Aim.uz
Korxonaning mashina-uskunalarga talabini aniqlash va mexanizatsiya ishlarining yillik rejasini tuzish
Asosiy ishlab chiqarish vositalari tarkibida mexanik ishlab chiqarish vositalari juda katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlanishi, avvalo, mehnat qurollarining takomillashuvi bilan bog`liq. Chunki mexanik mehnat qurollari mehnat unumdorligini keskin oshuvi, ishlab chiqarish ko`lami kengayishi, mahsulot birligiga xarajatlar qisqaruviga olib keladi.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Mexanik ishlab chiqarish vositalari tarkibida traktorlar va kuch beruvchi mashinalarning o`rni beqiyos. Lekin ish mashinalari ularning xususiyati, tarkibi qishloq xo`jaligi ekinlariga ishlov berish texnologiyasini tarkib toptirishda asosiy omildir. Chunki ish bajaruvchi mashinalarni xususiyati, ularning samaradorlik ko`rsatkichlariga ko`ra, kuch beruvchi mashinalarni yaratish talab etiladi. Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish turli mashinalarni bir tartibda - tizimda qo`llashni talab etiladi. Qishloq xo`jaligidagi ayrim ish jarayonlariga mexanik vositalarning yakka tartibda qo`shilish jarayonlarini mexanizatsiyalash deyiladi.
Ish jarayonlarning ko`pchiligida va ayniqsa, asosiy jarayonlarda mexanik vositalarni qo`llash, ishlarni qo`l o`rniga mashinada bajarish kompleks mexanizatsiyalash deyiladi. Mahsulot yoki uning ayrim asosiy qismini yetishtirish bilan bog`liq bo`lgan hamma ish jarayonlarining qo`l mehnati ishtirokisiz faqat mashinalar yordamida bajarilishi avtomatlashtirish deyiladi.
Biron mahsulot yetishtirishda kompleks mexanizatsiya yoki avtomatlashtirishni amalga oshirish uchun mashinalar tizimi bo`lishi kerak.
Qishloq xo`jaligida mashinalar tizimi – biror mahsulot yetishtirish jarayonidagi o`za’ro ketma-ket keladigan ish jarayonlarida qo`llaniladigan, bir-birini to`ldiradigan, miqdori va unumi jihatdan bir-biriga mutanosib turli ish bajaruvchi va kuch beruvchi mashinalarning o`zaro birligi yoki yig`inidir.
Qishloq xo`jaligida mashinalar tizimi turli tarmoqlarda, ekinlar guruhlari bo`yicha turlicha bo`lib, ularda qo`llaniladigan texnologiya xususiyatidan kelib chiqadi. Texnologiyaning tubdan o`zgarishi, o`z navbatida, mashinalar tizimiga o`zgartirishlar kiritishni taqoza etadi. Qishloq xo`jaligida mashinalar tizimini yaratishda unga qo`yiladigan talablar hisobga olinishi kerak. Bu talablar quyidagilar:
1. Tizimga kiritilgan mashina uskunalarning soni, unumi jihatdan bir-biri bilan uyg`unlashgan bo`lishi. Ish bajaruvchi mashinalarning o`zaro va ish beruvchi mashina quvvatiga mos kelishi.
2. Ish bajaruvchi mashinalar kombinatsiyalashgan bo`lishi, ya’ni bir mashinaning o`zida bir vaqtda bir necha jarayonni bajarish mumkin bo`lishini ta’minlashi.
3. Ish va kuch beruvchi mashinalarning universalligini oshirish, ya’ni mashina uskunalardan turli ekinlarda, turli ish jarayonlarida foydalanish.
Mashinalar universalligining oshuvi korxonaning kam sonli mashina va uskunalar bilan ko`proq ishlarni bajarish, buning natijasida mahsulot birligini yetishtirish uchun kamroq xarajat qilishi uchun imkon beradi.
