• 5.3.Normal konsentrasiyali eritmalar tayyorlash
  • Molyar konsentrasiyali eritmalar tayyorlash




    Download 153,19 Kb.
    bet5/7
    Sana13.06.2024
    Hajmi153,19 Kb.
    #263245
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-laboratoriya ishi

    Molyar konsentrasiyali eritmalar tayyorlash.
    1 litr eritmada erigan moddaning miqdori g-mol soni bilan ifodalanishiga molyar konsentrasiya deyiladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi :

    C M=


    Bunda CM- molyar konsentrasiya ; m-erigan moddaning massasi,g; M-erigan moddaning g-moli; V-eritmaning hajmi, ml. 500ml 0,2 M eritma tayyorlash uchun zichligi 1,84g/sm3 bo‘lgan 96% li H2SO4 eritmasidan qancha olish kerak? Bunday eritma qanday tayyorlanadi?


    H2SO4 ning g-moli 98 ga teng. 0,2 moli esa 98 · 0,2=19,6g. bo‘ladi. 19,6g. H2SO4 1000ml eritmada bo‘lgani uchun 500ml eritmada 19,6:2=9,8g H2SO4 bo‘ladi. H2SO4 eritmasi 96% li bo‘lgani uchun:

    100g eritmada_________96g H2SO4 bo‘ladi


    X=eritmada ___________9,8g H2SO4bo‘ladi.

    X=
    M=d · V formuladan foydalanib eritmaning hajmi aniqlanadi:


    V =

    0,2M eritma tayyorlash uchun pipetka yordamida 96% li H2SO4eritmasidan 5,55ml olib, 0,5 l hajmli o‘lchov kolbasiga avval yarmigacha distillangan suv solib, ustidan kislotani qo‘shib, keyin 500ml ga yetguncha suv quyib suyultirish kerak.
    5.3.Normal konsentrasiyali eritmalar tayyorlash.
    1l. eritmadagi erigan moddaning miqdori gramm-ekvivalentlar soni bilan ifodalanishiga normal konsentrasiya deyiladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:
    CH=
    (28)
    Bunda Cn- normal konsentrasiya; m-erigan moddaning massasi,g; Ek-erigan moddaning g-ekv; V-eritmaning hajmi,ml.
    1. 41 0,2 n eritma tayyorlash uchun soda kristallgidratidan Na2CO3.10 H2O necha gramm olish kerak ?
    Na2CO310H2O ning g-moli 106+180=286g.

    bo‘ladi. 0,2g-ekv esa 143 · 0,2=28,6g.


    Demak, 1l 0,2n eritma tayyorlash uchun 28,6g Na2CO3.10 H2O olish kerak. 4 L eritma tayyorlash uchun esa 28,64=114,4g olish kerak.
    Laboratoriyada mavjud bo‘lgan tarozida byuksning og‘irligi o‘lchab olinadi. Keyin byuksda 114,4g Na2CO3.10H2O tortiladi va 2l hajmli o‘lchov kolbasiga solingach, byuksdagi dog‘ qismi distillangan suv bilan yuvib tushiriladi va kolba belgisigacha suyultiriladi. Tayyor bo‘lgan eritmani boshqa idishga o‘tkaziladi va 2 L hajmli kolba yordamida yana 2l distillan-67gan suv olinib, avvalgi eritmaga qo‘shiladi. Natijada 4l 0,2n soda kristall gidrati eritmasi tayyor bo‘ladi.

    Download 153,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 153,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Molyar konsentrasiyali eritmalar tayyorlash

    Download 153,19 Kb.