|
Norvegiya, Norvegiya Qirolligi
|
bet | 1/3 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 18,2 Kb. | | #273119 |
Bog'liq Norvegiya
Norvegiya
Norvegiya, Norvegiya Qirolligi (bukmolcha: Kongeriket Norge, nyunorskcha: Kongeriket Noreg) — Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385[2] ming km2. Aholisi 5404844 kishi (2023)[3]. Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi.Norvegiya katta neft va sanoat davlati hisoblanadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen (Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp.
|
| |