|
Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
|
bet | 9/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 20,46 Kb. | | #249048 |
Bog'liq 2. Fanni ta`limdagi o‘rni Yengil atletika va uni o‘qitish metodiKurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Talaba kurs ishini tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlari hisobga olgan holda quyidagi shakl va usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
- kurs ishlarining tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiqdir ya`ni titul varag‘i, reja, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi;
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini mukammal o‘rganish;
- mashqlar chizmasini chizish va mashq variantlarini ishlab chiqish hamda amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish; - maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
Tavsiya etiladigan kurs ishlarning mavzulari:
1. Yengil atletika sport pedagogikasida yo‘nalish sifatida. 2. Yengil atletika darsi jarayonida o‘quvchilarni tashkillashtirishda guruhli metodidan foydalanishning ahamiyati.
3. Yengil atletika darsi zichligini oshirish usullari.
4. Yengil atletika bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi.
Dasturning informatsion - uslubiy ta`minoti
Yengil atletika mashqlarini o‘rgatish hamda o‘zlashtirishda yangi pedagogik texnologiyasidan (klaster, bumerang, zanjir, tarozi, echim daraxti), zamonaviy texnika vositalaridan, ko‘rgazmali qurollardan, musiqalardan, videokassetalardan ko‘rsatish va boshqalardan foydalanishni o‘rgatadi.
Didaktik vositalar
1. Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha vositalar, turli xil yengil atletikaga mos keladigan plakatlar, elektron doska –Hitachi, LCD monitor, elektron ko‘rsatkich.
2. Video audio uskunalar: video, audiomagnitofon, ovoz kuchaytirgich. 3. Kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proektor, DVD- diskovod, Web- kamera, video – ko‘z (glazok).
|
| |