Dasturlash tillari fanidan 1-amaliy
topshiriq
Shamiyeva Dildora 100-22 gurux
“Dasturlash” faniga kirish
Reja:
1.
Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi.
2.
Mashinaga mo‘ljallangan va proseduraga mo‘ljallangan dasturlash tillari.
3.
Yuqori darjali dasturlash tillari.
4.
Interpretatorlar va kompilyatorlar.
5.
Dasturlarni translyasiyalash.
6.
Muyyan dasturlash tilining alifbosi, buruqlar tizimi va operatorlari.
Barcha dasturlash
tillari har xil kompyuterlar, telefonlar va hattoki kundalikli
hayotimiz uchun kerakli dasturlar tuzish uchun kerak. Hozirgi
kunda dasturlash
tillarining turlari ko‘p. Bu dasturlash tillari qanaqa dastur ishlab chiqishga qarab
tanlashimiz mumkin. Hozirgi kunda yuqori darajadagi dasturlash tillari C++, Delphi,
Java, Pascal tillari mavjud. Biz bu dasturlash tillarining hossalari
va ularning bir-
biridan farqlari haqida so‘z yuritamiz. Bu dasturlash tillarida har xil hisoblash ishlarini
ham amalga oshirish mumkun. Bu ishlarini ham biz taqdimotimizda ko‘rsatishga
harakat qilganmiz. Dasturlash – kompyuterlar va boshqa
mikroprosersorli elektron
mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat.
Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushinadigan tilda
yozish masalasi
turadi, buning uchun maxsus algoritmik tillar mavjud. EHM paydo bo‘lganidan beri juda
ko‘plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin: -
Quyi darajadagi programmalash tillari (mashina tillari) - O‘rta darajadagi
programmalash tillari - Yuqori bosqichli
programmalash tillari
O‘rta darajadagi programmalash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar)ni
ifodalash uchun odam tushunishi uchun qulay bo‘lgan har xil qisqartma so‘zlardan
foydalaniladi. Bunda ham programma tuzuvchi EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi
lozim. Bu qisqartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi
programmalash tillari
assemblerlar deb ataladi. Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko‘rsatmalar
inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar va birikmalardan iborat bo‘lib, programma tuzish
uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda
adreslar va qurilmalar
bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash
tillariga
misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASCAL, C, C++, tillarini keltirish
mumkin.