Tarqatma materiallar
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining uyushgan bir shaklda namoyon bo’lishida qo’rboshilar ko’rsatgan g’ayrat shijoatini alohida ta’kidlab o’tish kerak.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. O’z vaqtida Farg’ona vodiysida Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Pahlavon, Buxoro Xalq Respublikasida Said Olimxon (sobiq amir), Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Jabborbek, Oston Qorovulbegi, O’rmon Polvon, Hayit Amin, Fuzayl Mahmud, Doniyolbek, Xorazm Xalq Respublikasida Junaidxon G’ulommalxon, Qo’shmamedixon, Temir Alixon kabi qo’rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlashtirish uchun rahbarlikni birin-ketin o’z qo’liga olsalar-da, lekin Farg’ona vodiysi, Xorazm va Buxorodagi istiqlolchilik harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to’liq uyusha olmadi.Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. Turkiston fidoyilarining ozodlik harakatini yagona markazga birlashtirish uchun izchil kurashayotgan Madaminbek bilan Anvar Poshoning taqdirlari esa fojeali tugadi.
***
Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yil yozning oxiri va kuzida o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi islom qo’shinlari safiga Jalolobodda turgan rus krest’yanlar armiyasining qo’shilishi vodiysida sovet hokimyatini ag’darish uchun real kuch edi. Sentyabrning dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod shahrini egalladi. Kurshob kasabasi yonidagi janglarda sovet armiyasi qismlari katta mag’lubiyatga uchrab, O’sh shahriga chekindi. 8 sentyabrda bir yarim kecha-kunduzlik qonli janglardan keyin O’sh shahridagi garnizon taslim bo’ldi va qamoqxonada yotgan mahbuslar istiqlolchilar tomonidan ozod qilindi.
***
1920-1924 yilda istiqlolchilik harakati Buxoro vag Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoro Xalq Respublikasidagi harakatning Turkistondagi istiqlolchilik harakatidan farq qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabhada turib kurash olib borishlariga to’g’ri keldi. Bir tomondan, amirlik tuzumi tarafdorlari bo’lgan mujohidlar, jadidlardan iborat. Buxoro hukumatiga va shuningdek, qizil armiya qo’shinlariga qarshi kurash olib bordilar (Ibrohimbek, Mulla Abdullaqahhor va boshqalar). Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g’oyalariga sodiq bo’lgan buxorolik vatanparvarlar Fayzulla Xo’jayev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi hukumati bilan yashirin aloqalar o’rnatib, Buxoroning muqaddas tuprog’idan qizil askarlarning olib ketilishi, Buxoro respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Posho, Davlatmanbek, Jabborbek, Doniyolbek va b.).Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
1918 yil aprel oyida RSFSR tarkibiga Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Bolsheviklarning majburan yon berishi bilan hokimiyat organlarida mahalliy aholi vakillari ishtirok eta boshladilar. Bolsheviklar (rus. bolsheviki - koʻplar) - Rossiya sotsialdemokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) da Lenin boshchilik qilgan siyosiy okim (fraksiya) vakillari. 1917 yil apreldan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan (q. Sovet Ittifoki Kommunistik partiyasi) Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish. 1919 yil sentyabr oyida mahalliy aholining Sovetlarga jalb qilinishiga halaqit beruvchi, sovet hokimyatining o’lkadagi tayanchi faqat rus ishchilari deb hisoblaydigan, mahalliy aholiga ishonchsizlik bilan qarovchi Turkistonning bir qator rahbarlariga nisbatan choralar ko’rildi. Shu o’rinda qayd qilish lozimki, o’lkada mustamlakachilik siyosatini olib borishda markaz tashkil qilingan Turkkomissiya va RKP (B) MK Turkbyurosi, keyinroq uning o’rniga VKP (B) MK ning O’rta Osiyo byurosi kabi tashkilotlar katta xizmat ko’rsatdilar.
| Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. |
Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
***
1924 yil 31 oktyabrda O’zbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u O’zbekiston respublikasi tuzishni boshqarib bordi. Buxoroda qurilgan maxsus qurilgan “Xalq uyi”da 1925 yil 13 fevralda Sovetlarning I umumo’zbek qurultoyi ochildi. Unda “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgani to’g’risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. O’zbekiston hukumatining boshlig’i qilib F.Xo’jayev saylandi, respublika sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti raisligiga esa “Qo’shchi” ittifoqi arbobi Y.Oxunboboyev tayinlandi.
***
Umuman tarixchilarning tadqiqotlari natijasida sovetlar o’tkazgan qatag’onlik siyosati uchta muhim davrga bo’linadi:
-
20-30 yillar - siyosiy rahbarlarning qatag’on qilinishi;
-
40-50 yillar - milliy ziyolilarning qatag’on qilinishi;
-
80- yillar - «Paxta ishi», «O’zbeklar» ishi.
***
30 - yillarning boshi dindor va e’tiqodli kishilarga nisbatan zo’ravonlik siyosiy qatag’onlikning cho’qqisi bo’ldi. Juda katta miqdordagi islom, xristian, budda diniga taaluqli asarlar yo’q qilindi. Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli. Bu davrda O’zbekistondagi dindorlar, ulamolarning asosiy qismi qamoq lageriga jo’natildi. O’tmishda nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki, madaniyat, fan, tarbiya, san’at markazlari, xalqning ko’p asrlik merosini saqlovchi bo’lgan machit va madrasalarning deyarli barchasi yopib qo’yildi, ayrimlari buzib tashlandi. Butun respublikaning hayoti Markazning qattiq nazorat ostiga o’tdi. Partiya direktivalaridan hech qanday chekinish aksilinqilobiy, siyosiy muxolifat deb belgilandi.
Milliy madaniyat 30-yillarda qattiq fojeaga uchradi. Inson haq-huquqlarining paymol qilinishi kuchaydi. Abdulla Qodiriy,Cho’lpon, Fitrat, Shokir Sulaymon, Ziyo Said Elbek, Botu, A’zam Ayub, Usmon Nosir, Qosim Sorokin kabi millatning yetuk ziyolilari qatag’on qilindi va xalqimiz ularning asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi.
***
40-yillar oxirida fan va madaniyat xodimlarini qatag’on qilishlar davom etdi. VPK (B) MK ning 1946 yil «Zvyozda» va «Leningrad» jurnallari haqidagi qarorlari qatag’onlar yangi to’lqinining g’oyaviy asosi bo’lib xizmat qildi. Shu paytdan boshlab adabiyot va san’atda ijodiy demokratik rivojlanish uzoq yillar davomida sun’iy ta’qib qilindi, joylarda hurfikrlilik siquvga olindi.
***
80- yillarning o’rtalariga kelib qatag’onlik va qonundan cheklanishlar yana bo’y ko’rsata boshladi. Galdagi qatag’onlik to’lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi. O’zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumining «gullab-yashnagan» davrida ham o’zbek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda ham milliy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.
O’zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya, sovet va sud organlaridan muhim ahamiyatga ega bo’lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to’qib chiqarilagn «paxta ishi» va «o’zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi.
|