1
5-MAVZU
Avtomatlashtirishning MP larning programmalash tillari
1. «Mashina tillari», «Assembler tili», «Yuqori darajadagi programmalash
tillari». Mnemokodlar to‘g‘risida tushuncha, «Assembler» tilining maydonlari,
tuzilishi (strukturasi).
2. MP uchun maxsus programmalashtiriladigan vositalar. Redaktorlovchi,
yuklovchi, modellashtiruvchi, sozlovchi programmalar.
3. «Kompilyator» va «Assembler» programmalari, operatsion sistemalar va
monitor to‘g‘risida tushuncha.
Til Yaratilgan yili Mualliflar Tashkilot, firma Ada 1979-80 Jean Ichbian Cii-
Honeywell (Fransiya) Algol 1960 International Commitee ARL 1961-1962
Kenneth Iverson, Adin Falkoff IBM DELPHI 1995 Borland VASIS, Beysik
1964-1965 JohnKemeny, Thomas Kurtz Dartmouth Colleje C 1972-1973 Dennis
Ritchie Bell Laboratories C++ 1980 Bjarne Strostrup Bell Laboratories Kobol
1959-1961 Grace Murray Hopper Fort 1971 Charles H.Moore FORTRAN 1950-
1958 John Backus IBM HTML 1989 Tim Berners-Li CERN, Jeneva LISP, LISP
1956-1960 John MCCarthy LOGO 1968-70 Seymour Papert Massachusetts
Institute of Techn. Pascal 1967-1971 Niklaus Wirth Federal Institute of
Technology (SHveysariya) PL1 1964-1966 PROLOG 1978 Alan
Kalmeroe SIMULA 1967 Ole-Yoxan Dal, Kristen Nigaard Norvegiya XM Java
1995 Djeyms Gosling Sun Microsystems Internet.
Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya
programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli
o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin
bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga
yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi
va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib,
o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab
chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno
2
emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va
h.k.).
Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u
haqiqiy, sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar
qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi.
Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir
imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar
programmani yaratgan firma tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya)
- programmani yaratishda qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya.
Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi,
unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan
ko`rsatiladi. Build XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. X
ning
o`rnida
biror
son
keladi.
Bu
son
programmaning
kompilyatsiya(programmalash tilidan haqiqiy bajariluvchi kodga o`tkazish) sonini
bildiradi. Programma yadrosi (qo`shimchalarsiz, asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi.
Masalan, Windows Vista Beta 2 Build 5308 - Windows Vistaning Beta 2 versiyasi
turkumida
5308-kompilyatsiya(OSga
nisbatan
"kompilyatsiya"ni
ishlatish
noo`rinroq:)). Update(yangilash) - programmaning biror teshigini(biror kichik
xato, kamchiligi) tuzatuvchi kichik yordamchi programma.
Bu yordamchi programmaning hajmi, odatda, kichik bo`lib, faqat o`sha
kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu programmacha biror *.dll faylni
yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan birortasini "tuzatib" qo`yadi, xolos.
Bunday Update("qarz")lar har doim tekin bo`ladi. Service Pack(xizmat paketi) -
o`zida bir qancha Update lar bajaruvchi amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha
nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi yoki avvalgi SP dan shu paytgacha
bo`lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha Update
lar ishini o`zi bajaradi.
Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari (dasturlash tili) Kompyuterda
dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon,
qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar
3
berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan
dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o‘rganish yo‘llari haqida
suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib,
dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda.
Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa
tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi,
Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki o‘rta
darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori
darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu
sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta
guruhlarga bo‘linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali
dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va
ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan:
assembler) ko‘pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo‘lishi
mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan
keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan
paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM
bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun
tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan.
Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori
darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan
(yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan
tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar
bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish
kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.
MASHINA TILIDA PROGRAMMALASHTIRISH.
5.1-rasm. Mashina tilida mikroEHM ga та’lumot kiritish.
4
Hamma programmalashtirish tillarining ichida mashina tili ko‘proq
umumiydir. Bu yerda programmist mashina funktsiyasidagi terminda fikr qilishi
kerak. Mashina, bajarayotgan har bir boshqarishni programmistga ta’minlab
beradi. Bunday boshqarish program m an ing vaqt bo‘yicha bajarilishini va
xotiraga uni talab bo‘yicha joylashtirishni optimaliashtirib beradi.
