Ustuvorligidan kelib chiqib




Download 13,2 Kb.
Sana14.05.2024
Hajmi13,2 Kb.
#231542

Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi. Bu savolga javob berish uchun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy tarkibiy qismlariga e'tibor qaratish lozim.Ya'ni ta'lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini javob tariqasida aytish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, har bir umumta'lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetensiyalar o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga xizmat qiladi, shuningdek, bunday kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Download 13,2 Kb.




Download 13,2 Kb.