|
Ta’lim bosqichlarida adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘rganish xususitlari
|
bet | 6/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,01 Kb. | | #240518 |
Bog'liq Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruhTa’lim bosqichlarida adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘rganish xususitlari:
ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilar ongida badiiy asarning mo‘’jizakor ta’sir kuchini amaliy jihatdan ta’minlash;
boshqa fanlar ta’lim mazmuni bilan adabiy ta’lim mazmuni o‘rtasida jiddiy farqning mavjudligi:
a) boshqa fanlar ta’lim mazmuni o‘quvchiga insoniyat tajribasi davomida kashf etilgan ilmiy haqiqatlar tizimini o‘rgatishni ko‘zda tutishi. Bunda o‘quvchining kashf etilgan ilmiy haqiqatlarni idrok etib, o‘zi hech narsani kashf etmasligi; adabiy ta’limda o‘quvchi o‘rganilayotgan adabiy asarni idrok etishi, kashf etishining talab etilishi;
b) boshqa fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning yagona yechimga, xulosaga ega bo‘lishlari; adabiyot darslarida bir asar yuzasidan har bir o‘quvchi o‘zgacha yechim, boshqacha xulosaga kelishi mumkinligi;
v) adabiy ta’limning estetik ta’sir kuchiga ega ekanligi, shaxsning har tomonlama kamol topishiga qaratilganligi;
g) adabiy ta’lim, til ta’limiga uyg‘un holda, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga ham qaratilganligi;
d) adabiy ta’lim hayot darsligi- hayot falsafasini, olam va odam hodisotlarini teranroq idrok etish, yashash mazmunini anglash, istiqbolni belgilash kabi falsafiy masalalarni keng qamram olganligi...
Adabiyot metodikasi fani adabiy ta’lim jarayonini o‘rganish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish hamda bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning o‘ziga xos metodlariga ega. Kuzatish, so‘rov, tabiiy sinov, laboratoriya eksperimenti, maktab hujjatlarini o‘rganish, o‘quvchilarning yozma ishlarini tadqiq etish, og‘zaki javoblarni tekshirish singari qator ilmiy-tadqiqot metodlari borki, ular ko‘magida adabiyot metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Adabiyot o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Adabiy ta’limda ham fanlararo aloqa-integratsiya muhim o‘ri tutadi. U adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, estetika, geografiya, matematika, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar bilan mustahkam aloqada. Adabiy ta’lim jarayonida fanlarning o‘zaro aloqasi yorqin bo‘y ko‘rsatadi. Matn tahlili tilshunoslikka bog‘lasa, badiiy asarlarning yaratilish davri, xronologiyasi matematikani talab etadi.
Adabiyot o‘qitish metodikasi pedagogika ilmining xususiy bir sohasi sifatida, birinchi navbatda, pedagogika bilan bog‘liq. Shuningdek, adabiyot o‘qitish metodikasining chiqargan xulosalari va bergan tavsiyalari o‘quvchilarning fiziologik va ruhiy xususiyatlariga maksimal darajada mos kelishi kerak. Shuning uchun ham u psixologiya fani yutuqlariga tayangandagina samarali ish ko‘ra oladi.
Adabiyot o‘qitish metodikasi adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix kabi fanlar bilan chambarchas aloqada bo‘lgandagina ijobiy natijalarga erishish mumkin.
|
| |