish yoki foydalanishga urinish” . Hozirga qadar bu ibora kengroq ma’noda turli xil ko‘rinishlarda ishlatib kelinmoqda. Xususan, AQSH, Yevropa hamda Osiyo mamalakatlarida axborot texnalogiyalari orqali sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlari “kompyuter firibgarligi”, “internet firibgarligi”, “kompyuter bilan bog‘liq firibgarlik”, “kiberfiribgarlik” kabi tushunchalari bilan qo‘llanib kelinmoqda. O‘ylashimizcha, bu atamalar deyarli bir xil ma’noni berib, bir birini to‘ldiradi.Kompyuter firibgarligi bo‘yicha tushunchalar xalqaro hujjatlarda ham keltirib o‘tilgan “Kiber jinoyatlar” to‘g‘risidagi 2001-yil 23-noyabrda qabul qiligan Budapesht Konvensiyasida ham kampyuter firibgarligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Konvensiyaning 8-moddasiga ko‘ra:Agar shaxs o‘zgalar mulkini quyidagi hollarda qasdan yoki qonunga zid ravishda mahrum qilsa, Konvensiya ishtiorkchilari o‘z qonunchiligiga binoan buharakatlarni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun va me’yorlarni belgilash choralarini ko‘radi:a)kompyuter ma’lumotlarini har qanday kiritish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki egallash;
ILM-FAN VA INNOVATSIYAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIin-academy.uz/index.php/si5b)kompyuter tizimining ishlashiga har qanday aralashish yolg‘on yoki g‘arazli maqsadlarda o‘zi yoki boshqa shaxslar uchun moddiy manfaat ko‘rish. Kompyuter firibgarlik emaillar yoki internet saytlaridan foydalanish orqali firibgarlikdan tushgan mablag‘larni boshqa shaxslarga o‘tkazish uchun istalgan turdagi sxemalardan foydalanib sodir etilgan jinoyatdir . Shunigdek, kompyuter firibgarligi aldash yoki ishonchni suiite’mol qilib, kompyuter tizimidan noqununiy foydalanish, ma’lumotlarni olish va o‘zgartirish . Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘plab xorijiy mamlakatlarda ham kompyuter firibgarligi uchun javobgarlik belgilanganda ishonchni suiiste’mol qilish hamda aldash asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi. G‘arb mamlakatlari komyuter firibgarlik bilan bir qatorda internet firibgarligi tushunchasini ham keng ishlatishmoqda. Internetning, shuningdek, elektron tijoratning rivojlanishi firibgarlik darjasini ham oshirib yubordi. Internet firibgarligi" atamasi firibgarlik operatsiyalarini amalga oshirish yoki firibgarlikdan tushgan mablag'ni moliyaviy institutlarga yoki boshqa firibgarlik sxemalarga o‘tkazish uchun jabirlanuvchilarga elektron pochta, veb-saytlar, chat xonalari yoki habarlar orqali soxta so‘rovlar yuborishdir . Internet firibgarligi jabrlanuvchilarni aldash yoki ulardan foydalanish uchun emaillariga spamdan torib online tovlamachilikkacha bo‘lagan jinoyatdir .Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, kompyuter firibgarligi faqatgina kompyuter vositalardan foydalanilgan holda sodir etiladi, unda internetning mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyatga ega emas, Internet firbgarligi esa xoh u komyuter bo‘sin xoh boshqa internet tizimiga ulangan bo‘lasa, firibgarlik sodir etish uchun yetarli hisoblanadi. Agarda kompyuter tizimiga internet ulangan bo‘lmasa, mahalliy set yordamidan firibgarlik sodir etish ehtimoli bir muncha kam sababi mahalliy set orqali ulangan komyuterlardan kimlar foydalanishi ko‘rinib, bilib turiladi. “Kiber” so‘zi o‘zida axborot texnologiyalari, kompyuter xususiyatlarini va virtual reallikni qamrab olgan tushunchadir. Ushbu atama 1970-yillarda ilk bor ishlatila boshlagan . Kiber so‘zidan kelib chiqqan holda kiber firibgarlik tushunchasini ta’riflab o‘tsak, kiberfiribgarlik raqamli qurilmalar (deganda ma’lumotlarni to‘playdigan, saqlaydigan va boshqara oladigan texnalogiyalar tushuniladi )dan foydalangan holda o‘zgalarni aldash yoki ishonchni suiist’mol qilish yo‘li bilan o‘ziga yoki uchincha shaxs foydasiga mulkiy manfaat ko‘rish. Kompyuter firibgarligi ham internet firibgarligi ham kiberfiribgarlik mohiyati to‘laqonli ochib berolmaydi. Sababi kiberfiribgarlik yuqoridagi tarifga ko‘ra faqat komyuter yordamida sodir etimaydi. Kompyuter va internet tushunchalari tor ma’noni tashkil etadi. Kompyuter foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni qabul qiladigan va uni qayta ishlab ma’lumot sifatida uzatadigan elektron qurilma . Kiberfiribgarlik faqat kompyuter yordamida sodir etilmaydi, balki bankamatlarda, o‘yinavtomalarida, telefonlarda va boshqa