|
Mavzu: Otish joyi va ularni joylashuv tartibi. Reja: 1 O’q otish joyi va ularni joylashuv tartibi
|
bet | 1/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 2,69 Mb. | | #155876 |
Bog'liq mavzu 2 prezintatsiya “Chaqiruvga qadar boshlangich tayoyorgarlik fani o’qituvchilarini moddiy texnika vositalarini, inshoatlarini tayorlash va ulardan foydalanish metodikasi” mavzusida amaliy seminar
FAN O’QTUVCHISI: D. HAKIMOV
MAVZU: Otish joyi va ularni joylashuv tartibi. Reja: 1) O’q otish joyi va ularni joylashuv tartibi. 2) Taktik mashg’ulot o’tish shaharchasi. 3) Soqchining vazifasini o’tish joyi.
Ma’ruza: 90-daqiqaga mo‘ljallangan.
Otish joyi va ularni joylashuv tartibi. Otish joyi (Strelkovo’ tir) Otish joylari (strelkovo’ tir)- bu kichik kalibrli miltiqlardan nishonlarga qarata otishga mo’ljallangan maxsus jixozlangan qurilma yoki joy qismidir. Otish joylari (strelkovo’ tir) orqa tomondan otish chizigi, oldindan o’qni tutib qo’luvchi qatlam va val bilan, yon tomonlardan esa o’qning tashqariga uchib chiqib ketishini to’sib turuvchi devorlar bilan to’silgan bo’ladi. Otish joylari (strelkovo’ tir) lar ochiq, yarim yopiq va yopiq bo’lishi mumkin. Shuningdek, soddalashtirilgan temir (stal) beton yoki metall trubalardan 25 m. yoki 50 m.li tirlar bo’lishi mumkin (2-rasm ). Otish joylari (strelkovo’ tir) shunday qurilishi kerakki, atrofdagilar uchun to’la xavfsizlik ta’minlangan bo’lishi, odamlar va hayvonlarning otish zonasiga quqqisdan kirib qo’lishining oldi olingan bo’lishi kerak. Ushbu shartlarning bajarilishiga maxsus tarx, himoya devorlari, ayvoncha, o’q tutkichlar o’rnatish orkali erishiladi. Otish joylari (strelkovo’ tir) otish zonasi va otuvchilarni tayyorlash uchun xonalardan iborat bo’ladi.Otish zonasida dastlabki holat va o’t ochish marralari yaqqo’l ko’rinib turadigan chiziqlar va yozuvlar yozilgan ko’rsatkichlar bilan belgilab ko’yiladi. O’t ochish marrasida otuvchilar uchun tayanib otish uchun tayanchlar (qum yoki qirindi to’lg’azilgan qopchalar) mavjud bo’lishi kerak.Otuvchilar uchun xonada o’zlarining bilimlarini va amalmy ko’nikmalarini takomillashtirishlari uchun o’quv joylarini tashkil qilinadi. Buning uchun otish vaktida xavfsizlik choralari; kichik kalibrli miltikdan otish uchun tayyorgarlik mashqini hamda Kalashnikov avtomatidan boshlang’ich mashqni bajarish sharti haqida ko’rsatmalar qo’yilgan shitlar joylashtirilishi lozim.
|
| |