• Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi
  • Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari




    Download 20,46 Kb.
    bet2/10
    Sana21.05.2024
    Hajmi20,46 Kb.
    #249048
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2. Fanni ta`limdagi o‘rni Yengil atletika va uni o‘qitish metodi

    Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Oliy ta`lim muassasi talabalarining yengil atletika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarining shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xayotning turli jabxalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanish. Yengil atletikaning rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni yengil atletika sport turining texnikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishda hakamlik qilish qoidalarini o‘rgatib borishdan iborat. Talabalarda yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanini o‘tkazishda bo‘lajak mutaxasislarga yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish, yengil atletika mashqlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va o‘tkazishga o‘rgatishdan iborat. Shuningdek talabalarni yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, yengil atletikada qo‘llanadigan turli usullar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, yengil atletika turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish usullarini, nizomlarini tuzishga o‘rgatish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
    Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi. Qadimiy yunon so‘zi “ atletika” o‘zbek tilida kurash, mashq degan ma`noni bildiradi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb atar edilar. Yengil atletika sportining ayrim turlari ( yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko‘pkurashlardan iboratdir) uzoq vaqtlardan buyon Movarounnahr o‘lkasida istiqomat qiluvchilarning shug‘ullanib kelgan mashg‘ulotlari, xususan, Sarmish (soyidagi) tog‘larida eramizdan bir necha asr oldin qoldirilgan rasmlarda yuguruvchi, sakrovchi va nayza uloqtiruvchilarni tasviri qoldirilgan. Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish, yugurish, sakrash, nayza otish, tosh ko‘tarish mashqlaridan unumli foydalanganligi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

    Download 20,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 20,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari

    Download 20,46 Kb.