Mavzu: Avtomobil yo‘llarini hududiy arxitektura-badiiy tuzilishini shakllantirish va amalga oshirish Reja




Download 274.84 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2024
Hajmi274.84 Kb.
#178853
  1   2
Bog'liq
Avtomobil yo‘llarini hududiy arxitektura-badiiy tuzilishini shakllantirish va amalga oshirish
Fibonachchi sonlari, 1441004, 16-mavzu. Axborotla rni tashkiliy ximoyasi, Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya, 63f6fd271c905 9. Ilm-fan va ta limning rivojlanish istiqbollari 18-son 21, O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht, Windows nima va u haqida ma\'lumot, 15.03.2022 ochiq dars (3), Tarixdan hikoyalar. 5-sinf (2015, U.Jo\'rayev, Q.Usmonov), Автомобиль йўллари қурилишида сифатни бошқариш 2, IYD, 99999999, Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion, ERAMIZDAN AVVALGI IV-II ASRLARDA QADIMGI RIMDAGI YO`LLARNING ARXITEKTURA LANDSHAFTI.

Mavzu: Avtomobil yo‘llarini hududiy arxitektura-badiiy tuzilishini shakllantirish va amalga oshirish
Reja:

  1. Avtomobil yo‘llarini me’moriy landshaft dizayni.

  2. Avtomobil yo‘llarini hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi.

  3. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Avtomobil yo‘llarini me’moriy landshaft dizayni va manzarali ko‘kalamzorlashtirish
Yo‘l me’morchiligi (arxitekturasi)
Yo‘l insonni albatta qandaydir maqsadga «olib boradi», shuning uchun makondagi yo‘l inshootlarining dinamik ko‘rinishi yo‘ldagilar uchun tushunarli, shakllardagi marom dinamikasi esa yo‘lning asosiy nuqtalariga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Odatda harakatda yo‘nalgan maqsad shaharlar, katta ko‘priklar bo‘ladi va yo‘ldagi insonlar ularga yaqinlashib qolishganini uzoqdan his qilishlari kerak. Bunga erishish uchun yo‘lda ko‘rinadigan shakllarning maromi aniq bo‘lishi, shahar oldidagi ikki-uch me’moriy havzalar dinamikasida bog’liqlik bo‘lishi, har bittasining ichida, ayniqsa, shahar oldidagi oxirgi havzada dinamika bo‘lishi kerak.
Shunga o‘xshab, katta ko‘priklar, tog’ dovonlari, tabiiy to‘siqlar tomonga yo‘nalgan dinamika ham aniq bo‘lishi lozim. Avtomobil yo‘llari yoqasidagi me’moriy ko‘rinishlar «aniqligi» qanday oshib borishini chizma bilan ko‘rsatsa bo‘ladi. Kompozistion markazlar yaqinlashgani sari ishoralarning «aniqligi» oshib boradi, buni xususan shartli ustunlar – dominantlarning balandligi oshishi bilan ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga har bitta dominantning o‘zi kompozistion o‘q yoki havza chetida bo‘lsa ham o‘z me’moriy havzasining markazi bo‘ladi, ularni birbiridan ajratib turish lozim.
Yo‘l me’morchiligida asosan yo‘l kesib yoki aylanib o‘tadigan yirik aholi punktlari, katta ko‘priklar, dovonlar, yo‘l tutash joylariga e’tibor beriladi. Yo‘l bo‘yidagi manzaraning uzunligi va ta’sirchanligiga qarab ular alohida me’moriy havza, dominant yoki kompozistion havza markazi bo‘lishi mumkin.
Havzaning ko‘p qismi ko‘tarma chetidan ko‘rinishi uchun me’moriy havza chegarasi uzun kesimi yuqoriga chiqqan joydan o‘tishi kerak. Tik ko‘tarilgan joylardan tashqari aholi punktlari, manzara chegarasi, ko‘zga tashlanadigan alomat (akstent) bilan birlashgan burilish joylari ham me’moriy havza chegarasi bo‘lishi mumkin.
Bitta havzadagi manzara ichida bir xil fon bilan shu fonda ajralib ko‘rinadigan, diqqatni tortadigan akstent ajratiladi. Manzaradagi bitta elementning o‘zi fon yoki akstent qilib olinishi elementning tez-tez ko‘rinishiga, uning yonidagi elementlardan keskin farq qilishiga bog’liq bo‘ladi.
Faqat ko‘rinishi, rangi yoki o‘lchami boshqacha bo‘lishining o‘zi elementga diqqatni tortmaydi, u e’tiborga tushadigan bo‘lishi, boshqa elementlardan ajratib ko‘rsatilishi (akstentlanishi) kerak.
Yo‘ldagi akstentlar ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchi xilida ular havzaning chetida turib me’moriy havzalarni bir-biridan ajratadi, boshqa xilida esa dominant bo‘lib havza ichidagi umumiy bir ko‘rinishdagi fonda keskin ajralib turadi (dominant bo‘ladi). Uzoqdan ko‘rinadigan (optimal ko‘rinadigan masofadagi), havzadagi me’moriy kompozistiyaning asosiy o‘qi yoki markazi bo‘ladigan yo‘l manzarasidagi elementgina dominant bo‘lishi mumkin.
Yo‘ldagi vositalar, yo‘l ko‘rsatgichlaridan boshlab harakat xizmati majmualarigacha akstent vazifasini bajarishi mumkin. Dominantga misol qilib shaharga kirish yo‘lining bezatilishi, yo‘nalish chizmasi, yodgorlik, ajratib bo‘yalgan pavilon, yo‘l ustidagi yo‘l o‘tkazgichlar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Me’moriy havzalar ko‘pincha yuqoriga tik ko‘tarilgan joylarda qabariq egrilik, yo‘l va manzaradagi boshqa elementlar bilan qo‘shib ajratiladi. Cho‘l manzarasidagi havzalarni asosan oldindagi tik ko‘tarilgan qabariq egrilar ajratadi.
Quyidagi ajratish usullari ham ko‘p ishlatiladi:
o‘rmon joyda – manzaradagi boshqa elementlar bilan uyg’unlashgan bino va aholi punktlari yoki daraxtlar to‘p o‘sgan alohida joylar, o‘rmonlar, yo‘l kesishgan joylar, yo‘l o‘tkazgichlar, yo‘l tutashgan joylar;
dasht joylarda – alohida o‘rmonlar, daraxtlar to‘p o‘sgan joylar, yo‘lni kesib o‘tadigan dalani himoya qiladigan tasmalar, dasht fonida keskin ajralib turadigan boshqa elementlar.
Ba’zan me’moriy havzalar bir-biridan yo‘ldagi yoki manzaradagi alohida elementlar bilan ajratiladi. Ko‘pincha bir nechta element bir-biri bilan qo‘shib ishlatiladi, odatda bu elementlarning bittasi reja yoki kesimdagi egri chiziq, alohida chuqur joy, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich bo‘lishi mumkin. Me’moriy havzalarni ajratib turadigan birikmalarning bir qismi sifatida albatta yo‘ldagi elementlar ishlatiladi. Dominantlar ko‘pincha me’moriy havzaning kompozistion markazi vazifasini bajaradi yoki uni ajratib ko‘rsatadi. Umuiy dominantlarning 3 foizigina me’moriy havzalar chegarasida bo‘ladi. Yirik aholi punktlari, katta ko‘prikli o‘tish joylari alohida me’moriy havza bo‘ladi. Aholi punktlari, ko‘priklar dominant va yo‘l kompozistiyasi markazi bo‘ladi. Dominantlar doim birikkan yo‘l elementlari bilan yo‘l yoqasidagi manzara elementlari birikmasidan tuziladi.
Umumiy ansamblning bir qismi bo‘ladigan har bitta me’moriy manzara boshqasidan farq qilsa, haydovchi yoki yo‘lovchi bu farqqa e’tibor qilsa, tushunsa va me’moriy bezatish uzoq davom etgani uchun charchatmasa esda qoladi. Me’moriy havzalarning optimal uzunligi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi:

