|
Kurs ishi mavzu: Anvar Obidjon ijodini o‘rganish usullari
|
bet | 1/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,01 Kb. | | #240518 |
Bog'liq Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
304-guruh talabasi
Sattorova Madinaning
“ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Anvar Obidjon ijodini o‘rganish usullari
ILMIY RAHBAR: dots.Djuraboyeva Z.
.
ANDIJON – 2024
Mundarija
Kirish
1. Adabiyot o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari
2. Yozuvchi tarjimayi holini o‘rganishning innovatsion metodlari. Anvar Obidjon hayoti va ijodi.
3. Anvar Obidjon she’rlarining didaktik tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Respublikamizda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning huquqiy-me’yoriy asoslari, moddiy-texnika bazasi, yangi ta’lim talablari xorijiy tajribalar asosida yaratildi. O‘n bir yillik o‘rta ta’limning joriy etilishi o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimida ishlarni yangicha tashkil etishni talab qilmoqda. «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da «uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, …yuqori malakali kadrlar tayyorlash, …umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish1» yo‘nalishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Natijada ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiladigan texnologiyalarni takomillashtirish va malaka oshirish jarayonida qo‘llash imkoniyatlari kengayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947 Farmoni [6], 2017-yil 26- sentyabrdagi «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3289 [10], 2017- yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurati mavjud.
Shuningdek, birinchi prezidentimiz alohida qayd etgan: «Yana bir muammoni hal etish o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir2» . Zotan, «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz3...».
O‘qituvchlar malakasini oshirish jarayonlarida tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligini hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalangan holda ularda zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish o‘ta muhimdir. Hozirda malaka oshirishning sifati bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atda joriy etilishiga bog‘liq bo‘lmoqda.
Shunga muvofiq ta’lim sohasi xodimlariga zarur shart-sharoitlar yaratish, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «...amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida, odamlar dunyoqarashining o‘zgarishida, buyuk davlat barpo etishdek oliyjanob orzumizning ro‘yobga chiqishida zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi»
Mustaqillikning dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan ayrim qiyinchiliklar egamanlikning chorak asri davomida ham to‘laligicha bartaraf etilgani yo‘q. O‘tmish tuzumning qator illatlaridan qutulish uchun ruhiyati mustaqillik davrida shakllangan avlod yetilishi kerak. To‘g‘ri, mamlakat o‘z mustaqilligiga erishgan yillarda tug‘ilgan farzandlarning oldi bugun yigirma beshdan oshdi. Lekin ularning barchasi shaxs sifatida erkinmi? Ular ruhan ozodmi? Ma’naviyati sog‘lommi? Mana shu savollar kishini o‘ylantiradi. Ruhan mustaqil bo‘lgan, o‘z haq-huquqini tanigan, ichida «Men»i bor kishilar tomonidan tarbiyalangan bolalargina tom ma’noda mustaqil shaxs bo‘lib shakllanishlari mumkin. Chunki o‘zi ma’naviy noto‘kis, umuminsoniy va milliy qadriyatlardan yiroq, fikran qashshoq odam o‘zgalarni aqlan ham, ruhan ham sog‘lom qilib tarbiyalay olmaydi. Ya’ni «har qanday tarbiya avval tarbiyachini tarbiyalashdan boshlanishi» kerak.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, avlodlarni milliy qadriyatlar asosida ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Lekin badiiy asardagi kitobxon shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jihatlar, matnda aks etgan hayotiy va badiiy haqiqatlarni ilg‘ash, ularning ko‘ngilni tozalashga xizmat qiladiganlarini topib, o‘z tabiatiga singdirish, shakllanayotgan shaxsda osonlik bilan kechadigan jarayon emas. Ta’lim-tarbiya tizimida bu kabi murakkab va mas’uliyatli ishlarni amalga oshirish «Adabiyot o‘qitish metodikasi» deb nomlanuvchi fan va o‘z kasbini yaxshi ko‘radigan, yaxshi biladigan o‘qituvchining zimmasida.
|
| |