ko‘plab, shuningdek, suniy intellektga bog‘langan boshqa qurilmalar yordamida ham sodir etilishi mumkin.Internet butunjahon komyuterlar tizimini bir biri bilan bog‘lab, ma’lumotlarni saqlash va uzatish amalga oshiradigan global tizim . Internet mavjud bo‘lmasa ham kiberfiribgarli sodir etilsa bo‘ladi. Shu sababdan ham internet va kompyuter yordamida firibgarlik sodir etishni kiberfiribgarlik tushunchasiga qamrab olish maqsad muofiqdir.Kiberfiribgarlik tushunchasiga bir qancha rus olimlari ham o‘z fikrlarini keltirib o‘tishgan. Xususan, I.A.Mixaylenkoga ko‘ra kiberfiribgarlik bu kiber jinoyatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, jabrlanuvchini aldashga qaratilgan harakatni o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda
ILM-FAN VA INNOVATSIYAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIin-academy.uz/index.php/si6jabrlanuvchidan moddiy manfaat olish maqasadida uning sir tutuilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini o‘g‘irlash ham nazarda tutiladi .Yurtimiz olimlari ham kiberfiribgarlikka o‘zlarining ta’riflarini beradilar. A.B.Sabirbayeva kiberfiribgarlikka “mulkni yoki unga boʼlgan huquqni aldash va yoki ishonchni suiisteʼmol qilish, shuningdek kompyuterning normal ishlashiga, global tarmoqlar, axborot va telekommunikatsiya tarmoq tizimlari orqali dasturiy taʼminotlarga xalaqit qilish yoki oʼzgartirish kiritish, shuningdek zararli dasturlardanfoydalanishdir” deb baho beradi. Xuddi shuningdek, А.U.Аnorboev o‘z monografiyasida “kiberfiribgarlik” tushunchasiga: “kibertexnologiyalar orqali aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan oʼzganing mulkini yoki oʼzganing mulkiga boʼlgan huquqni qoʼlga kiritishi deb” taʼrif beradi.Bundan ko‘rinib turibdiki, kiberfiribgarlik ham ananaviy firibgarlik jinoyatidan tubdan farq qilmasdan o‘zida jinoyatning subyektiv tomoni bo‘lgan aldash va ishonchni suiiste’mol qilishni saqlab qolgan holda, qo‘shimcha ravishda axborot texnalogiyalarini (axborotlarni saqlash va qayta ishlash vazifasini bajaruvchi texnalogiyalar, raqamli texnalogiyaning sinonimi) ham o‘zida qamrab oladi.Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, kiber firibgarlik kiber makonda sodir bo‘ladigan o‘zgalar mol-mulkini kiberfiribgalikning ananaviy firibgarlikdan quyidaglarda farq qiladi:1)jinoyat predmeti plastik kartalarda saqlanadigan naqd bo‘lmagan pullar, elektron pular (kiriptavalyutalar), aksiyalar 2)sodir etish usuli –axborot texnalogiya vositalari qo‘llagana holda.3)jinoyat kibermakoda sodir etilayotganli sababli sodir etgan saxshni aniqlash imkoni murakkabligi4)kiberfiribgarlikni istalgan joyda (xar xil mamlakatlar) turib amalga oshirish imkoni mavjudligi nuqtayi nazardan, firibgarlik natijasida o‘zlashtirilgan mablag‘larning qaytarish imkoni murakkabligi5)jinoyatchini maxsus bilimarga (IT) ega bo‘lmay aniqlash imkoni mavjud emasligiReferences:1.Эксперт: объем данных в мире к 2025 году вырастет более чем в пять раз. URL: https://tass.ru/ekonomika/6209822 2.Г.П.Новоселов. Уголовное право. Особенная част: Учебник для вузов.–М.: Норма, 2000.-С 554-555 3.https://www.justice.gov. 4.Jeffrey Lehman и Shirelle Phelps, West's encyclopedia of American law, 2nd edition, p 137.5.https://www.police.act.gov.au/sites/default/files/PDF/bizsafe-internet-fraud-factsheet.pdf 6.Benjamin Enahoro Assay, Security Frameworks in Contemporary Electronic Government, Nigeria,2019 p23. 7.https://www.careerera.com/blog/who-is-the-father-of-cyber-security#:~:text=History%20of%20Cyber%20Security&text=It%20all%20began%20in%20the,breadcrumb%20trail%20anywhere%20it%20goes.
ILM-FAN VA INNOVATSIYAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIin-academy.uz/index.php/si78.Fred I Mugivane. Introduction to computer. University of Nairobi college of agriculture and veterinary sciences. Advatech Office Supplies Ltd, 2014. p.29.The Future of the Wireless Art" by Walter W. Massie & Charles R. Underhill.10.И.А. Михайленко. К вопросу о способах мошенничества в сети интернет. // Вестник Томского государственного университета. 2010. No 337. С. 98-104. 11.SabirbaevaА.B. Firibgarlikjinoyatinitergovqilishmetodikasinitakomillashtirish. Yuridikfanlarboʼyichadoktorlikdissertatsiyaavtoreferati–Toshkent, 2021. –14 bet12.АnorboevА.U. Kiberjinoyatchilik, ungaqarshiqarshikurashishmuammolarivakiberxavfsizliknitaʼminlashistiqbollari. Monografiya. T.: 2020. 55 bet.
|
| |