Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining vazifalari




Download 53,01 Kb.
bet5/12
Sana17.05.2024
Hajmi53,01 Kb.
#240518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh

Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining vazifalari:
Adabiyot predmetining ta’lim bosqichlarida nima uchun o‘rganish zarurligini asoslash, ya’ni adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalarini belgilash.
Adabiy ta’lim mazmunini anglash. O‘quv dasturlarining tarkibi va mazmunini asoslash, o‘quvchilar uchun yaratiladigan darslik, o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yiladigan talab va me’yorlarni o‘rganish. Ayni paytda o‘quvchilarning muayyan ta’lim bosqichida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan adabiy bilimlari, ularga bog‘liq holda egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilanadi.
Metodika fani adabiy ta’limning o‘ziga xos yo‘l va usullarini o‘rganish bilan ham shug‘ullanadi. Unda alohida darslarni tashkil etish, unga qo‘yiladigan talablar ham ishlab chiqiladi.
Ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qo‘yiladigan talablar aniqlanadi. Bunda baho me’yorlari va mezonlari nazorat qilishning shakl va usullari qamrab olinadi.
Talabalarga adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha ularning amaliy faoliyatlarida asqotadigan nazariy hamda amaliy ma’lumotlarning eng muhimlarini yetkazish.
Talabalarni shu fanga aloqador bo‘lgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirish, ijodiy faoliyat va ilg‘or tajriba maktablarini o‘rganishga tayyorlashdan ham iboratdir.
Adabiyot o‘qitish metodikasining o‘rganish ob’ekti va predmeti. Har bir fanning o‘rganish ob’ekti bo‘lganidek, adabiyot o‘qitish metodikasining ham o‘rganish ob’ekti, ya’ni materiali bor. Ma’lumki, adabiyot metodikasi birinchi navbatda, adabiyotshunoslik faniga yaqin turadi. Ammo adabiyotshunoslik fani bilan adabiyot o‘qitish metodikasining o‘rganadigan ob’ekti butunlay boshqa-boshqadir.
Adabiyotshunoslikning ob’ekti adabiyotning o‘zidir, ya’ni adabiyotshunoslik adabiyotning qonuniyatlarini, uning o‘ziga xos xususiyati, kelib chiqishi va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi. Adabiyot metodikasining o‘rganadigan ob’ekti adabiyot emas, balki pedagogik jarayondir. Sinfda, auditoriyada mashg‘ulot vaqtida o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabati, adabiy materiallarga asoslanib ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish- metodikaning o‘rganish ob’ektidir.

Download 53,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 53,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining vazifalari

Download 53,01 Kb.