Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi




Download 75.59 Kb.
bet1/9
Sana18.04.2024
Hajmi75.59 Kb.
#199893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo\'lishining tarixiy shart-sharoi
Amaliy matematika, O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi j, ТОШЛОК МФЙ Болалар пули

  1. Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi (Angliyada) XVII asrga to‘g‘ri keladi. XVI asming o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya dunyoda iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik, deb atalishining asosiy sababi eng avvalo, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo‘Idi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo'lsa, Fransiyada - P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta’limoti A.Smit,

  1. Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S. Mill,

K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalami qamrab oladi, bu asosan Britaniyalik yirik hissadorlar va uning faoliyat yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan. Klassik maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit tomonidan yozilgan “Xalqlar boyligining tabiati” asari, David Rikardo muallifligidagi “Soliq va siyosiy iqtisodiyotning asosiy qonun-qoidalari” asari hamda “Siyosiy qonun-qoidalar (prinsiplari)” nomli asarlaridir. Shuningdek, Rikar- doning kitobi chop etilgandan so‘ng qisqa fursatlarda bir qator neoklassik nazariyaning kichik ko‘rinishIari paydo bo‘!di. Jon Styuart Mil klassik davming oxirini izohlashga urindi, biroq u klassik qoidalarning ba’zilarini yoqlamagan. (Smit, Rikardo va J.S.Millar tomonidan 1776-yildan 19-asming so‘ngiga qadar iqtisodiy nazariyalar boshqarib turilgan Smit 1776-yildan deyarli 1820-yilgacha, Rikardo 1820-yildan deyarli 1850-yillargacha, J.S.Mil esa 1850-yillardan 1890 yillarga qadar).
Ikki yangi iqtisodchi olimlar T.Maltus va K.Marksning ba’zi jihatlari klassik yo‘nalishda bo‘lsada, ular klassik iqtisodiy maktab tarafdorlari emas, balki tanqidchilar sifatida ko‘zga ko‘rinadi. Tomas Maltusning “Nufus nazariyasi” klassik nazariya bilan bog‘liq, biroq Maltus nazariyalarida mulkdorlar sinfining o‘rni va mohiyati hamda uning makroiqtisodiy aspektlari tahlilida ortodoksal klassik an’analar ta’limoti ilgari suriladi. Maltusning “Nufus nazariyasi” klassik iqtisod vakillari bahs-munozaralariga asos bo‘ldi, biroq Maltus va Rikardo o‘rtasidagi mehnat resurslarini avtomatik tarzda to‘la bandlikka erishishi to‘g‘risidagi bahsli munozarani alohida tahlil qilib chiqamiz. Karl Marks klassik iqtsodiyotdan ba’zi elementlami chiqarib tashladi, turli xil istiqbolli va birqancha yangi tahliliy tushunchalar kiritdi va klassik nazariyaga mutlaqo teskari xulosalar taqdim etdi.
Biz iqtisodiy tizim elementlarining o‘zaro bog‘iiqligini tushuna boshlash holatlarini keyinchalik merkantilistlar va hattoki, fiziokratlar yozishmalarida kuzatdik.
Sxalastiklar", fiziokratlar va merkantilistlaming iqtisodiy g'oyalari klassik iqtisodchilar tomonidan ko'proq yoki kamroq birlashtirilgan tizimlarga ajratilgan. Ulaming merkantilist g'oyalaridan eng asosiy farqi iqtisodiy kuchlarning tabiiy ishlashidan oqib keluvchi natijalarga ulaming ijobiy munosabatlaridir. Ko‘pchiIik (asosiy) uyg‘un iqtisodiy tizimning klassik ko‘rinishi merkantilist va skalasfiklar e’tiqodidan keskin farq qiladi; ulaming e’tiqodiga ko‘ra ixtiloflar intervensiya (davlatning ichki ishlariga aralashuvi) yoki cheklovlar bilan xarakterlanadi.
Bozorlar boshqaruviga sangvinik (optimistik) qarash uning turli aspektlari va tarmoqlanishlari mumtoz g‘oyalaming asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Bozorlarning bir-biriga bog‘liq tanqisligi sabab kelib chiqadigan ixtiloflarni mos ravishda yechimini topa oladigan qarash(nazariya) ilk bor Fransiyalik fiziokratlar tomonidan olg‘a surilgan. Fiziokratlar fikriga ko‘ra davlat hokimiyati hukumat nazoratisiz ish olib borishga ruxsat berish siyosati — iqtisodiyotga aralashmaslik haqida umumiy qonunlar qabul qilishi kerak edi. Sxolastlar bu holat cherkov uchun iqtisodiy faoliyatni va madaniyatni boshqarishda, tartibga solishda qo‘l keladi, deb hisoblashsa, merkantilistlar hukumat aralashuvi muhimligini yoqlaydi, klassiklar esa fiziokratlar singari erkin, (har qanday) boshqaruvlarsiz bozorlami, maksimum alohidalashga ozodlik tarafdori edilar.UIar ozodlik biznesga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatishiga ishonardi. Erkinlik, ayniqsa iqtisodiy erkinlik sharoitida, iqtisodiyot ko‘p funksiyalami bajara olishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy shaxslar va biznes sohadagilarning tasdiqlashlaricha savdo hokimiyat aralashuvlaridan xoli bo‘lishi kerak. Klassiklar esa siyosiy va iqtisodiy ozodlik ajralmas va bir-birini to’ldirib turadi, deb ta’kidlashgan. Garchi klassiklar o‘zlarining ilk qarashlarida iqtisodiy jarayonlarni uyg‘un holda ishlashini targ‘ib qilsalarda, ular jamiyatdagi yer-mulk egalari va iqtisodiy o‘sish va o‘zgarishdan foyda oluvchi va shuni yoqlovchilar o‘rtasidagi ixtiloflardan juda yaxshi xabardor edilar. Kapitalizmning yakuniy tendensiyalari Smit va Rikardo tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular shu qadar mos bo‘lmagan natijaga olib keldiki, bundan iqtisodiyot samarasiz ilm, deb atalishiga olib keldi. Maltus aholi nazariyasi masalasini ko‘tarib, iqtisoddagi o‘zaro tenglik tabiati muammosini ham o‘rtaga tashladi.
1776-1870-yillar oralig‘idagi davr mobaynida klassik g‘oyalar taraqqiy etdi. Bir tarafdan, ko‘pchilik tomonidan me’yoriy, deb qabul qilingan iqtisodiy g'oyalar, iqtisodiy tizimni hamjihatlik bilan boshqarishning asosiy sharti sifatida qabul qilish davom etsada, iqtisodiy muammolarga bozor javob berishdan ko‘ra davlat javobgar bo‘lishini yoqlash g‘oyasi o‘sib borishi tufayli uning munosabati sekin zaiflashib bordi. Boshqa tomondan, turli ta’limotlarga amal qiluvchi klassiklar iqtisodiyot tomonidan qabul qilingan hamjihatlik g‘oyalarini rad etishgan va tizimning tashkiliy strukturalarida yirik o‘zgarishlar talab qiladigan fundamental yechimlar topishdi.
Keyns ta’limotining asosiy manbasi mana shu kengroq faktorlar, iqtisodiy faoliyat bosqichini belgilovchi kuchlarda edi. Ular iqtisodiyot ishchi kuchi yetarli joydan ko‘ra unga ehtiyojmand nuqtalarda, joylarda boshqaruvni kuchaytiradi, deb hisoblashadi. Iqtisodiyot o‘zining resurslarini toMiq utilizatsiya qilishni boshqarishga qodir, deb taxmin qiluvchu klassik iqtisodchilar bu muammoga qiziqishmagan. Zamonaviy makroiqtisodiyot mana shu muammo va taxminlarni qayta ko‘rib chiqa boshlaganidan beri va Keyns makroiqtisodiyotdan voz kechganidan boshlab zamonaviy makroiqtisodchilami ba’zida “yangi klassik iqtisodchilar” deb atashdi.
Klassik iqtisodchilarning iqtisodiyotning rivojlanishiga oid g‘oyalari ulami resurslar boshqaruvchisi sifatida narx tizimi va bozorlar haqidagi izlanishlarga olib keldi. Klassiklar bozorlar va narxlaming bir- biriga bogMiqliga va kelib chiqishini iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sirini tushunish maqsadida o‘raganishdi, tadqiq qilishdi. Ular daromad taqsimlanishining o‘zgarishidagi kuchlar va bir-biriga bogMiq bo‘lgan narxlaming o‘zgarish sabablari bilan qiziqishdi.
Ular biz hozirda “makroiqitsodiyot deb ataydigan manba bilan bir qatorda merkantilistlar an’anasini ham davom ettirishdi.


