Tog'li joylarda yo'llarni loyihalash




Download 22.23 Kb.
bet1/5
Sana01.04.2024
Hajmi22.23 Kb.
#184364
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tog\'li joylarda yo\'llarni loyihalash
Fibonachchi sonlari, 1441004, 16-mavzu. Axborotla rni tashkiliy ximoyasi, Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya, 63f6fd271c905 9. Ilm-fan va ta limning rivojlanish istiqbollari 18-son 21, O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht, Windows nima va u haqida ma\'lumot, 15.03.2022 ochiq dars (3), Tarixdan hikoyalar. 5-sinf (2015, U.Jo\'rayev, Q.Usmonov), Автомобиль йўллари қурилишида сифатни бошқариш 2, IYD, 99999999, Avtomobil yo‘llarini hududiy arxitektura-badiiy tuzilishini shakllantirish va amalga oshirish, Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion, ERAMIZDAN AVVALGI IV-II ASRLARDA QADIMGI RIMDAGI YO`LLARNING ARXITEKTURA LANDSHAFTI.

Tog'li joylarda yo'llarni loyihalash.

Reja:


  • Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurish

  • Sharoitlarni o’rganib chiqish

  • Gruntlarni kavlash.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.

Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurishda (7.1-rasm) ish olib borish texnologiyasini uning konstruktiv xususiyatlari va joyning grunt-gidrologik sharoiti belgilaydi. Qurilish uchun o‘yma yoki yarim o‘ymalar (7.1, a, b –rasm) 112 eng yaroqliysi hisoblanadi. Tikka va baland qiyaliklarda qiyalikdan va tog‘ yonbag‘ri yuzasidan tushayotgan gruntni ushlash uchun yuqori berma yoki tayanch devorli berma quriladi. Qiyalikning yuqori qismi yoki yonbag‘ri kerakli darajada turg‘un bo‘lmasa, yuqorigi tirgak yoki qoplovchi devor (7.1, d-rasm) qurish kerak. Yuqori (7.1, d-rasm), shuningdek, pastki (7.1, v, g-rasm) tirgak devorlar ayrim seksiya holida yilning eng quruq davrida, ya'ni gruntlar turg‘unligi buzilishining oldini oluvchi tadbirlar qo‘llab quriladi


