Dasturlash tillari
Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning
paydo bo‘lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan programmalash
tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP,
FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual C++ HTML, Java, Java Script kabi tillar va
programmalash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib obyektga
yo‘naltirilgan va vizual programmalash texnologiyalari keng tarqalmoqda. Har bir
algoritmik tilning o‘z alfabiti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari,
konstruksiyalari bo‘ladi va ular ma’lum bir sintaktik va semantik qonun qoidalarga
bo‘ysinadi.
C++ Builder dasturlash tili. Xozirgi vaqtga kelib komp`yuter olamida ko‘plab
dasturlash tillari mavjud. Paskal, C++, Delphi va boshqa dasturlash tillaridir. C++
dasturlash tili universal tildir. U UNIX sist emasi bilan bog`langan bo`lib, bu sistemada
ishlatiladigan bir qancha dasturlar C++ tilida yozilgan. C++ Denis Ritchi tomonidan 1972
yili UNIX tipidagi op erasion sist emalarini yaratish uchun loyihalashtirilgan. Borland C++
dasturlash tili Windows uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning birinchi versiyasi Windows
operatsion sistema qobig’ida ishlagan. Borland C++ dasturlash tili – bu dasturlarni qayta
ishlash muxiti bo‘lib, Windows operatsion sistemasida ishlaydi.
Borland C++ dassturlash tili turli xolat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni
qayta ishlashda vaqtdan yutish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Dastur yaratish muhiti
Dastur yaratish umumlashgan muhiti Redaktor form – Shakllar muharriri, Inspektor
ob’ektov – Ob’ektlar inspektori, Palitra komponentov – Komponentlar palitrasi,
Administrator proekta – Proekt administratori va to‘la umumlashgan Redaktor koda –
Kodlar muharriri hamda kodlar va resurslar ustidan to‘liq nazoratni ta’minlaydigan ,
dastur ilovalarini tezkor yaratadigan Otladchik - instrumentov - Sozlashinstrumentlari
kabilarni birlashtiradi.
Paskal programmalash tili N. Virt (Shveytsariya Informatika instituti
professori) tomonidan 1968 yilda yaratilgan. 1992 yilda Borland firmasi Paskal tilining
SHEHMdagi MS-DOSda amal g‘iluvchi Turbo-Pascal programmalash paketlarini chiqardi.
TP juda keng tarqaldi va programmalash tarixida foydalanuvchilar sonining oshish
sur’ati bo‘yicha bu tilga teng keladigani yo‘q. Buni Paskal tilida algoritmlarning
fundamental va eng muhim konsepsiyalarining oydin va tushunishga oson shaklda
berilganligi bilan tushintirish mumkin. Programma tuzish paytida programma tuzuvchi
uning ixtiyoriga programmalash tili tomonidan beriladigan kategoriyalar bilan fikr
yuritadi.
Paskal tilini yaratishda ikki maqsad nazarda tutilgan: tushinarli va tabiiy
ravishda ifodalangan bir qator fundamental tushunchalarga asoslangan
programmalashni o‘rgatishga qulay bo‘lgan tizimli predmet sifatida yaratish; mavjud
bo‘lgan hisoblash mashinalarida tilni ishlatishning ishonchliligi va samaradorligi.
Paskal programmalash tili eng muhim ikkita tamoyilga asoslangan: - strukturali
programmalash tamoyili (unga klassik strukturali programmalashning asosiy
boshqaruvchi strukturalarini amalga oshirish vositalari kiradi); - ma’lumotlarni tashkil
qilishning strukturali tamoyili (u K. Xoar tomonidan taklif etilgan strukturali turlarning
to‘liq to‘plamini oddiy o‘zgaruvchilar, massivlar, ketma-ket fayllar, yozuvlar, variantli
yozuvlar, ko‘rsatkichlar va undan berilganlarning yangi turlarini yaratishning taraqqiy
topgan vositalarini o‘z ichiga oladi); Paskal programmalash tili, zamonaviy
programmalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, programmalarning to‘g‘riligini
isbotlovchi analitik usullarning taraqqiy topishida katta rol o‘ynadi. U hozirgi kungacha
programmalashning to‘g‘riligini isbotlashga imkon beradigan programmalash
sistemalariga ega bo‘lgan yagona tildir. Paskal programmalash tili, programmaning
qismlari yoki butun programma to‘g‘risida turli xil mulohazalarni isbotlashni
ta’minlaydigan, yaxshi matematik apparatga asoslangan. K. Xoarning aksiomatik
sistemalari yordamida ifodalanadi. Programmalarni ishlashini "sozlash"ning eski
usullari o‘rniga, hozirgi paytda paydo bo‘layotgan programmalarning to‘g‘riligini
tekshiradigan avtomatik sistemalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1982 yil A. Eddiman rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Paskal programmalash
tilining Britaniya standarti yaratildi, u bugungi kunda xalqaro standartga ham aylandi.
Programmalash tillari sun’iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar
qat’iy aniqlangan bo‘ladi. Shu sababli Programmalash tillari tabiiy tillardan farqli
ravishda jumlalarni ko‘pmazmunli va erkin talqin etishga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy
sababi tildagi har bir ko‘rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o‘tadi. Sintaksis-bu
qoidalar to‘plami bo‘lib, Programmalash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi
va asosiy ichki tuzilishni aniqlaydi. Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari,
jumlalariga) beriladigan qiymatlardir. EHMlar endi yuzaga kelgan paytda programma
tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan
amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi
sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq
sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.
Obyektga yo‘naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual
programmalash muhitidir. Bu muhit Turbo Paskal tili asosida yaratilgan bo‘lib, unda
programma yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo‘ladi.
Shuning uchun ham bosh programma Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim
xususiyati vizual programmalashdir, ya’ni programma yaratilayotgan paytda tuzuvchi
hosil bo‘ladigan programma shaklini ko‘rib turadi va grafik interfeys yordamida
komponentalar shaklini o‘zi ma’qul topgan joyiga qo‘yishi mumkin. Visual Basic tili ham
obyektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis programmalarida makroslar
yozish uchun til sifatida ishlatiladi.
Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan programmalarni yaratishga
mo‘ljallangan, ya’ni Java tilida yozilgan programmalar global tarmoqlarda dinamik
reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda joylashtirish uchun
ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda ham birdek
amal qilaveradi. Java programmasi bir paytda Windows, UNIX va Macintosh operatsion
sistemalarida ishlashi mumkin. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Xulosa Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari juda shiddad bilan
rivojlanib ketmoqda. Yuqori darajali dasturlash tillarini kunnan kunga har xil versialari
oylap topilmoqda. Bundan maxsad insonlarning dastur tuzish paytida eng birinshi
orinda vaqtini tejash undan keyin esa qulaylilik yaratish hisoplanadi. Bugungi kunga
kelip C++, Delphi, Pascal dasturlash tillari mavjud ekan. Bu dasturlash tillari orqali
axborot texnolagiyalari boyisha harqanday maumualarni hal etish mumkun. Delphi
dasturlash tilining asosini esa Pascal dasturlash tili tashkil etar ekan. Buning sababi
esa Pascal tilini takomillashtirish bolip hisoplanadi. Bu takomillashtirish natiyjasida
esa yangi bir Delphi dasturlash tili juvudga keldi. Bu yuqori darajali dasturlash tillari
ishida C++ dasturlash tili juda kata ahamiyatga ega ekan. Saba bu dasturlash tilida
ishlash ansha qulay eng ahamiyatliysi C++tili mashina kodiga juda yaqin hisoblanadi.
|