• 1-rasm. Gaz taqsimlash mеxanizmi.
  • Mavzu doirasidagi asosiy ma’lumotlar




    Download 264.14 Kb.
    Sana11.12.2023
    Hajmi264.14 Kb.
    #115768
    Bog'liq
    6-mavzu
    2.1. Суть и значение - 15.03.2023 (2), Malumotnoma-misollar-bilan, 20-mavzu, 2- хат Akademik ekspertlarga (RUSCHA), 46790-Mavzu 1 Ijtimoiy pedagogika Ishontirish metodi-fayllar.or, BOLALARNING-IJTIMOIY-MOSLASHUVI, Axborotlarni himoyalash usullari. Reja-fayllar.org, 11-2022-Mikroiqtisodiyot.Makroiqtisodiyot, 1-mavzu, Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funktsiyalari-fayllar.org, -Erkin-kurash-nazariyasi-va-usulubiyati-Bakiev-Z.A 34 BET

    MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:

    GTM - kiritish va chiqarish klapanlarini o‘z vaqtida ochib-yopish asosida, silindrlarga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havoni (dizel dvigatellarida) kiritib, yonishdan hosil bo‘lgan chiqindi gazlarni tashqariga chiqarish, hamda dvigatelning yonish kamerasini zich yopish va ish taktlarida tashqi muhitdan ajratib turish uchun xizmat qiladi.


    GTM klapanlari joylashishi bo‘yicha 2 turga bo‘linadi: 1-klapanlari pastda joylashgan: 2-klapanlari yuqorida joylashgan. Agarda klapanlar silindrlar blokida joylashgan bo‘lsa, klapanlari pastda joylashgan turiga yoki silindrlar kallagida joylashgan bo‘lsa-yuqorida joylashgan turiga kiradi.
    Vali yuqorida joylashgan ayrim avtomobillarning dvigatellarida taqsimlash vali silindrlar kallagida ham o‘rnatiladi (M-412, TICO). Vali pastda joylashgan ba’zi bir avtomobillarning dvigatellarida GTMning taqsimlash vali silindrlar blokida o‘rnatiladi .
    GTMni tirsakli val tishli g‘ildiraklar , zanjirli uzatma (M-412) va da tishli tasma orqali harakatga keltiriladi.
    GTMning klapanlari va vali yuqorida joylashgan, klapanlari dvigatelning ko‘ndalang yuzasiga nisbatan «V» shaklidagi ko‘rinishda.
    Taqsimlash vali quyma usul orqali kulrang cho‘yandan tayyorlangan va u to‘rtta tayanch bo‘yini va oltita mushtchaga egadir.
    Valni dvigatelga o‘rnatishni qulaylashtirish maqsadida tayanch bo‘yinlarining diametrlari har xil o‘lchamda tayyorlangan : a) 43,45043,425 mm, b)43,62543, 650 mm, v) 43, 82543,850mm, g) 44, 02544, 050mm.
    Klapanlar og‘dirib o‘rnatilganligi va valga nisbatan qarama-qarshi joylashganligi tufayli mushtchalarning profili nosimmetrik shaklga ega. Mushtchalarni yeyilishiga chidamligini oshirish maqsadida taqsimlash valini 2 mm dan ortiq chuqurlikda, qattiqligi HRC-50ga yetkazilib toblanadi.






    1-rasm. Gaz taqsimlash mеxanizmi.
    1-koromislo o`qi; 2-koromislo; 3-taqsimlash vali; 4-chiqarish klapani; 5-kiritish klapani; 6-yo`naltiruvchi vtulka; 7-prujina; 8-prujina tayanchi; 9-rostlovchi vint; 10-kontrgayka.
    Kiritish va chiqarish klapanlarining koromislosi bir xil bo‘lib, kulrang cho‘yandan quyib tayyorlangan. Koromislo yelkalarining nisbati 1,25:1 ga teng. Koromisloning taqsimlash validagi mushtchalar bilan ilashadigan yuzalari HRC 50 qattiqlikga ega. Koromisloni kalta yelkasining uchida klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishini rostlashga mo‘ljallangan tayanch bolti mavjud.
    Ikkita o‘qning har biriga klapanlarning koromislosi uchtadan qilib, vtulkasiz o‘rnatilgan. Koromislo o‘qida moy chiqishi uchun uchtadan teshigi mavjud. Chap va o‘ng tarafda joylashgan koromislo o‘qidagi moylash teshiklari bir-biridan farq qiladi, shu sababli koromislo o‘qlarini yechib qayta qo‘yishda shunga ahamiyat berish kerak.
    Klapanlar silindr kallagida ikkita tekislikda 21 burchak ostida, (M-412) da esa-52 burchak ostida joylashgan.
    Termik ishlov berilgan kiritish va chiqarish klapanlarining egariga teguvchi faskasi o‘tga chidamli po‘lat bilan qoplangan. Klapan kallagi yassi shaklda, ish faskasi 45  51 ga teng.
    Download 264.14 Kb.




    Download 264.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu doirasidagi asosiy ma’lumotlar

    Download 264.14 Kb.