Yo‘l toifasi

I

II va III

IV va V

Me’moriy havzanning uzunligi, km

10 – 16

8 – 10

6 – 8

Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozistiyasini loyihalash.
Yo‘l poyidan tashqaridagi hududning atrofidagi manzara - yo‘l belgilari, ko‘kalamzorlashgan tasma avtomobil yo‘li ko‘rinishining me’moriy qismlarini tashkil etadi.
Haydovchilarning ruhiy va jismoniy xususiyatlariga qarab har bitta element
ma’lum bir vazifani bajaradi. Harakatga xizmat qiladigan, va harakat bilan bog’liq har bitta inshoot esa mo‘ljallangan maqsadidagi vazifadan tashqari yo‘ldagi umumiy me’moriy ansambldagi akstent vazifasini bajarishi kerak.
Haydovchi nazariga ko‘proq tushadigan yo‘l bilan manzaradagi hamma asosiy elementlarni aniq tasavvur qilish uchun loyihasi tuzilayotgan yoki qayta qurilayotgan yo‘lning chiziqli me’moriy chizmasi tuziladi.
Uning ko‘rinishi har xil bo‘lishi mumkin. Ahamiyatli tomoni, yo‘l bilan manzaradagi asosiy elementlarni ko‘rsatish, hamda ahamiyatsiz tafsilotlarni tushirib qoldirish uchun chizmaning miqyosi kichik bo‘lishi kerak. Miqyos (masshtab) 1:100000 nisbatda olinsa qulayroq bo‘ladi, murakkabroq holatlarda, tog’li joylarda 1:50000 miqyosni ishlatish mumkin
Avtomobil yo‘llari me’moriy kompozistiyasi loyihasini tuzish quyidagi ketma-ketlik bilan bajariladi:
- tumanning ahamiyati va ko‘rinishiga qarab manzara tasnifi ishlatiladi va texnik o‘rganish bosqichida yo‘lning asosiy ko‘rinishi ishlab chiqiladi;
- yo‘lning oxirigacha bo‘ladigan me’moriy havzalar va ularning har birini kompozistiya echimi ko‘rsatiladi;
- yo‘l chizmasi chizilganda havzalarni chegaralaydigan dominantlar belgilanadi, ular trassa elementlari bilan bog’lanadi, etishmayotan dominantlar va chegaralashlar aniqlanadi;
- makondagi elementlarni bir-biri bilan uyg’un qilish uchun yo‘l trassasi bo‘ylama profilda tahlil qilinadi, yo‘lning chiziqli me’morchilik tuzilishi ishlab chiqiladi;
- dominant, manzara tomosha qilinadigan maydonchalar, dam olish maydonchalari, ko‘kalamlashtirish, harakatga xizmat qiluvchi inshootlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi;
- yo‘lni obodonlashtirish tadbirlari chiziqli jadvali tuziladi;
- trassa elementlarining loyiha echimi, obodonlashtirish tizimi to‘g’riligi tekshiriladi va ularning variantlari solishtiriladi.
Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirish arxitekturaviy nisbatlar asosida asoslanadi va trassa elementiga bog’lanadi.
Manzarali ko‘kalamzorlashtirishni ko‘p almashtirish ham mumkin emas, bu yo‘lni bezatishda xilma-xillikni yuzaga keltiradi va avtomobillarni tez harakatlanishida kerakli qoniqish bermaydi. Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri 2 -3 km dan kam bo‘lmagan va 10 km dan ko‘p bo‘lmagan oraliqda tez o‘zgarmasligi shart. Manzara beruvchi yoki ajralib turuvchi ekinlar maqsadi haydovchini yo‘lning muhim joylarida va potenstial xavfli uchastkalarda e’tiborini tortmasligi yoki aksincha haydovchini e’tiborini tortishi, muhim yoki harakat xavfsizligi uchun yoki yo‘llarni me’moriy tashkil etishda (misol uchun havzalarni chegarasini belgilashda) e’tiborni tortishi kerak. Akstentlovchi ekinlar bo‘ylama kesimni bo‘rtiq joylarida «eshik»ni tashkil qiladi.