ASSEMBLER TILIDA PROGRAMMALASHTIRISH.
Assembler tilini ishlatganda programmistni MP dan assembler ajratib turadi.
Assembler - bu assembler tilidan mashina tiliga o‘tkazuvchi (transIyatsiya
qiluvchi) vositadir
5.2-rasm. Assembler tili.
Assembler tilining mashina tilidan afzalligi shundaki, ya’ni bu tilda
programmalash mashina kodlariga nisbatan oddiy bo‘lgan ramziy belgilarda
bajariladi.
Bu yerda MP ga qo‘shimcha funktsiya yukianadi ya’ni assembler tilida
programma tuzish hamda programmani saqlash uchun EHM xotirasining hajraini
kattalashtirish.
Bu usulda programmaiashda umumiy xotiradan samarali foydalanish
yomonlashadi, chunki haqiqiy programma orqali mashina programmaning
hammasini boshqarish mumkinchiligi imkoni bo‘lmaydi.
YUQORI DARAJADAGI TIL.
Bu tilga quyidagilar kiradi: ALGOL, FORTRAN, K080L, BEYSIK, RL/1.
RL/L2, PA SKA L., KARAT, KLIPPER, DELFl va boshqalar. Bu yuqori tillarning
har biri alohida xususiyatlarga cga va har xil belgilar, funktsiyalarga tayanadi.
Bulaming o‘xshashligi shundaki, ya’ni uiarning hammasi tajribasi yo‘q dasturchiga
o‘zica yaqin bo‘lgan professional tilda programmalashga imkon beradi.
5. 3-rasm. Yuqori darajadagi iiida mikroEHM ga та’lumot kiritish.
5
Programma tuzayotcanda mashina tiliga ko‘proq irntiyoz beriladi. Chunki
mashina tilida xotira registrlarini yacheykalari juda samarali ishlatiladi.
Mashina tilining kamchiliklaridan biri shundaki, ya’ni bu tilda murakkab
masalaiami ycchish uchun programma tuzish juda qiyin. Chunki programma
bevosita ikkilik kodida tuzilishi va EMM kintilishi kerak. Ikkilik kodida
bajariiadigan amallami eslab qolish mumkin emas, xatoiiklarni tuzatish xam qiyin.
Assembler tilida mashina tiliga nisbatan programma tuzish oson hamda
programma aisqaroq hajmga ega, uni uizishga ko‘p vaqt ketmaydi. Lekin bu til
qo‘shimcha xotirani talab etadi, xotira katakchalari dcyarli samarali ishlatiimaydi.
Yuqori darajadagi til esa programmani tez tuxishi bilan ajralib turadi. Bu til
qo‘shimcha xotirani talab etadi. Shu bilan birgalikda eng murakkab masalalarni
yecha oladi. Bu tilda ishlovchi EHM ancha qimmat turadi.
Programmalash oddiy tilda va shunga o‘xshash belgilar asosida tuziladi.
Programmaning xatolarini xam tuzatish oson.
Assembler
tilida
tuzilgan
programma
ketma-ket
so‘zlardan
yoki
operatorlardan tashkil topgan.
Assembler tilidagi operator quyidagi to‘rtta maydonni o‘z ichiga oladi:
belgilar maydoni;
amallar, buyruqlar maydoni;
operandlar maydoni;
sharxlash maydoni.
Shu maydonlardan faqatgina amallar maydoni (buyruqlar maydoni) zarur,
qolgan maydoniar esa bo‘lmasligi ham mumkin.
5.1-jadval
Belgilar maydoni berilgan operandning simvolik ismini yozish uchun kerak.
Simvolik ism programmaning boshqa bir operatorida shu operatorga murojaat
qilish kerak bo‘lsagina kerak bo‘ladi.
6
Simvolik ism sifatida alfavit, rakam ketma-ketligidan tuzilgan ishoralarni
(belgilarni) ishlatish mumkin. Eng yuqori uzunlikdagi ism har xil assembler
tllarida har xildir va odat bo‘yicha 8 ta ishoradan oshmasligi kerak.