Qishloq xo`jaligi korxonalarining o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra korxona biznes rejalarining muvaffaqiyatli bajarilishi mashina va uskunalarga talab to`g`ri aniqlanishi, talab esa korxonaning ixtisoslashishi, joylashishi, intensivlik darajasi, erishilgan va rejalashtirilayotgan mehnat unumdorligi darajasiga hamda mavjud iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, bajarilishi ko`zda tutilgan ishlar hajmi va ularni bajarish muddatlariga bog`liq. O`z navbatida bajariladigan ishlarning hajmi o`simchilik tarmoqlarida ekinlar tarkibi va hosildorligi, ekin maydonlari, qabul qilingan agrotexnika usuli va tadbirkor, chorvachilikda esa chorva mollar bosh soni, ularning mahsuldorligi, zootexnik usullariga bog`liq. Bundan tashqari ishlarning umumiy hajmi korxonada boshqa sohalarda bajarilgan ishlarni ham o`z ichiga oladi.
Korxonaning mashina va uskunalarga talabi joriy yilga va istiqbolga talabdan iborat. Talabni aniqlashda, avvalo, kuch beruvchi mashinaga ya’ni traktor, kombayn va o`ziyurar mashinaga talab aniqlanadi. Traktorga talab joriy yil uchun uning jismoniy o`lchovida, istiqbol uchun esa shartli o`lchovda aniqlanadi. Shartli o`lchov sifatida etalon traktor hamda traktor tonna-klassi qabul qilingan.
Istiqbol texnologik kartalarini (ekin turlari bo`yicha) ishlab chiqish va bunga asosan turli me’yorlarni belgilashda tonna-klassdagi traktorlar o`lchovi keng ishlatiladi. Traktorlarga talab har bir traktor markasi bo`yicha (joriy yilga yoki shartli traktorga (istiqbolga) to`g`ri keladigan jismoniy ish hajmiga asosan hisoblanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
bunda: Tt – traktorlarga talab;
IX – bajarilishi lozim bo`lgan ish hajmi;
Mki – traktorlarning kunlik ish me’yori;
IKam– agrotexnik muddatdagi ish kunlari.
Bu formuladagi kunlik ish me’yori o`rniga soatlik ish me’yorini qo`llash ham mumkin. Bunda formula quyidagi shaklga ega bo`ladi:
bunda: Ms – tratorning soatlik ish me’yori;
Sk – traktorning bir kunda necha soat ishlashi;
Ks – smena koeffitsiyent yoki ishning necha smenada tashkil etilishi.
IKam– agrotexnik muddatdagi ish kunlari.
Shuni inobatga olish kerakki, qishloq xo`jaligida bir ish smenasi 7 soat qilib qabul etilgan. Ayrim hollarda mavsumiy ish tig`izligi davrlarida bir kunda bir smenadan ortiq (1,5 yoki 2 smena) ish bajarilishi mumkin. Bu formuladan kombaynlar va o`ziyurar mashinalarga talabni aniqlashda ham foydalaniladi.
Traktorlarga osiladigan va tirkaladigan, ya’ni ish mashinalariga (qishloq xo`jalik mashinalariga) talab tashkil etilgan agergat xususiyatiga, traktorlarning talab qilingan soniga ko`ra aniqlanadi. Masalan, traktor agregati tashkil etilganda bir traktorga bir qishloq xo`jalik mashinasi to`g`ri kelgan (osilgan yoki tirkalgan) bo`lsa, traktorlar talabi qancha bo`lsa, qishloq xo`jaligi mashinasiga talab ham shuncha bo`ladi. Agar tirkalgan mashinalar soni 2 ta bo`lsa, talab 2 marta ortiq bo`ladi. Traktor agregati g`alla ekishda 1 traktorga 3 ta seyalka ulanib tashkil etilgan bo`lsa, seyalkalarga talab traktor talabiga nisbatan 3 barobar ortiq bo`ladi. Ekish ishini belgilangan muddatda bajarish uchun 10 ta traktor talab etilgan bo`lsa, seyalkaga talab 30 taga (10 x 3) teng bo`ladi va h.k.
Har bir qishloq xo`jaligi korxonasida traktorlarga va boshqa qishloq xo`jaligi mashinalariga talabni aniqlash uchun har bir ekin turi va tadbir bo`yicha texnologik kartalar yoki hisoblash jadvallari tuziladi.
Ko`rsatilgan ish hajmini bajarish uchun mashina uskunalarga talab quyidagicha bo`ladi:
traktor
T-4 markadagi traktorni etalon traktorga aylantirish koeffitsiyent 1,4 bo`lganligi sababli etalon traktorlarga talabni topish uchun talab etilgan jismoniy traktor sonini etalon traktorga aylantirish koeffitsiyent ko`paytiriladi (4,5x1,4). Bunda talab etiladigan etalon traktorlar soni 6,2 tani tashkil etadi.
Ko`rinib turibdiki, texnologik karta va hisoblash jadvallarida ayrim ish turlari bo`yicha ma’lum muddatlarga aniqlangan qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xususiyatga ega bo`lganligi va shunga ko`ra, turli muddatlarda bajariladigan ishlar hajmi bir-biridan keskin farq qilganligi, bu jarayon doimo o`zgarib turganligi uchun, ma’lum bir muddatda talab etilgan traktor va qishloq xo`jaligi mashinalari sonini korxonaning shu mashinalarga haqiqiy talabi deb bo`lmaydi.
Shuning uchun qishloq xo`jaligida traktorlar va boshqa qishloq xo`jaligi mashinalarga yillik talabni to`g`ri aniqlash uchun traktorlarni har bir markasi bo`yicha mashina va uskunalardan foydalanishning yillik grafigi tuziladi. Grafikka yetarli o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilib, eng ma’qul darajaga keltirilgandan keyin, eng yuqori talabni ifoda etiladigan davrdagi talab korxonani shu markadagi traktorga va unga mos keladigan qishloq xo`jaligi mashinalariga yillik talab sifatida qabul qilinadi.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida traktorlar va boshqa mashina-uskunalarga talabni aniqlash bilan birga, mashina-traktor parki (MTP) mavjud bo`lgan taqdirda faoliyatini to`g`ri va samarali tashkil etish uchun ulardan qay darajada foydalanilayotganini ifoda etuvchi ko`rsatkichlarni bilish kerak. Bu ko`rsatkichlar quyidagilardan iborat.
1. Traktorlarning o`rtacha yillik soni. Bu ko`rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
a) ,
bunda: - o`rtacha yillik son;
X1 Xn - traktorlarni har oy boshiga bo`lgan soni;
n - mavjud oylar.
b) Xo`jalikdagi jami traktor kunlar yoki soatlari bir yilni kalendar kuni - 365 ga yoki bir yillik soatlar miqdoriga bo`linadi (8760 soat). Jami mashina kunlari yoki mashina soatlari har bir traktorni xo`jalikda bo`lgan kunlari yoki soatlari yig`indisidan iborat bo`ladi.
bunda: SHMK - jami mashina kuni;
SHMS- jami mashina soatlar.
2. Mashina-traktor parkining (MTP) ishga tayyorgarlik darajasi, ya’ni ishga tayyor qilib qo`yilgan mashinalarning jami mashinalarga nisbati.
Bunda: KT - ishga tayyorgarlik koeffitsiyent;
IT - ishga tayyor traktorlar;
JT - jami mavjud traktorlar.
3. Ishga qatnashish koeffitsiyent (darajasi), ya’ni ishga qatnashgan traktorlarning jami traktorlarga nisbati.
bunda: Kk - ishga qatnashish koeffitsiyent;
IK - ishga qatnashgan traktorlar.
4. Mashina-traktor parkidan foydalanish smena koeffitsiyent.
,
bunda: MTPKs- MTP foyda koeffitsiyent;
MS - bajarilgan mashina smena;
MK - bajarilgan mashina kuchlar.
5. Traktor kombainlardan foydalanishning yillik unumi, maxsus mashinalarning mavsumiy unumi bir traktorga to`g`ri keladigan etalon gektar bajarilgan mashina kunlari yoki mashina soatlari.
6. Traktorlarning potentsial unumi va undan foydalanish darajasi - koeffitsiyent.
bunda: Ik - traktorning imkoniyatidan foyda koeffitsiyent;
XI - haqiqatda bajarilgan ish;
BI - bir yilda bajarilishi kerak bo`lgan ish etal. gektarda.
Bajarilishi kerak bo`lgan (BI) ish quyidagicha aniqlanadi. Etalon traktorning bir yilda ishlashi mumkin bo`lgan mashina soatlari aniqlab olinadi.
1 etalon traktorning bir soatda bajargan ishi 1 etalon gektarga teng qilib olinganligi uchun, etalon traktorning bir yilda bajargan mator soatlari yoki mashina soatlari bir yillik bajargan etalon gektarga teng bo`ladi. Faraz qilaylik, xo`jalikning mavjud sharoitlariga ko`ra (tarmoqlar tuzilishi, mexanizatsiya darajasi, erishilgan mehnat unumdorligi va h.k.), 1 etalon traktor bir yilda 250 kun va har kuni o`rtacha -10 soatdan ishlaganda bir yilda 2500 mashina soatida yoki 2500 etalon gektarda ish bajargan bo`ladi. Agar biz «T-4» traktorining bajarishi mumkin bo`ladigan bir yillik ish hajmini aniqlamoqChi bo`lsak, u holda bir etalon traktor bajarishi mumkin bo`lgan ish hajmini (2500 et.ga), «T-4» traktorni etalon traktorga aylantirish koeffitsiyentga (Ke -1,4) ko`paytirishimiz kerak (2500x1,4). Bunda «T-4» traktorning bir yilda bajarishi mumkin bo`lgan ya’ni shu korxona uchun shu yilda belgilangan potentsial imkoniyat aniqlanadi. Agar «T-4» traktorining potentsial imkoniyati ma’lum bir yilga 3500 etalon gektar qilib belgilangan bo`lsayu, u haqiqatda 2900 etalon gektar ish bajargan bo`lsa, u holda potentsial imkoniyatdan foydalanish koeffitsiyent- 0,83 ga teng bo`ladi.
Korxonaning avtotransporti, elektr xo`jaligini tashkil etish va tahlil qilish xuddi yuqorida bayon etilgandek amalga oshiriladi.
Qisqacha xulosalar
Korxonaning ishlab chiqarish vositalari moddiy-texnika bazasini ifoda etib, uning samaradorligi shu vositalardan foydalanish darajasiga bog`liq.
Korxonada ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlarini to`g`ri aniqlash, ularni takror hosil qilish uchun o`ta zarur.
Korxonaning ishlab chiqarish vositalari tarkibida mexanik ishlab chiqarish vositalari eng faol qismni ifoda etadi.
Korxona asosiy vositalari ta’mirining yonilyoi va moylash materiallariga bo`lgan talabini aniqlash, vositalarni doimo ishga yaroqli bo`lishini ta’minlash talab etiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar -
Korxona aktivlari tushunchasi nimani anglatadi?
-
Uzoq muddatli va joriy aktivlar qanday farqlanadi?
-
Korxona aktivlari qanday usullar yordamida baholanadi?
-
Korxonaning joriy aktivlari tarkibi va ularni boshqarishning xususiyatlari nimalardan iborat?
-
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari nimalardan iborat?
-
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi qanday? foydalanish ko`rsatkichlari.
-
Korxonaning mashina-uskunalarga bulgan talabini aniqlash tartibi qanday?
-
Mexanizatsiya ishlarining umumiy hajmi traktor markalari bo`yicha qanday aniqlanadi?
Adabiyotlar
-
Ковалев В.В. Учет, анализ и финансовый менеджмент. – M.: Финансы и статистик, 2006.
-
Ковалев В.В., Ковалев В.В. Финансовая отчетность: анализ финансовой отчетности. – 2-e изд. – M.: Проспект, 2006.
-
Xodiyev B.va boshq. Kichik tadbirkorlikning moliyaviy menejmenti, T.: Konsauditinformnashr, 2004.
-
Samatov G`.A. va boshq. Qishloq xo`jaligi ishlab сhiqarishini tashkil etish. - T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005.- 507 b.Ensiklopediya (yunon. ἐγκύκλιος παιδεία - barcha bilimlar doirasida taʼlim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir. Oʻzida barcha (universal ensiklopediya) yoki baʼzi (soha ensiklopediyasi) sohalar boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi.
-
Jo`raev F. Qishloq xo`jaliпш korxonalarida ishlab сhiqarishni tashkil etish. - T.: Istiqlol, 2004.
-
Hamdamov Q.S. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish. - T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2004.Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
-
Макаветс Л.И., Макаветс М.Н. Экономика производства и сельскохозяйственного производства. – Санкт-Петербург, 2002.
-
Никляев В.С. Основы технологии сельскохозяйственного производства: земледелие и растениеводство. - M.: Былина, 2000.
Aim.uz
|