Uilyam Petti (1623-1687)
Merkantilistlar nazariy strukturasi zaif boMishiga qaramay, ular iqtisod boshqaruvini tushunishga qobiliyatlari borligiga ishonishgan. Bu ilmni egallagach, ular iqtisodiyot majburiyatlarini sinchiklab o'rganganlarida aniqlangan har qanday nuqson va kamchiliklami bartaraf etuvchi vositaga tashkiliy tuzilmani o‘zgartirish yoki hokimiyatga aralashish uchun ruxsat berish orqali erishiladi, deb hisoblashgan. Merkantailistlar o‘zlarini shifokor va bemorlarga qiyoslashni yoqtirishadi: ularda noto‘g‘ri yuritilgan iqtisod uchun dori- darmon mavjud, bu odatda hukumat aralashuviga olib keladi: Merkantilistlar nazariyasi siyosatchidan bozor uchun chiqargan qarorini o'zgartirishini so‘ragan Adam Smit nazariyalaridan keskin farq qiladi. Adam Smit iqtisodiy o'sish sur’atini ko‘rsatib berdi, David Rikardo esa kapitalizm ostidagi daromad taqsimotida eng so‘nggi o'zgarishlarga qiziqib qoldi. Marksning iqtisodiy tahlili tarixiy o‘zgarishlar sabab bo‘lgan kengroq qiziqishlar va kuchlar haqida, biroq ba’zi dinamik muammolar klassiklar bilan bir qatorda Marksni ham o‘ziga jalb qildi: ish vaqtidan tashqarida bajariladigan ishga toManadigan haq, daromad taqsimoti qanday bo‘ladi, ish vaqtidan tashqari vaqtda foyda miqdori qanday, omma sharoitini yaxshilash bosqichining kelgusi ko‘rinishi qanday va b.




  1. Download 75.59 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 75.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi

Download 75.59 Kb.