|
“Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich bha-81-2 guruh talabasi Fayzullayeva Iqlima Ulug‘bekovna
|
bet | 1/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,24 Mb. | | #239149 |
Bog'liq БҲА 81 2 Файзуллаева Иклима Испания Bank ishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi
4-bosqich BHA-81-2 guruh talabasi Fayzullayeva Iqlima Ulug‘bekovna
“BANK ISHI” FANIDAN
Ispaniya banklarining krediy portfeli tahlili
mavzusida tayyorlangan
MUSTAQIL ISHI
REJA:
- Umumiy ma’lumot;
- Ispaniya iqtisodiyoti;
- Bank tizimi va yirik banklar to‘g‘risida ma’lumot.
UMUMIY MA’LUMOT.
ISPANIYA, Ispaniya Qirolligi — Yevropaning janubi g‘arbida, Pireney yarim orolida joylashgan davlat.
Maydoni 504,75 ming km2.
Aholisi 40,037 mln. kishi.
Maʼmuriy jihatdan o‘z hukumati va parlamentiga ega bo‘lgan 17 muxtor regionga, ular, o‘z navbatida, 50 viloyat (provincia)ga bo‘linadi.
Poytaxti — Madrid sh.
Davlat tuzumi.
Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan.
Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi.
Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60% dan ortadi.
Qishloq xoʻjaligi. Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi.
Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi ishlab chiqarishda dunyoda l-oʻrinda turadi.
Sanoatda ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qadimiy tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisqarib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft ehtiyojning 10% ni qondiradi.
Ispaniya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqida (YI) 4-oʻrinda (nominal YaIM boʻyicha) va dunyoda 12-oʻrinda turadi. Ispaniya sanoat mamlakati, G'arbiy Evropa va dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri. Shu bilan birga, Ispaniya iqtisodiyoti jiddiy tizimli qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda (davlat qarzi, o'ta yuqori ishsizlik, faol separatizmga olib keladigan sezilarli mintaqaviy nomutanosiblik).
XVJ ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniya hozir dunyoda to'qqizinchi yirik iqtisodiyotdir va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM bo'yicha Ispaniya dunyoda ettinchi yoki sakkizinchi o'rinlarni egallaydi. Ispaniya iqtisodiyoti bunday yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlarga nisbatan yaqinda erishdi. An'anaga ko'ra, Ispaniya har doim qishloq xo'jaligi mamlakati bo'lib, G'arbiy Evropadagi eng yirik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lgan.
|
| |