• M. A. Ribnikova
  • V. V. Golubkov
  • Adabiyot o‘qitish metodikasining maqsadi, predmeti va vazifalari




    Download 53,01 Kb.
    bet4/12
    Sana17.05.2024
    Hajmi53,01 Kb.
    #240518
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh

    Adabiyot o‘qitish metodikasining maqsadi, predmeti va vazifalari. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi bo‘lajak filologlarni kelajakda amalga oshiradigan ishlariga zamon talablari darajasida tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan fandir. Davr o‘zgarishi bilan badiiy adabiyotning mohiyati ham, adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘qitish jarayonini uyushtirish yo‘sinlari ham jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Shularga tayyor bo‘lmagan mutaxassis maktab, litsey va kollejlarda samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi.
    Metod yunoncha metxodos so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘riq, tadqiqot yo‘li, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida esa biror ishni bajarish, faoliyatni ado etish usuli yoki usullar tizimini bildiradi. Metodika ana shu metodlar, usullar yig‘indisidir. Ta’lim tizimida esa, metodika o‘qitish usullari to‘g‘risidagi ta’limot bo‘lgan fan sanaladi. Metodika o‘zining o‘rganadigan ob’ekti, vazifasi va mazmuniga ko‘ra pedagogika fanlaridan hisoblanadi.
    Turli davrlarda turli olimlar tomonidan metodika tushunchasiga turli xil ta’riflar berilgan. Jumladan, rus metodist olimasi M. A. Ribnikova metodikani: “Metodika – bu vaqtni tejash, o‘quvchilar kuchini oqilona ishlatish, o‘quv materialidagi asosiy va bosh xususiyatlarni ko‘ra olish ko‘nikmasi, jamoa mehnatini tashkil etabilish san’ati; bu o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlarini ko‘zda tutib ta’sir ko‘rsatish tizimidir”15 tarzida ta’riflaydi.
    Taniqli metodist V. V. Golubkov o‘zining “Adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligida: “Barcha metodikalar, ular qaysi fanga tegishli ekanidan qat’i nazar, shu jihatdan bir-birlariga o‘xshaydilarki, ular prinsiplar, materiallar va o‘qituvchi metodlarini muayyan izchillikda tekshirishga qaratiladi va nimaga, nimani va qanday degan uch asosiy savolga javob beradi16,– deb yozadi.
    Zamonaviy ma’nodagi milliy adabiyot o‘qitish metodikasi ilmini shakllantirishda karvonboshi bo‘lgan, bu soha bilan professional darajada shug‘ullangan ilk olim S. Dolimov birinchi bo‘lib ushbu fan tomonidan hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolarni ilmiy asosda ko‘rsatib beradi: “Metodika bir-biri bilan bog‘langan quyidagi masalalarni hal qiladi: kimni o‘qitish va nima uchun uni o‘qitish kerak (bu – ta’limning maqsadi), nimani o‘qitish lozim (bu – ta’limning mazmuni va sistemasi), qanday qilib o‘rgatish kerak (bu – ta’limning formasi va metodi)”17.
    Shulardan kelib chiqqan holda adabiyot o‘qitish metodikasiga “Adabiyot metodikasi adabiyot o‘qitishni tashkil etishga doir nima uchun, nimani va qanday so‘roqlariga javob beradigan, oz intellektual kuch va pedagogik resurs sarflagan holda, kattaroq o‘quv natijalarga erishish yo‘llari tadqiq etiladigan fandir” yo‘sinida ta’rif berish mumkin18.
    Har qanday fan kamida quyidagi uch shartga javob bera olsagina ilmning mustaqil tarmog‘i sifatida mavjud bo‘la oladi:
    1. Boshqa fan tomonidan o‘rganilmaydigan tadqiqot predmetiga egalik.
    2. Mazkur tadqiqot predmetining katta ijtimoiy ahamiyati borligi.
    3. Shu soha bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borishning o‘ziga xos metodlari mavjudligi.
    Adabiyot o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan anchayin keskin farq qiladi. Shunga ko‘ra uni fan sifatida qadrlaydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot o‘qituvchisining ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas.
    Adabiyot o‘qitish metodikasi birinchi navbatda adabiyot o‘qitishning, ya’ni adabiy ta’limining maqsadi va mazmuni haqidagi fandir.
    Adabiyot o‘qitish metodikasi fani bu fanning tarixi va rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatish, bu bosqichlarning har biriga xos bo‘lgan asosiy unsurlarini tahlil qilish, badiiy asarni tahlil qilish va uni o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish, badiiy asarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlariga e’tibor berish, ta’lim bosqichlarida faqat badiiy asarning o‘zini emas, balki ularga bog‘liq ravishda adabiy-nazariy tushunchalarni ham o‘rganish zaruriyatini va yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatish, adabiyot darslarini tashkil etish, adabiyotdan sinfdan tashqari va mustaqil ishlarni tashkil etish, ularning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatish bilan kifoyalanmasdan o‘quvchilarning o‘z ustlarida muntazam ishlash, mustaqil ijodiy ishlarni tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatish bilan ham muhimdir.

    Download 53,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 53,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyot o‘qitish metodikasining maqsadi, predmeti va vazifalari

    Download 53,01 Kb.