5.5. Eritmaning titrini hisoblash.
1ml eritma tarkibidagi erigan moddaning grammlarda ifodalangan miqdori eritmaning titri deyiladi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
T=
(29)
Bunda T-eritmaning titri; N-eritmaning normalligi; E-erigan moddaning g-ekvivalenti.
Biror moddaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ikkinchi eritmaning titrini aniqlash mumkin.Xlorid kislota eritmasining konsentrasiyasini aniqlash.Xlorid kislota eritmasini buraning (Na2B4O7.10H2O) birlamchi standart eritmasi bo‘yicha, standartlanadi. Buraning g-ekv ini bilgan holda (E=164) uning 0,1n li 250ml eritmasini tayyorlash uchun 4,7875g buradan olish kerakligi hisoblanadi. Analitik tarozida tortib olingan burani quruq voronka
yordamida hajmi 250 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi. Bura sovuq suvda yomon erishi tufayli kolbani 2/3 qismiga issiq suv quyib bura eritiladi. Keyin eritma sovutilib, kolba belgisigacha distillangan suv quyiladi.Tayyorlangan eritmaning normalligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
CH=
HCl ning 0,1n eritmasi konsentrlangan HCl eritmasidan tayyorlanadi. Eritma tayyorlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
MCl=
(100% li kislota uchun)
HCl kislotaning foiz konsentrasiyasi uning zichligidan topiladi:
5-jadval. HCl kislota eritmasining 180 C dagi zichligi va foiz tarkibi
%
|
4
|
8
|
12
|
16
|
20
|
24
|
28
|
32
|
36
|
d,g/sm
|
1,019
|
1,039
|
1,059
|
1,079
|
1,100
|
1,121
|
1,142
|
1,163
|
1,183
|
Demak, zichligi 1,19ga teng bo‘lgan HCl eritmasida 38% HCl bor. Zarur bo‘lgan HCl massasi quyidagicha hisoblanadi:
mH=
Bu yerda A-HCl konsentrasiyasi, % ; mN-konsentrlangan kislotaning massasi,g.
Eritmaning hajmi:
V=
0,1n 1l HCl eritmasini tayyorlash uchun konsentrlangan HCl eritmasidan pipetka yordamida 9ml olib uni yarmigacha distillangan suv solingan 1L 68 hajmli o‘lchov kolbasiga quyiladi va eritma 1L gacha distillangan suv bilan suyultiriladi. HCl kislotasi eritmasining normalligini buraning standart (titrlangan) eritmasi orqali aniqlash quyidagi reaksiyalarga asoslangan:
Na2B4O7+7H2O =ĺ2NaOH + 4H3BO3
2NaOH + 2HCl= 2NaCl + H2
Na2B4O7+ 2HCl + 5H2O=2NaCl + 4H3BO3
Kislotaning normalligi buraning standart eritmasi bilan to‘g‘ri titrlash orqali aniqlanadi.
Foydalaniladigan byuretkani yaxshilab yuvib, byuretkada suv qolmasligi uchun tayyorlangan HCl eritmasi bilan 2 marta chayqab olinadi.So‘ngra byuretka HCl eritmasi bilan to‘ldiriladi. Keyin tozalab yuvilgan pipetka yordamida titrlangan bura eritmasidan konussimon kolbaga 25 ml olib, ustiga 1-2 tomchi metiloranj indikatori qo‘shiladi. Kolbadagi eritma bir tekis aralashtirilishi uchun KSL- 1078-1 rusumli magnitli aralashtirgichdan foydalanish qulay.Kislota qo‘shishda shunday bir holatni aniqlash kerakki, eritmaga yana bir tomchi kislota qo‘shish bilan eritmaning dastlabki sariq rangi pushti tusga o‘tsin. HCl eritmasining narmalligini quyidagi formula yordamida
amalga oshiriladi:
NHCl=
|