Belgiga bittadan to‘rttagacha yoki 8 tagacha bo‘lgan ishoralarni ishlatish
mumkin
Operandlar maydoni - bitta yoki bir nechta operandiarga ajratilgan.
Operandlar bir nechta bo‘lsa, ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Operandlar
sifatida sonlar, simvolik ism va ifoda bo‘lishi mumkin. Ifodada arifmetik ishoralar
ishlatilishi mumkin. O‘zgarmas sonlar o‘n oltilik, o‘nlik. sakkizlik, yoki ikkilikda
bo‘lishi mumkin.
Masalan, o‘nlik 27 sonini har xil ko‘rinishda keltirishga misollar:
o‘n oltilikda 1 VN ( 1 VN =l*16
l
+V*16°-1*16+11*1=27)
o‘nlikda 27 D yoki 27
sakkizlikda 33 O yoki 33 Q
ikkilikda 11011B yoki MVIB:22N ma’nosi V registriga o‘n oltilikda 22
sonini ko‘chirilsin.
STA 32841D - Akkumulyatordagi qiymat o‘nlik sonidagi 32841 adresda
eslab qolinsin.
IN 62Q - Sakkizlikdagi 62 kanalni qiymati kiritilsin. Tekstli belgilar
(simvollar). Tekstli belgilar bittalik opostroflarning orasiga olingan bitta yoki bir
qancha ishoralardan tuzilgan. Misol:
A'-bitta tekstli belgi.
7
'AV' "S+D` - tekstii belgilar ketma-ketligi.
Ifoda, Ifoda quyidagi operatorlar bilan bog‘liq bo‘lgan I - ILI, o‘zgarmas
simvollardan tuzilgan. Ifodalarni hisoblaganda amallar quyidagi ketma-ketlik
bo‘yicha bajariladi.
1) qavsdagi ifodalar:
2) *, F, MOD, SHL. SNR;
3) +, -;
4) NOT;
5) AND:
6) OR; XOR.
Ifodalarga misollar:
(A+V)F2 AND 11V+17;
`A` AND 77Q.
Bu yerda:
MOD - bo‘lingandan keyin qolgan qoldiq.
NOT - razryad bo‘yicha inkor etish.
AND - razryad bo‘yicha I.
OR - razryad bo‘yicha ILI
XOR - razryad bo‘yicha chiqarib tashlash.
SHL- chapga surish.
SHR - o‘nga surish.
Sharxlash maydoni. Bu maydonga operatorning yoki boshlang‘ich
programmaning fragmentini tushuntirib beradigan va programmani bajarishga
halaqit bermaydigan ixtiyoriy tekstni joylashtirish mumkin.
Hamma sanalgan (keltirilgan) maydonlar bir-biridan eng kami bitta probel
yoki qo‘shtirnoqli belgilar orqali ajratiladi.
Assembler tilida quyidagi gurux operatorlari bor:
mashina buyruqlarining operatori;
psevdobuyruqlar operatori;
—makrokomanda;
8
—sharhlash maydoni;
—assemblerni boshqarish buyrug‘i.
Mashina buyruqlarining operatori.
MikroEHM dagi mashina buyruqlarini simvolik ko‘rinishda yozishga to‘g‘ri
keladi. Har bir bunday operator translyatsiya yoki assemblerlash natijasida tegishli
mashina buyrug‘iga o‘zgartiriladi.
Psevdo buyruqlar operatorlari (aniqlovchi buyruqlar) quyidagi vazifalarni
bajarish uchun mo‘ljallangan:
xotirani rezervlash (zaxiralash) uchun;
buyruqlar sanagichini boshqarish uchun;
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas qiymatiarni ifoda etish (yozish) uchun;
ekvivalent qiymatiarni ko‘rsatish uchun;
programma modulining boshlanishi va oxirini va sh.o‘xsh. Berish uchun. Har
xil assembler tillaridagi psevdobuyruqlarda amallar mnemonikasi har xildir.
Masalan, DS - xotirani aniqlash, yozilishi: :
DS «ifoda».
DB baytni aniqlash: : DB. DW so‘zni aniqlash:
:.DW . ORQ - boshlanish;
: ORQ . YeQV - teng; EQV .
DS psevdo‘ouyrug‘i uchun misol: (quyida keltirilgan har qanday
psevdobuyniq Ml indeksi bo‘yicha 11ta baytni rezervlaydi.
