MARUZA №1
KIRISH. TORMOZ TIZIMLARINING TURLARI VA VAZIFASI
Ma’ruza rejasi:
1.
Tormoz uskunalarining turlarga bo‘linishi.
2.
Tormoz klassifikatsiyasi.
Tayanch so‘zlar:
tormoz uskunalari, lokomotiv, vagon, kompressor, bosh
rezervuar, mashinist kranlari, pnevmatik, elektropnevmatik, mexanik.
1.1. Tormoz uskunalarining turlarga bo‘linishi.
Harakatdagi tarkib tormoz uskunalarining asboblari tormoz sistemasini
tormozlash jarayonida siqilgan havo bilan iste’mol qilishining, harakatga
boshqaruvini va bevosita uni bajarilishini (kuchlangan mexanik organlari bilan
birgalikda) barcha asosiy ishchi funksiyasini bajaradi.
Tormoz uskunalari sxemalarini va unda qo‘llaniladigan namunaviy
asboblarni tanlash harakatdagi tarkibning belgilanishiga bog‘liq.
Harakatdagi tarkibning tortishli birligi (lokomotivlar. elektr va dizel-
poezdlari) kompressor uskunalari bilan jihozlantan bo‘lib, kompressorlar, bosh
rezervuarlar, bosim regulyatorlari, himoya klapani, moy ajratgichlar va
havosovitgichlaridan tashkil topgan. Bu asboblar guruxi tormoz sistemasini
siqilgan havo bilan ta’minlash va talab qilingan bosimdagi havo zahirasini
to‘plash uchun hizmat qiladi. Bulardan tashqari bosh rezervuarlar havoni, unda
sovutib, mavjud namlikdan va kompressor moyidan unga tushgan chiqindilardan
xoli qilib, quritib beruvchilari hisoblanadi. Siqilgan havoni samarali tozalash va
quritish uchun bosh rezervuarlar ketma-ket guruh bilan ikkitadan birlashtiriladi.
Moy ajratgichlar turli seriyadagi lokomotivlarda turlicha o‘rnatiladi: bosh
rezervuargacha va undan keyii yoki ular orasida. Himoya klapanlari bosim
regulyatori ishdan chiqqanda, bosh rezervuardagi bosimni o‘ta oshib ketishini
oldini oladi. Himoya klapanlariniig soni kompressor unumdorligi bilan
aniqlanadi.
Iste’mol va tormoz magistrallari uchun diametrining shartli o‘tkazishi 32
mm (1 1/4), barcha turdagi harakatdagi tarkib uchun standart bo‘lgan quvurln
o‘tkazgich qo‘llaniladi. Yuk poezdlarining tormoz magistralidagn ishchi bosim
0,53 - 0,55 MPa, yulovchilarda -0,50- 0,52 MPa dir.
Barcha zamonaviy lokomotivlar avtotormoz uskunalarini boshqarish
uchun universal avtomatik tormozlarining № 394 yoki № 395 mashnnachi krani
bilan va tez harakatlanuvchi yordamchi tormozi № 254 krani bilan, shuningdek
mashinachi kranlarini to‘g‘ri yoqib -o‘chirish uchun va boshqaruv kabinasi
almashtirilganda lokomotivni majburiy to‘xtatish uchun blokirovkalash № 367
M uskunasi bilan jihozlangan. YUk lokomotivlari birlashtirilgan poezdlar
tormozlarini boshqarishda pnevmatik sinxronizatsiyalash uchun qo‘shimcha
uskunalar va № 418 pnevmoelektrik datchigi bo‘lgan tormoz magistralini
ajratgichlari bilan jihozlangan.
Yukli harakatdagi tarkib yuk turidagi № 270 va № 483
havotaqsimlagichlari, yo‘lovchilari esa - № 292-001
havotaqsimlagichlari va №
305 elektrohavotaqsimlagichlari bilan jihozlangan. Yo‘lovchi poezdlari va
motorvagonli harakatdagi tarkibni elektropnevmatik tormozlar bilan jihozlashda
elektr iste’molchilari manbalari, mashnnachi krani kontrolleri va boshqaruv bloki
qo‘shib qo‘yiladi.
Rekuperativli va reosgatli tormozlanishi bo‘lgan lokomotivlarda va
zamonaviy elektropoezdlarda birdaniga elektr va pnevmatik tormozni ishlab
ketishini oldini olish maqsadida, elektroblokirovkali uskunalar o‘rnatiladi.
Ba’zi seriyalardagi yo‘lovchi lokomotivlari va tezkor poezd vagonlari
tormoz bosilishini tez to‘g‘irlaydigan qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlangan.
Tezkor yo‘lovchi vagonlarining tormozlari sxemalarida va diskli tormozi bo‘lgan
harakatdagi tarkiblarda yuzaga (g‘ildirakning aylanmay harakatlanishi) qarshi
uskunalar ko‘zda tutilgan. Ba’zi yuk vagonlari va dizel-poezdlarining vagonlari
yuklashga bog‘lik bo‘lgan turli tormoz bosilishini ta’minlovchi yuk avtorejimi
bilan jihozlangan.
Turli turdagi harakatdagi tarkib tormoz uskunalarining pnevmatik
sxemalari ko‘pgina umumiylikka ega. Tortishli harakatdagi tarkib va
vagonlarning tormoz uskunalari sxemalarini prinsipial farqlari shundan iboratki,
tortishli birliklarda (elektropoezdlardan tashqari) iste’mol, boshqarish va
tormozlash uchun tormoz uskunalarining barchasi, bu vaqtda vagonlarda faqat
tormozlashni bajaruvchi asboblar o‘rnatiladi.
Tormoz uskunalarining pnevmatik sxemalarini umumiy kamchiligi unnng
universalligining yo‘qligidadir.U tormoz silindrini havo bilan to‘ldirishda va
undan havonn chiqarib yuborishda talab qilinadigan parametrlarni saqlanishini
to‘la bo‘lmagan darajada ta’minlaydi. Hozirgi davrda tormoz uskunalarining
takomillashtirilgan sxemalarnni qo‘llash boshlanmoqda va ularda quyidagilar
ko‘zda tutilgan: tormoz silindridan siqilgan havoni chiqarish va to‘ldirish vaqtini
pnevmatik tormoz ishini yaxshilash bilan kamaytirish; har bir seksiyaning
avtomatik tormozlanishi maxsus ko‘zda tutilgan rezervuarlardan seksiyalar ajrab
ketgan vaqtida bajariladi, bunda seksiyalararo pnevmatik birlashmalarda
kalibrovkali drossellarni qo‘llanilanishini zarurati ehtiyojini yo‘qolishi;
seksiyalararo birlashma soni impuls magistralini tormoz sistemasidan
yo‘qotilishi evaziga to‘rttadan uchtagacha qisqartirilgan.
Tormoz uskunalarini, o‘xshash asboblarni qo‘llash vaularni turli
seriyadagi lokomotivlarga bir xilda joylashtirishda bundan keyingi rivoji
bo‘iicha ishlar olib borilmokda.Siqilgan havoni yanada samarali quritishda,
pnevmatik tormozlar sistemalarida namlikni muzlashi va kondensatsiyasini
oldini oluvchi, yangi adsorbsion uskunalar ishlab chiqilmokda.
Ishlab chiqarish va ishlatish jarayonlarida tormoz uskunalari doimiy
ravishda takomillashib va rivojlanib bormoqda, shuning uchun uning sxemalari
harakatdagi tarkibning bir xil turi uchun o‘ziga xoslikka ega bo‘lishi mumkin.
|