Ona tili va o’qish savodxonligi darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida innovatsion texnologiyalardan foydalanib tashkil etish




Download 73.96 Kb.
bet1/9
Sana11.04.2024
Hajmi73.96 Kb.
#193341
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ONA TILI VA O
4-MA`RUZA, muallim soniy, Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish uchun dasturlar



ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TASHKIL ETISH
Dunyo miqyosida ta’limni rivojlantirish,o’quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy usullardan foydalanish bo’yicha qator tadqiqotlar olib borilmoqda.Jumladan, ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish ta’limda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda ulardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Boshlang’ich sinflarda darslani innovatsion va axbarot kommunikatsiya texnologiyalar asosida tashkil etish orqali kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish dunyo olimlari diqqat markazida turgan masalalardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda bugungi kun o’quvchilariga alohida e’tibor qaratilib,ularni sog’lom,aqliy rivojlangan,mustaqil fikrlaydigan,iqtidori va intellekti yuqori,hayotiy nuqtayi nazarga ega,vatanga mehr muhabbatli qilib tarbiyalash,ijtimoiy faolligini oshirish,ijodiy va intellectual salohiyatini qo’llab quvvatlash ishlari olib borilmoqda.Davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan kompetensiyalar va o’quv jarayonini interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan pedagogik faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish hisoblanadi.Bugungi kunda darsliklarda har birta matndan so’ng berilgan audio matnlar buning yorqin misolidir.
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangi nashr qilingan ona tili va o’qish savodxonligi darsliklari,boshlang’ich sinf o’qituvchisidan juda katta mehnat,tinimsiz izlanishda borishni talab qiladi.O’quvchiga tayyor qoidalarni yodlatib emas,balki ijodiy fikrlash orqali uning mustaqil fikrlashga tayyorlab borishni nazarda tutadi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o’qituvchilarning axbarot-kommunikasiya texnologiyalari savodxonligi muhum ahamiyatga ega hisoblanadi.Shuning uchun ham bugungi kunda o’qituvchi hamda o’quvchilarning zamonaviy axbarot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish savodxonligini oshirish o’quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish muhum ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi darsligini o’zaro integratsiya qilgan holda yagona fan sifatida o’qitilishi o’quvchilarning kitobdan ma’lumotlarni oson topish,diqqatini bir joyga jamlash,berilgan matnlarni tanqidiy baholash hamda ularni mustaqil o’zi davom ettirish imkonini beradi.Shuningdek dars jarayonlarini bevosita acbarot –kommunikatsiyalar,turli multimediali vositalar yordamida olib borish o’quvchini dars jarayoniga yanada qiziqtiradi.Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish nafaqat ona tili va o’qish savodxonligi darslarida,balki boshqa fanlar uchun ham tegishli bilimga ega bo’lishni ifodalaydi.
Boshlang’ich sinflarda innovatsion texnologiyalarning talab darajasida joriy etilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish,o’quvchilarning bilim motivatsiyasini kuchaytirish,o’z ustida ishlash,mustaqil o’rganish,fikrlash,xulosa chiqarishga o’rgatish, o’quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanish kognitiv(bilish,tushunish) va kommunikativ (idrok etish va uzatish) bunda o’quvchilar o’quv jarayoniga jalb qilinadi.Ular tushunish va fikrlash qobilyatiga ega bo’ladi,ularda bilimini kundalik hayotda qo’llash qobilyati rivojlanadi.Boshlang’ich sinf darslarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish uchun o’qituvchi o’z oldiga maqsad qo’yib olishi lozim.Darslarni kimga?,qanday o’taman?,nimani o’taman?,qachon o’taman?,nimadan foydalanaman?,nimaga erishaman? Kabi savollarga javobini bilib,darsga puxta tayyorlanishi lozim.O’quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda axbarot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish uchun ta’limda innovatsion texnologiyalar quydagi tamoyillarga tayanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:

Kompetensiya so’zi lotincha “compete” so’zidan olingan bo’lib,erishaman,muvofiqman,mos kelaman degan ma’nolarni anglatadi.Shu bilan birga kishi egallagan muayyan bilim,ko’nikma,malakalar majmuasi ham kompetensiya sanaladi.Kompetensiya so’zi muayyan vazifani bajarishi uchun biror shaxs yoki tashkilotga berilgan kompetentlik va huquq ma’nosida ham qo’llaniladi.

Download 73.96 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 73.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va o’qish savodxonligi darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida innovatsion texnologiyalardan foydalanib tashkil etish

Download 73.96 Kb.