Ml: DS 11;
Ml: DS OV N;
M1:DSK-3:
Ml: DSK*K-5
Buyerda V=11, K=8.
DS psevdobuyrug‘i uchun
М2: DB 0 F1H;
DBK+ 1 0, 1 FN-ZF2, ‘A’.
9
Makrobuyruqlar. Makrobuyruqlar, assembler tilidagi shunday operatorki, ular
translyatsiya davomida tilni boshqa operatorlar ketma-ketligi bilan almashtiradi.
Bunday ketma-ketlikni makrobuyruqni makrokengaytirish deyiladi. Bundan
tashqari har bir makrobuyruqqa makroaniqlash to‘g‘ri keladi.
Makroaniqlash makrobuyruq yoki makroaniqlash bibliotekasi joylashgan
programma modulida bo‘lishi mumkin.
Sharxlash. Berilgan (boshlang‘ich) programmaning tekstiga tushuntirish
berish uchun kerak. Sharxlash operatori ayrim ajratilgan ishora bilan boshlanadi.
Masalan, «.» yoki «.» belgiliri orqali. Bu belgilardan keyin erkin tekst kelishi
mumkin.
Assemblerni boshqaradigan buyruqlar quyidagi ishlarni bajarishi mumkin:
1)
listingni chiqarish va uni shaklini o‘zgartirish, mashinani ishlash rejimini
boshqarish;
2)
boshlang‘ich programmani kiritish va translyatsiyalar natijasini chiqarish
maqsadida tashqi qurilmani tanlashni ta’minlash uchun;
3)
translyatsiyani davom etkazish, to‘xtatish va boshqa amallami bajarishni
amalga oshirish uchun.
Assemblerni boshqaradigan buyruqlar assembler tilining biron-bir qismi
emasdir. Bu buyruqlar terminaldan boshlang‘ich programmani tuzishni diaolog
rejimida dasturchi tomonidan har qanday bosqichda berilishi mumkin.
Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++,
Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam
tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko‘p
ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning
barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini
yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu
guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda
deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy
tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan
tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday
10
dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda,
amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java,
Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi.
Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining
tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi
oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha
keyin
biladi(komponentlarning
ko`pligi
va
API
funksiyalari
dasturda
ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga
kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish
evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng
keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir
CODE VISION bitta kristalli mikroprotsessorlarga dasturlar tuziladi va uni
PROTEUS dasturida simulyatsiya qilinadi. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda
tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda
yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari,
Turli komputer o‘yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda
LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda
keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari
haqida aytib o‘tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland
firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan
Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan
hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan
bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob’yektga
yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti
faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga
mo‘ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun
moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so‘ng ishlab chiqarish to‘xtatildi,
ko‘p o‘tmay esa Microsoft.NET tizimini qo‘llab quvvatlashi to‘g‘risida e'lon
qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi
dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun
11
dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual Beysik") –
Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U
BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot
ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual
Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash
tillaridan biri bo‘lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish
mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo‘ldi. Oak dasturlash
tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion
tizimga) bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini
yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun
hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko‘ra bu
fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini
Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum
o‘zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash (OOP-object
oriented programming) tili va u C++ ga ancha o‘xshash. Eng ko‘p yo‘l qo‘yildigan
xatolarga sabab bo‘luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha
soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi)
kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o‘tadi va bu bayt kod interpretator
tomonidan o‘qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar
uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup
tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object
Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan.
Boshida „C with Classes― deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb
oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C
kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador
qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda
qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni
ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
12
Savollar:
1.
«Mashina tillari», «Assembler tili» xaqida tushuntiring.
2.
«Yuqori darajadagi programmalash tillari». Mnemokodlar to‘g‘risida
tushuncha, «Assembler» tilining maydonlari, tuzilishi (strukturasi)xaqida
gapirib bering.
3.
MP uchun maxsus programmalashtiriladigan vositalarini aytib bering.
4.
Redaktorlovchi, yuklovchi, modellashtiruvchi, sozlovchi programmalar
xaqida nimani bilasiz.
5. «Kompilyator» va «Assembler» programmalari, operatsion sistemalar va
monitor to‘g‘risida tushuncha bering.
|