Yo‘llarni kesishish joylarida to‘siqli ekinlarga misol:
a – chiqishga qarshi tomonda; b – o‘tish – tezlanish tasmasi oxirida; v – bo‘rtiq tik egrida.
Yo‘llarni monumental bezatish imkoniyatdan kelib chiqqan xolda tekislikda bo‘lishi lozim. Uning axborot tarkibi shunday bo‘lishi kerakki, haydovchi uzoqdan ko‘rganda yoki yonidan o‘tganda qayta ko‘rish ishtiyoqi tug’ilmasligi lozim.
Monumental bezatish kabi belgilarni ham bo‘ylama kesimni bo‘rtiq joylarida yoki rejadagi egrining ichki tomonida joylashtirish kerak. Bunda monument yoki ko‘rsatgichni asosiy mohiyati ko‘rinish – yo‘naltirish elementida asosiy vazifani bajaradi. Agar uning o‘lchamlari etarli darajada katta bo‘lsa, u holda tavsiya etilgan landshaftda ajralib ham turadi.
Yo‘llarni arxitektura-landshaft loyihalash va ko‘kalamzorlashtirish.
Landshaftli loyihalashning maqsadi – yo‘lning yuqori transport-ekspluatastion sifatlarini, harakatning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydigan, haydovchilar va yo‘lovchilar uchun charchamaydigan yaxlit va xushmanzara landshaftni saqlanib qolishiga imkon yaratadigan yo‘l trassasini yaratish.


Bo‘ylama kesimning bo‘rtiq joylarida daraxtlarni juft ekish: a – yopiq joylarda; b – ochiq joylarda.
Zamonaviy avtomobil yo‘llari ko‘p ming insonlarning ish va dam olish joyi hisoblanadi va nafaqat texnik balki estetik talablarni ham qondirishi kerak. Aniqlanganki, yo‘l fazoviy bir tekis (silliq), landshaft bilan yaxshi bog’langan trassada o‘tkazilganda haydovchilarning kam toliqqishini, yo‘l-transport hodisalari xavfini kamayishini va yuk tashishning tejamkorligini ta’minlaydi.
Landshaftli loyihalashda estetik mezonlarni qoniqtirish birdan bir maqsad hisoblanmaydi, u avvalombor, yo‘lga qo‘yilgan funkstional talablarni eng yaxshi qondirishga yordam beradi.
Landshaftli loyihalash tamoyillariga rioya qilish majburiyati faqat yuqori toifali yangi quriladigan yo‘llar loyihalariga taalluqli deb hisoblash kerak emas. Respublikada avtomobillashtirishni jadal oshishi, yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishning jadal o‘sishi bilan yangi yo‘llarni qurish jarayonida keyinchalik uni rekonstrukstiya qilishda yo‘llarini oldindan ko‘rish kerak.
Avtomobil yo‘llarini landshaftli loyihalash bir-biriga bog’liq bo‘lgan bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- yuqori tezlikda avtomobillar harakat xavfsizligini va yuqori qulaylik darajasini ta’minlash maqsadida trassa elementlarining o‘zaro bir tekis bog’liqligiga qo‘yilgan talablarga amal qilish;
- haydovchining “vizual yo‘nalishini” ta’minlash – haydovchi harakat vaqtida harakat rejimini to‘satdan o‘zgartirishni talab qiladigan, o‘zi uchun tasodifiy bo‘lgan yo‘l sharoitini o‘zgarishiga duch kelmasligi uchun etarlicha katta masofada va hattoki haqiqiy ko‘rinish chegarasidan tashqarida yo‘l yo‘nalishini ravshanligi. Yo‘lning ko‘rinadigan bo‘laklari va yo‘l bo‘yi mintaqasi haqiqiy ko‘rinish chegarasidan tashqarida harakat yo‘nalishini o‘zgarishini haydovchiga oldindandan ko‘rsatib to‘rishi kerak;
- yo‘l trassasi elementlarini shunday belgilash kerakki, kelajakda ba’zi-bir yo‘l bo‘laklari ko‘rinishining vizualligi buzilishiga olib kelmasin va haydovchida yo‘lning keyingi bo‘laklarida asossiz ravishda yo‘llarni keskin buzilishi borligiga tassurot yuzaga keltirmasin;
- harakat qulayligini oshirish, harakat ishtirokchilariga tabiatning go‘zalligini yanada yaxshiroq ko‘rsatish, yo‘l qurilishida mavjud yo‘l bo‘yidagi landshaft qonuniyatlarini buzilishini oldini olish, atrof muhit muhofazasi talablariga amal qilish uchun joyning landshaftiga yo‘lni bir tekis qo‘shilishini ta’minlash;
- tarixiy va madaniy yodgorliklar, qimmatbaho qishloq xo‘jaligi erlarini saqlab qolish, yo‘lning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish;
- daraxtlar va butalarni ekish, rejalashtirish va quritish ishlarini olib borish, suv havfzalarini yaratish, yo‘lning ba’zi bir bo‘laklari landshaftini ko‘rinishini ochib berish yoki yashirish bilan yo‘l bo‘yi mintaqasida tabiiy landshaftni yaxshilash va to‘ldirish. Shu maqsada yuqori toifali yo‘llarda qoidaga ko‘ra, engil avtomobillarning ulushi katta bo‘lganda, chiroyli ko‘rinishni yashiradigan o‘rmonni siyraklashtirish yoki o‘ymalar yon bag’rini qirqish (2.16-rasm), shuningdek, yo‘l yon bag’rlari katta yalang’och qismini yoki qazib ishlov berilgan joylarning chiroyli bo‘lmagan qismini o‘simlik qatlami bilan yashirish amalga oshiriladi