Konstruktiv yechimlarning tez-tez o‘zgarishi, shuningdek, to‘xtovsiz grunt-geologiya sharoitining o‘zgarishi, gruntlarni zichlash qiyinli qurilish texnologiyasini qiyinlashtiradi, yuqori kvalifikatsiyali ishchi, eng zamonaviy texnika va bajariladigan ishlarning eng sifatli nazoratini talab qiladi.
Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurish. Yo‘l poyini qurish o‘z ichiga trassani tiklash, yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish, ishchi proezdni ta'minlash va yo‘l poyining to‘liq ko‘ndalang kesimini qurish kabilarni oladi. 113 Yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish qurilayotgan yo‘l poyining yuqori balandlik sathi (7.2, a-rasm), yuqori qismi (7.2, b-rasm) va loyihaviy kesim atrofida (7.2, v-rasm) amalga oshiriladi. Ayrim hollarda qoyatog‘ jinsari, jarliklar va boshqa o‘tish qiyin bo‘lgan joylar bo‘lgani uchun yo‘lovchilar yo‘lakchasini loyihaviy kesimdan, ko‘pincha, tog‘ yonbag‘ri yuqorisidan tashqariga chiqariladi.
Ishchi proezdni, ko‘pincha, yo‘lovchilar yo‘lakchasini buldozer yordamida 3,5 - 4,0 mga kengaytirib (7.2, g- rasm) amalga oshiriladi, bu o‘tuvchi transportlar va yo‘l mashinalarining ishi bir yerga to’plangan joyga borishni ta'minlaydi. Buldozerning ish unumdorligini oshirish, ishlatiladigan pichoqning vertikal qirquvchi cheti bir tomonlama yemirilib ketmasligi uchun tishlar bilan kuchaytiriladi. Agar kavlanayotgan gruntda toshli qo‘shimchalar bo‘lsa, buldozer pichog‘ining gorizontal qirquvchi cheti ham tish bilan himoyalanadi. Bunday qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa, gruntni bo‘shatish (bo‘shatgich yoki portlatuvchi modda yordamida) bilan buldozerning ish unumdorligi sezilarli oshiriladi. Ishchi o‘tuvchi tokcha suvni vaqtinchalik o‘tkazgichlar bilan jihozlanadi; agar imkoni bo‘lsa, loyiha kengligining yarmiga bo‘lsa ham, doimiy suv o‘tkazuvchi inshootlar qilinadi.
Ishchi proezd ta'minlagandan so‘ng, ko‘prik, quvur, tirgovich devorlar qurish va talab qilingan sutkali hajmdagi yer ishlarini bajarishga kirishiladi, ya'ni ishlab chiqarish loyihasiga mos ravishda kuchlarni eng maqsadli joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. 114 Yarim o‘yma qurishda yo‘l poyini to‘liq kesimda qurish 7.3-rasmda ko‘rsatilgan chizmalardan biri asosida olib boriladi. Yer ishlarini ratsional tashkil qilish chizmasi 7.3, a-rasmda ko‘rsatilgan, bu yerda ishchi proezdning tokchasi yo‘l poyining loyihaviy belgisida joylashgan. Bu holda gruntni kavlash tokchani yonbag‘ir tomonga ketma-ket (II, III, IV) surib kengaytirishdan iborat. Bu yerda, gruntni kavlash usulidan qat’tiy nazar, muhim yaxshi tomoni xosil bo‘ladi, ya'ni doimiy transport oqimini ta'minlash oldin yaratilgan proezdni tozalashdan xosil qilinadi, bu, ishni bajarishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, grunt bir marotaba kavlanadi, suriladi va loyihaviy kesimdan tashqariga tashlanadi.
Ikkita buldozer bilan gruntni kavlashda bitta buldozer yo‘l o‘qiga parallel yoki biror burchak ostida o‘ziga yo‘l ochadi, ya'ni avval II polosada, keyin III polosada va har bir polosaning yuzasida grunt kavlab proezd tokchasiga tashlaydi. Ikkinchi buldozer bu gruntni tayyor yo‘l poyi qismidagi ag’dargichga suradi. Gruntni kavlab pastga suruvchi buldozer o‘ziga ikkita ishchi qamrab oluvchi masofa yaratadi. Har bir masofaning uzunligi 30-35 m bo‘lib, ularni biri boshqasining davomi bo‘ladi. Bu buldozer birinchi qamrab olish masofasida gruntni kavlaganda pastdagi buldozer gruntni transportga ortadi va ikkinchi qamrab olish masofasi orasida yon qiyalikka suradi. Keyin buldozer bir vaqtda qamrab olish masofasini o‘zgartiradi.
Eng chetki polosadagi gruntni (IV) kavlashda yuqoridagi buldozer otkosnik yordamida yon qiyalikni tekislaydi. Shunday qilib, yo‘l poyi tugallangan ko‘rinishda bo‘ladi va pardozlash ishlarini talab qilmaydi yoki ular eng kam darajada qilinadi. Gruntlarni kavlashni bu usulining boshqa afzalligi ham bor. Odatda, pastdagi buldozer yuqoridagi buldozerga nisbatan eng yuqori ish unumdorlikda ishlaydi, chunki u gruntni kavlamay, faqat suradi. Bu transport oqimini uzluksiz harakatlanishini belgilaydi va yo‘l qatnov qismining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlaydi.

Download 22.23 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 22.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tog'li joylarda yo'llarni loyihalash

Download 22.23 Kb.