|
O’ktamova gulyora
|
bet | 1/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 415,85 Kb. | | #125723 |
Bog'liq O\'ktamova G.mustaqil ish
O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI
TM_2003- GURUH TALABASI
O’KTAMOVA GULYORANING
O’ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANILISHI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: O’ktamova G.Sh.
Qabul qildi: Iskandarova O.
Toshkent-2023
Mavzu: XX asr o’zbek adabiyotining til xususiyatlari. G’ofur G’ulom, Oybek va Abdulla Qahhor asarlarini o’qib tushunish
REJA:
Adabiyotning o’chmas durdonalari
Adibning asarlari haqida
“Sinchalak” qissasi va “Sarob” romani haqida
G’ofur G’ulom. O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi. Shoir 1930—1935 yillarda «Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlari, xususan, biz ko‘p yillar jamoalashtirish mavzuidagi yirik asar deb maqtab kelgan «Ko‘kan» dostoni hozirgi davr talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, unda boshdan-oyoq maqtalgan jamoalashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm-fojealarga ham sabab bo‘lganligi bor bo‘yicha realistik ifodalanmagan. Uning partiya, Vatan, Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham zamonasozlik mayllari sezilib turadi. Shu tufayli shoir ijodi bugungi kunda tanqidiy yondoshishni taqozo etadi. To‘g‘ri, adib barhayot davridayoq shaxsga sig‘inish ta’sirida yaratilgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqqan. Ayrim misralarni yangidan yozib, she’rga tabiiylik va hayotiylik bag‘ishlagan. Xuddi shu hol uning «Kuzatish», «Sen yetim emassan» she’rlariga ham xos bo‘lib, ular ham adib tomonidan qayta ishlangan. 30-yillarda G‘afur G‘ulom hikoya, ocherk, feletonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham yaratdi. Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi. G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi. G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963). Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000)
Oybek. Haqiqiy ism va sharifi: Oybek Muso Toshmuhammad o'g'li
OYBEK (Musa Toshmuhammad o‘g‘li) 1905 yil 10 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan.
U ijodiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan.
Adib umri davomida ko‘plab nasriy asarlar yaratdi. Uning «Kutlug qon» va «Navoiy» romanlari o‘zbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak asarlardan sanaladi.
Oybek she’riyatda «ko‘ngil lirikasi» ni yaratgan shoirdir. Uning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan yurt tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini o‘ziga singdirgan she’rlari o‘zbek lirikasining shoh namunalariga aylangan.
Shoir bu she’rlari bilan o‘zbek she’riyatiga oybekona inja nafosatni olib kirdi.
O‘zbek poeziyasida yangi badiiy tafakkurning shakllanishida Oybekning xizmati kattadir. Shuningdek, u tarjimon sifatida ham faol ijod qilgan. Uning tarjimasidagi A. Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romani mudom sevib o‘qiladi.
Oybek og‘ir xastalikdan so‘ng 1968-yil 1-iyulda vafot etgan.
|
| |