Arxitektura yodgorligi ko‘rinishini ochish uchun o‘rmonni tozalash

Daraxtlar ekish bilan grunt karerini yashirish: a – yo‘l qurilgandan keyingi yo‘l bo‘yi mintaqasi; b – manzarali daraxtlar ekilgandan keyin.

Baland ko‘tarma va o‘ymalarning yalang’och yon bag’rini o‘simliklar ekish bilan yashirish usullari: a – o‘ymalarning ko‘rksiz yalang’och yon bag’ri; b – yon bag’rda daraxt va bo‘talarni ekish; v – yo‘l bo‘yida baland daraxtlarni ekish; g – supacha qurish va yon bag’rning supadan baland joylashgan qismida daraxtlar va bo‘talarni ekish bilan yon bag’rning ko‘rinish balandligini qisqartirish.
Yo‘lning mumkin bo‘lgan variantlarini taqqoslash uchun va uning alohida bo‘laklarini loyiha echimlarini aniqlashtirishda, ularni estetik mezonlar nuqtai nazaridan baholovchi va yo‘lni landshaft bilan yaxshiroq bog’lash va yo‘l bo‘yi mintaqasi arxitekutra kompozistiyalarini amalga oshirishga nisbatan maslahatlar beradigan arxitektorni ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir. Bunda yo‘l o‘zining barcha elementlari (trassa, sun’iy inshootlar, yo‘l bo‘yi qurilmalari, yo‘l jihozlari, himoyalovchi va manzarali ekinlar) ma’lum bir birlikka ega bo‘lgan yagona arxitektura ansabli sifatida qaralishi kerak.
Noto‘g’ri loyihalangan yo‘lni landshaft arxitektura vositalari bilan yashiradigan manzarali ekinlar bilan yaxshilashga o‘rinish, qoidaga ko‘ra, muvoffaqiyatsizlikka uchraydi va ortiqcha bezash bo‘lib chiqadi.
Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning ko‘p sonli vazifalari tarkibiga yo‘lni landshaft bilan muvofiqlashtirish vositasi sifatida daraxt va bo‘ta ekinlaridan foydalanish, uni bezash va qo‘shimchalar kiritish kiradi.
Ko‘kalamzorlashtiruvchi-mutaxassis bilan hamkorlikda puxtalik bilan saralangan daraxt-bo‘ta ekinlari quyidagilarga imkon beradi:
- yo‘l bo‘yi landshafti yoki yo‘lning inshootlarini muvoffaqiyatsiz yoki ko‘rimsiz joylarini ko‘rinishini yopish: yo‘l chetidagi ishlov berilgan karerlar, o‘simliklar bilan qoplangan o‘ymaning yalang’och yon bag’ri, yo‘llarni kesib o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichlarga tutashuv ko‘tarmasi, yo‘l uchun ajratilgan mintaqa chegarasi yaqinida omborlar hududi va b.;
