1-laboratoriya ishi. Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi va ularni tayyorlash. Eritmalar klassifikatsiyasi va ularni tayyorlash




Download 153,19 Kb.
bet7/7
Sana13.06.2024
Hajmi153,19 Kb.
#263245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-laboratoriya ishi

To‘yingan eritmalar tayyorlash.
Tarkibida erimay qolgan (cho‘kmada) modda erigan modda bilan muvozanat holatda bo‘lgan eritmalar ayni temperaturada to‘yingan eritmalar deyiladi. Eritmaning to‘yinganlik darajasi uning konsentrasiyasi bilan o‘lchanadi. Bu konsentrasiya, ko‘pincha, eruvchanlik koeffisiyenti bilan, ya’ni 100 g erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning g lar soni bilan ifodalanadi. Konsentrasiyasi ayni temperaturada to‘yingan
eritmaning konsentrasiyasidan kam bo‘lgan eritma to‘yinmagan eritma ,ortiq bo‘lgan eritma esa o‘ta to‘yingan eritma deyiladi. KCl va CaCl2 tuzlarining to‘yingan eritmalarini tayyorlash uchun 50 ml hajmli 2 ta stakanga 20 ml distillangan suv quyiladi. Stakanlar suv solingan kristallizatorga tushirib, temperaturani o‘lchab ko‘riladi va 20-25oC da bo‘lishi nazarda tutiladi. Tarozida oldindan tortib olingan KCl va CaCl2tuzlaridan stakanlarga sekinlik bilan solib boriladi va stakanlarni kristllizatordan olib KSL-1078-1 rusumli
magnitli aralashtirgichga joylashtirilib, har bir stakanga aralashtirgich o‘zagi tushiriladi. Magnitli aralashtirgichning aralashtirish tezligi bir xil bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Shundan so‘ng magnitli aralashtirgichning qizdirishga ham mo‘ljallanganligidan foydalanib, tuz erib ketguncha qizdiriladi. Bunda KCl tuzining 20oC dagi eruvchanligi 34,1g ga va 100oS dagi eruvchanligi 56,2g yekanligini va CaCl2tuzining 20oS dagi eruvchanligi 74,5 g va 100oS dagi eruvchanligi 159g ekanligini hisobga olish zarur. Tuzlar batamom erib ketgandan so‘ng stakanlarni sovutib, yana suvli kristalizatorga joylashtiriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng cho‘kma hosil bo‘lishini kuzatish mumkin. KCl va
CaCl2 tuzlarining xona temperaturasida va isitilgandagi eruvchanliklarito‘g‘risida xulosa qiling. Cho‘kma tushishining sababini bayon qiling.
Download 153,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 153,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-laboratoriya ishi. Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi va ularni tayyorlash. Eritmalar klassifikatsiyasi va ularni tayyorlash

Download 153,19 Kb.