• Nazorat savollari
  • Аmаliy mаshg’ulоt 7 Zamonaviy mikroprotsessorli boshqaruv dizelli magistral lokomotivlarda xarakatga keltirish boshqaruv zanjirini o‘rganish




    Download 16,21 Kb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi16,21 Kb.
    #242273
    Bog'liq
    Amaliy-7 Zamonaviy mikroprotsessorli boshqaruv dizelli magistral lokomotivlarda xarakatga keltirish boshqaruv zanjirini o‘r


    Аmаliy mаshg’ulоt 7


    Zamonaviy mikroprotsessorli boshqaruv dizelli magistral lokomotivlarda xarakatga keltirish boshqaruv zanjirini o‘rganish

    Teplovozni boshqarish zanjirini o'rganish uchun dastlab adabiyotlardan ushbu teplovoz turi bo'yicha boshqaruv zanjiri tarkibiga kiruvchi apparatlar , bu appartlarning ishlash tartibi, bir biri bilan ulanishi, ishga tushish ketma ketligi haqida ma'lumotga ega bo'lishlarilozim bo'lishi kerak. TE 10M teplovozining joyidan qo'zg’atish zanjirini ishga tushirish quydagi tartibda amalga oshiriladi.


    a) «Teplovozni boshqarish» tumbleri UT ni ulash;
    b) mashinist kontrollerini shturvalini birinchi poziciyaga qo’yish.
    YUqorida ko’rsatilgan operaciyalarni bajargandan keyin reversor vali kerakli holatga buriladi («Oldinga» yoki «Orqaga»). Reversorning bosh kontaktlari tortuv elektr mashinalarini aylanishini kerakli yo’nalish uchun kuchli zanjirni tayyorlaydilar, yordamchi kontaktlari esa rele RU2 g’altak zanjirini tutashtiradi. Bir vaqtning o’zida vaqt relesi RV3 g’altagi zanjiri tutashadi va uning kontaktlarini yurgizish kontaktorlari P1-P6 ventillar g’altagiga zanjir hosil qilib beradi. Yurgizish kontaktorlari ishga tushadi va o’zining asosiy kontaktlari yordamida tortuv elektr mashinalarini tortuvchi generatorga ulaydi; yordamchi kontaktlari bilan esa KV va VV kontaktorlar g’altagiga zanjir hosil qilib beradi.
    Dizel vallarining aylanish tezligini oshirish yoki MR1-MR4 elektr magnitlarini takroriy moslashtirish birlashgan regulyatorining umumtartib prujinasi tor-tilishini kamaytirish yo’li bilan o’zgartiradi.
    Mashinist kontrollerini birinchi poziciyadan o’n beshinchi poziciyaga qadar o’zgartirish uslubi bilan aylanish tezligini o’zgarishi bajariladi. Bu kontrollerning kontaktlari orqali elektr magnitlar tutashuv jadvaliga muvofiq tok bilan ta'minlanadilar va ular orqali bevosita relelar ulanadi.
    a) rele RU4 ning birinchi poziciyadan o’n birinchi poziciyagacha qisqa tutashuvchi kontaktlari RDM2 relesi-ning kontaktlarini shuntlaydi. Bu holat yuqori kollek-tordagi moy bosimi 1,0-1,2 atmosferadan past bo’lganda, kuch ta'siri ostida ishlashga imkoniyat tug’diradi;
    b) RU8 relening ajraluvchi kontakti mashinist kontrollerining ikkinchi poziciyasidan o’n beshinchi poziciyagacha RU2 relesining g’altagidagi zanjirni ajratadi; bu holat RU2 relesi ikkinchi poziciyadan yuqori bo’lganda, ulanishga imkoniyat bermaydi;
    v) RU10 relesi (4 dan-15 poziciyagacha kontaktlari qisqa tutashgan bo’ladi);
    g) RU15 relesi (8 dan-15 poziciyagacha kontaktlari qisqa tutashgan bo’ladi).
    Tortish tartibidagi himoya boshqarish zanjirlarini tekshirish uchun «Boshqarish» va «Teplovozni boshqarish» zanjirlarini ulashda mashinist kontrollerining rul chambari birinchi holatga qo’yilishi kerak va bu vaziyatda rele RU2, KV, VV, RV3, P1 - P6 ulanishlari lozim.
    Agar tekshirishda RU2, o’z navbatida, KV va VV ham ulanmasa, u holda kontaktlar holatini yoki g’altaklar zanjirini quyidagicha apparatlarda tekshirib ko’rish kerak: reversor uzib-ulagichi PR da, yordamchi kontaktlar D2, BD2-BD4, RU8, RU9, RU4, RDV, TRV, TRM, RU5 (RU2 yordamchi kontaktlarda P1-P6, R3, ROP, boshqarish zanjirida KV, VV).
    Agar yurgizish kontaktlaridan birortasi ulanmay qolayotgan bo’lsa (bunda RU2, KV, VV, RV3 ulangan), u holda o’ng apparat kamerasida joylashgan tumblerga e'tibor berish kerak (kuzatilayotgan zanjirdagi PK).


    Nazorat savollari:
    1. teplovozni joyidan qo’zg’atish zanjiri tarkibiga kiruvchi elektr apparatlarni ayting
    2. teplovozni joyidan qo’zg’atish uchun mashinist tomonidan qanday amallar bajariladi
    3. teplovozni joyidan qo’zg’atish zanjiri tarkibidagi himoya apparatlarining vazifasi
    4. RU8 va RU9 relelarining vazifasi
    5. KV va VV kontaktorlarining ishga tushishi tartibini kelitiring
    6. P1 -P6 kontaktorlarni ishga tushish tartibini keltiring
    Download 16,21 Kb.




    Download 16,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аmаliy mаshg’ulоt 7 Zamonaviy mikroprotsessorli boshqaruv dizelli magistral lokomotivlarda xarakatga keltirish boshqaruv zanjirini o‘rganish

    Download 16,21 Kb.