|
Qorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi
|
bet | 4/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 2,69 Mb. | | #155876 |
Bog'liq mavzu 2 prezintatsiyaQorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi: - Qorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi:
- birinchi, naryadga kirishdan ikki-uch kun oldin postlar raqami bo‘yicha qorovul shaxsiy tarkibi tayinlanadivabo‘linadi;
- ikkinchi, naryadga kirishdan bir kun oldin kun tartibi da ko‘rsatilgan soatlarda qorovul shaxsiy tarkibi bilan harbiy Nizom qoid alarini, qo‘riqlanadigan obyektlar maketiga post raqamini qo‘ygan holda postdagi soqchining asosiy majburiyatlari va harakat turlarini o‘rganish, xavfsizlik talablarini bajarish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
- uchinchi, qorovullikka kiradigan kun postdagi soqchining vazifasi haqida amaliy mashg‘ulotlaro‘tkaziladi.
- Nizom qoid alari va soqchining asosiy vazifalarini o‘rganish mashg‘ulotlari qorovullar tayyorlash sinfida, garnizon qorovullari bilan amaliy mashg‘ulot — harbiy komendatura qorovullik shaharchasida, ichki qorovullar bilan mashg‘ulot esa — harbiy qism qorovullik shaharchasida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun qorovul shaharchasining tuzilish SXEMASI Qo‘riqlanayotgan obyektlar joylashgan hudud devor (taxta, sim va h.k.) bilan o‘rab olinishikerak. Korpusga, markazga bo‘ysunadigan obyektlarda qo‘riqlanadigan portlovchi moddalar, o‘q-dorilar, yoqilg‘i moddalari va boshqalar saqlanadigan omborlar joylashgan hududlardagi devor balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan, sim to‘siqlari orasi 15 sm.dan kambo‘lmaganichkivatashqito‘siqlargaega bo‘lishi shart. Ichki va tashqi to‘siqlar orasi mahalliy joy shart-sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi, balki 10 metr va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Òo‘siqlar orasida soqchining yurishi uchun yo‘lak, eni 5 metrli to‘siqning tashqi tomoniga yondashib turuvchi kuzatuv-nazorat chizig‘i hosil qilinadi. Qo‘riqlanayotgan obyekt yon-atrofining kuzatishga qulay bo‘lishi uchun to‘siqlar oralig‘ida (tashqi to‘siq ustida) aloqa vositalar i, chaqirish vositalari, chiroqlar va yashinqaytargich qurilmalari bilan jihozlangan kuzatish minorasi qurish lozim.
Post va uning jihozlanishi. Soqchining postdagi harakatlari. Soqchi qo‘lidagi qurol bilan harakatlanishi va qurolniqo‘llashusullari
Asosiy adabiyotlar - O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa Doktrina”si, 2018y.
- “Допризывная военная подготовка”, o’quv qullanma, 2018 yil.
- “Chaqiruvga qadar harbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O’quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2010 yil,
- “Chaqirvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o’quv qullanma.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |