• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, modelga tasnif)




    Download 87.01 Kb.
    bet1/7
    Sana02.11.2023
    Hajmi87.01 Kb.
    #93337
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, mod-fayllar.org
    innovatsion 1 mustaqil ish Diyor, Chaqiruv qog`ozi-391191100267 (3), matlab for dummies, суровнома, 1--amaliy ish ADP Jumaniyozova Nodira., 1--amaliy ish ADP Saparova Dilnoza., 1111, abdulla-avloniyning-pedagogik-qarashlari, Abdujalil Shomirzayev. Fizika 09, «Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andoz, erkaklar koylagi, 12-k-2022- guruh talabasi Ashurov Azizbekni Fizika fanidan musta-fayllar.org, Grafik tasvirlash asoslari (grafika tarixi), pdf converter 202312250302

    Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, modelga tasnif)


    Mundarija



    1. Kirish.
    2. Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, modelga tasnif).


    3. Material tanlash va uni asoslash (konfeksion karta material xarakteristikasi, gazlamani fizik mexanik ko’rinishi).


    4. Asbob uskuna tanlash ( texnik rasm, qirqimlar).


    5. Kiyim tikish texnalogiyasi tartibini tuzish.


    6. Detallarni o’zaro bog’lanish matrissasini tuzish




    7. Xulosa


    8. Foydalanilgan adabiyotlar



    KIRISH
    Respublikamiz dizaynerlari, rassomlari va arxitektorlari vatanimiz dizaynini rivojlantirish maqsadida shu paytgacha dizaynda shakillangan turli uslublarga murojat etmoqdalar. Libos dizaynerlari tikuvchilik va to’qimachilik soxalari bilan bevosita bog’liq bo’lganligi sababli, xozirgi kun modelyer – dizaynerlarda qo’yildan talablar yuqori darajada.
    Mamlakatimiz mustaqillikga erishganidan so’ng qilingan birinchi ishlardan biri, milliy hom-ashyodan o’zimizda to’laligicha qayta ishlanishni yo’lga qo’yishga erishish, paxtamizdan sifatli tola, toladan mato, matodan tayyor mahsulot, erkaklar, ayollar, bolalar ust-boshini O’zbekistonda ishlab chiqarish, dunyo bozoriga ekologik toza mahsulot eksport qilishdan iborat edi.
    Bu borada katta hajimdagi ishlar qilindi. Sohaga jalb etilgan investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar asosida yirik to’qimachilik korhonalar, bo’yash fabrikalari, tikuvchilik majmualari barpo etildi. Natijada, qisqa fursat ichida paxta tolasini hom-ashyo sifatida sotib kelgan O’zbekiston o’zining gazlama, ip-kalava kabi tayyor mahsulotlarini chetga eksport qiluvchi mamlakatlarga aylandi.
    Natijada, yurtimizda ular bilan tashkil etilgan o’nlab qo’shma va zamonaviy majmualar barpo etildi. Muhimi sohadagi tarraqiyot modernizatsiya va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida davom ettirilmoqda. Shu sababli ham tarmoq bilan birga yuqorida tilga olingan yo’nalishlar odimlay boshladi.
    Xalqaro tajriba va ananalar asosida, mahalliy kadrlarga suyangan holda dunyo sivilizatsiyasiga yuz tutdi. Bugungi kunda moda yo’nalishi ommabop uslublar haqida ma’lumotlar keltirishga, shularni O’zbekiston sharoitiga moslashtirishning samaralari yo’nalishlariga yana bir bor nazar tashlash va uning istiqboli tog’risida xulosalar qilishga ulgurdi.San’at va madaniyat kabi qudratli kuch orqali inson qalbiga yo’l topish haqida so’z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o’ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga keng fikr va mustaqil ijod qilish uchun sharoit va qulayliklar yaratish darkor.
    Bu hayotda ijodkor va san’at ahlini birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik, tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Agarki, har qaysi ijodkor o’z asarlaridanoq shu o’lmas g’oyalarni bosh maqsad qilib qo’ysa, ularni ba’diiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom manoda ma’naviy yuksalishga xizmat, qilib, o’zining ijtimoiy vazifasini to’liq ado etishga erishgan bo’ladi.
    Zamonaviy modadagi yo’nalishlarni o’rganish va madaniyatimizga oqilona tarzda olib kirish, milliy tendensiya bilan uyg’unlashtira bilish bugungi kunda dizaynerlarga vazifa qilib yuklangan.
    Zamonaviy moda yo’nalishlarni o’rganish bilan birda bugungi kun talabi bilan tanishib, bolalar, yoshlar, o’smir va o’spirin yoshdagilarni hoxish-istagini nazarga olgan holda, har tomonlama qulay va estetik talablarga javob beruvchi kiyim to’plamini yaratish maqsad va vazifalarimizdan bittasi. Matolarni narxini va xususiyatlarini o’rganib, homaki maket yasab (tikib) ko’rib, xatolari bo’lsa tuzatib va xulosa chiqargan xolda zamonaviy kiyim yaratish maqsadlarimizdan bittasidir.
    O’zbek va chet el dizaynerlarni ishlari va to’plamlari bilan tanishib chiqib, to’plam yaralishi uchun ilhom bo’lib xizmat manbaani topib, o’rganib chiqib, yangi g’oyalarga turtki berish. Zamonaviy modaga ham milliycha urf berish yo’ki unutilgan “Minimalizm” uslubi bilan uyg’unlikda, qo’l mehnati bilan bezak va aksesuarlarni yaratish, modaga yangi nafas kiritish maqsad qilib belgilangan.
    Bu vazifalarni bajarish uchun kiyimlarni modellashni mukammallashtirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish, tikuvchilik korxonalarini eng yangi jihozlar bilan ta'minlash talab qilinadi.
    Mustaqil mamlakatimiz xalqining o`sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish masalasini hal qilishda tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga ham zimmasiga yuklanadi.
    Respublikamizda ishlab chiqarish salohiyatining, iqtisodni ko`taradigan, dunyo bozarida raqobatga bardosh beradigan haridorgir yengil sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, yengil sanoatni fan va texnika taraqqiyotiga yeng muhim, dolzarb sohaga aylantirish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan hisoblanadi. So`nggi yillar mobaynida mamlakatimnizda ijtimoiy – iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, xalq xo`jaligini sanoatning barcha sohalarini rivojlantirish borasida sezilarli amalga oshirilmoqda. Jumladan, yengil sanoatda bir qancha tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmoqda, qo`shma korxonalar tashkil etilmoqda.
    Hozirgi respublikaning oldida turgan asosiy vazifalardan biri ishlab chiqarishning jadal suratlar bilan rivojlantirish, uning samaradorlini oshirish, ilmiy texnika jadallashtirish va mehnat unumdorligi oshirish jisobiga xalqning moddiy va ma`naviy manfaatdorlikni ko`tarishdan iboratdir.
    Sanoat korxonalaridagi eski asbob-uskunalarni zamonaviy asbob uskunalar bilan almashtirish ham ana shu vazifalarining asosiylaridan biridir O`zbekiston mustaqillikka erishgan yillaridayoq jahon bozori raqobatga bardoshli maxsultlar bilan mustahkam o`rin egallashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi.
    Bu esa iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi yengil sanoat, jumladan, tikuvchilik buyumlari, poyabzal va charm - mo`yna ishlab chiqarish tarmoqlari tuzilishini tubdan o`zgartirishni zaruratga aylantirdi.
    Albatta, bu ishlarni amalga oshirishdan yengil sanoat sohasida ta`lim olib chiqadigan yuqori malakali va iste`dodli mutaxassis kadrlarni yangi texnika va texnalogiya chuqur bilishlari, mulohaza va tahlil qila olishlari hamda yangisini yaratish darajasiga ega bo`lishlari juda muhim bo`lib, muhit talabiga aylanadi.
    Buning uchun ular mutahassislik fanlarni nazariy va amaliy jihatdan chuqur o`rganishlari kerak bo`ladi.
    Kiyim bu – odam tanasini tashqi ta`sirlardan muhofaza qiluvchi va estetik funksiyalarini bajaruvchi buyum hamda buyumlar majmuyi.
    “Kostyum” – chuqur va keng va ma`noga ega. Insonning muayyan ruhiy holatini va tarixiy bosqichini aks ettiradigan, o`zaro uzviy bog`langan, bevosita tanaga kiyiladigan va unga mos ravishda tanlangan kiyim qismlarining tizimi kostyum deyiladi.



    Download 87.01 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 87.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, modelga tasnif)

    Download 87.01 Kb.