- yo‘l bo‘yi mintaqasidagi bir xil cho‘l joylarda haydovchilarni diqqatini faollashtiradigan va jalb qiladigan alohida manzarali guruhlarni yaratish;
- shaharlar va kurort joylariga kirish yo‘llarida sayohat maqsadiga yaqinlashishni ta’kidlash, ayrim holatlarda tantanavor kayfiyatni yaratish maqsadida avtomobil yo‘lining to‘g’ri bo‘laklarida baland daraxtlardan xiyobon ekish;
- trassa yo‘nalishini va burilishning keskinligini kelgusida o‘zgarishini haydovchilarga haqiqiy ko‘rinish chegarasida ko‘rsatadigan “to‘siq” ko‘rinishidagi ekinlardan vizual yo‘nalishni tashkil etish, cho‘l tumanlarda ikkinchi darajali yo‘lni bir satxda kesishishi va tutashishini ko‘rsatadigan “ishora beradigan” ekinlarni barpo qilish.

Xulosa.
Odatda harakatda yo‘nalgan maqsad shaharlar, katta ko‘priklar bo‘ladi va yo‘ldagi insonlar ularga yaqinlashib qolishganini uzoqdan his qilishlari kerak. Bunga erishish uchun yo‘lda ko‘rinadigan shakllarning maromi aniq bo‘lishi, shahar oldidagi ikki-uch me’moriy havzalar dinamikasida bog’liqlik bo‘lishi, har bittasining ichida, ayniqsa, shahar oldidagi oxirgi havzada dinamika bo‘lishi kerak.
Yo‘l me’morchiligida asosan yo‘l kesib yoki aylanib o‘tadigan yirik aholi punktlari, katta ko‘priklar, dovonlar, yo‘l tutash joylariga e’tibor beriladi. Yo‘l bo‘yidagi manzaraning uzunligi va ta’sirchanligiga qarab ular alohida me’moriy havza, dominant yoki kompozistion havza markazi bo‘lishi mumkin.
Yo‘lning mumkin bo‘lgan variantlarini taqqoslash uchun va uning alohida bo‘laklarini loyiha echimlarini aniqlashtirishda, ularni estetik mezonlar nuqtai nazaridan baholovchi va yo‘lni landshaft bilan yaxshiroq bog’lash va yo‘l bo‘yi mintaqasi arxitekutra kompozistiyalarini amalga oshirishga nisbatan maslahatlar beradigan arxitektorni ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir. Bunda yo‘l o‘zining barcha elementlari (trassa, sun’iy inshootlar, yo‘l bo‘yi qurilmalari, yo‘l jihozlari, himoyalovchi va manzarali ekinlar) ma’lum bir birlikka ega bo‘lgan yagona arxitektura ansabli sifatida qaralishi kerak.

Download 274.84 Kb.
  1   2




Download 274.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Avtomobil yo‘llarini hududiy arxitektura-badiiy tuzilishini shakllantirish va amalga oshirish Reja

Download 274.84 Kb.