1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja




Download 2,88 Mb.
bet1/27
Sana27.01.2024
Hajmi2,88 Mb.
#146932
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi


1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari.
Reja:

  1. Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti.

  2. Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining vazifalari.

  3. O`zbekistonda noyob energetic yonilg`i resurslari.

Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblanadi. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Xalq farovonligini oshirish transport vositalarini, jumladan, avtomobil transportini rivojlantirishga bog‘liq.
Avtomobil transporti yordamida respublikamizda tashilayotgan yuklarning 75 foizidan ortig‘i va yo‘lovchilarning 85 foizidan ortig‘i tashilmoqda. Bugungi kunda dunyodagi avtomobillar soni 650 milliondan
ortdi. Respublikamizdagi avtomobillar soni keyingi yillarda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda va hozirgi kunga kelib umumiy avtomobillar soni 2 milliondan ortdi. Jumladan, 1,1 milliondan ortiq yengil avtomobillar, 600 mingdan ziyod yuk avtomobillari va 350 mingga yaqin avtobuslar mavjud. Respublikamiz avtomobillar soni, asosan, o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar hisobiga ortib bormoqda. Jumladan, respublikamizda 2004- yilda 70 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2005- yilda 110 mingtani, 2006- yilda 140 mingtani, 2007- yilda esa 170 mingtani tashkil etdi. Yaqin kelajakda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar soni yiliga 250 mingtaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Keyingi yillarda «Matiz», «Neksiya», «Lasetti» markali avtomobillar bilan bir qatorda, butun dunyoga taniqli «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «Chevrolet»ning «Kaptiva», «Epika» va «Takuma» markalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu raqamlar qatoriga respublikamizda har yili tashiladigan 1 milllard tonnadan ziyod yuklar, 3 milllarddan ziyodroq yo‘lovchilar qo‘shilsa, nafaqat avtomobilchilarimiz, balki barcha ijrochilarimiz, mutaxassislarimiz oldida yechimini kutib turgan muammolar mavjudligini anglash mumkin.
Keyingi vaqtlarda avtomobil sanoatining tez sur’atlar bilan rivojlanishi avtomobillarning bir maromda ishlatilishini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishni, shuningdek, bu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini oshirishni taqozo etadi.
Transport vositalarining ishonchli ishlashi, iqtisodiy va tejamkorlik ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan transport vositalarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanish darajasiga hamda bu materiallarning sifatiga bog‘liq.
1900- yilda dunyo bo‘yicha 0,8 mlrd t shartli yonilg‘i ishlatil gan bo‘lsa, XX asrning so‘nggi yillarida har yili 400 mlrd t atrofida shartli yonilg‘i ishlatildi. Dunyo bo‘yicha ishlatilgan yonilg‘i miqdorining bu darajada ortib ketishi, yonilg‘i zaxiralaridan tejab-tergab foydalanishni taqozo etadi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar energetika balansida neftning asosiy energiya manbayiga aylanib qolishi, yil sayin neft zaxiralarining kamayib borayotganligi hamda yangi resurslami ishga tushirish qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq ekanligini hisobga olib, yonilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish shu kunning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va texnik muammolaridan biriga aylanib qoldi.
Yonilg‘i va energiya manbalari zaxiralarining cheklanganligi barcha mamlakatlarda, hozirgi va kelajak avlodlar ehtiyojlarini hi­sobga olib, energiyani tejash va resurslardan oqilona foydalanishga intilishni kuchaytirdi.
Dunyoda energetika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida 1974- yilda Parij shahrida Xalqaro energetika agentligi (XEA) tuzilgan. Bu agentlikka 23 mamlakat (bir qator Yevropa davlatlari, AQSH va Yaponiya) a’zo bo‘lib kirgan. XEAning asosiy maqsadi dunyo energetikasida neftulushini qisqartirishdan, energiyadan tejamli foydalanish texnologiyalarini joriy etish va yangi muqobil energiya manbalarini yaratishdan iborat.
Shuning bilan birga, energiya resurslaridan foydalanganda ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori energiya manbalarining sifat darajasiga bevosita bog‘liq. So‘nggi yillarda energiya resurs­laridan foydalanganda atrof muhitni himoyalash bo‘yicha bir qator anjumanlar o‘tkazildi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 1992- yilda Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada «XXI asr kun tartibi» nomli Deklaratsiya qabul qilindi.
1996- yilda Yevropa Ittifoqi G‘arbiy va Markaziy Yevropada va butun dunyoda energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha «Yashil xartiya» nomli hujjatni qabul qildi va 2010- yilda yangi yaratilajak energiya resurslarining ulushini 12 foizga yetkazish bo‘yicha maxsus dastumi tasdiqladi.
Hozirgi kunda respuplikamizda yonilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda g‘oyat muhim strategik manbalar

  • neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 170 ta istiqbolli kon qidirib topilgan.

O`zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin, ko‘mir 2 mill­iard tonnadan ortiq, neft zaxiralari 350 million tonnani tashkil etadi.
Neft, gaz va kondensat zaxiralari o‘z ehtiyojimizni to‘la ta’minlabgina qolmay, mazkur manbalarni eksport qilish imkonini ham beradi.
O`zbekistonda neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zaxiralari bir tirillion AQSH dollaridan ziyod ga baholanmoqda.
Qidirib topilgan zaxiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha 35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha 30 yilgacha qoplaydi.
O`zbekistondagi neft zaxiralarining qazib olinganlik darajasi bor-yo‘g‘i 32 foizni tashkil etadi.
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar - polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda neft va gaz tarmog‘i ildam rivojlandi. Respublika hududida uchta neftni qayta ishlaydigan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) - 2000- yilda rekonstruksiya qilingan, Oltiariq NQIZ va Buxoro NQIZ - 1997- yilda ishga tushirilgan) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho‘rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Ular xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada yangi mahsulot turlari - benzin, aviakerosin, aviabenzin, neft moylarining xilma-xil turlarini, suyultirilgan gaz va boshqalarni olish o‘zlashtirildi.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi gaz kondensati zaxiralarining deyarli 74 foizi, neftning 31 foizi, tabiiy gazning 40 foizi va ko‘mirning 55 foizi O`zbekiston ulushiga to‘g‘ri keladi.
1992- yilda Oliy Majlis tomonidan O`zbekistonda neft-gaz sanoatini rivojlantirishning uchta yo‘nalishi belgilab berilgan edi:

  • O`zbekiston Respublikasining neft mustaqilligini ta’minlash uchun neft va gaz qazib olishni sezilarli darajada ko‘paytirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming dunyo standarti darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun neft va gazni qayta ishlashning taraqqiy etgan texnologiyalarini joriy etish;

  • neft va gaz bo‘yicha geologorazvedka ishlarini jadallashtirish.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan neft
mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’molchilarni neft mahsuloti bilan ta’minlash va ularni ishlatishni nazorat qilish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini chuqurroq takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998- yil 18- sentabrdagi №397- sonli qaror) va «Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida» (1998- yil 31- dekabrdagi №542- sonli qaror) qarorlar qabul qilindi.
2000- yilda dunyo energetika balansida neft birinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi 10 yil mobaynida dunyo bo‘yicha neft qazib olish 13 foizga ortdi. Neft qazib chiqarish bo‘yicha Saudiya Arabistoni yetakchi hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Rossiya va AQSH egallaydi. Neft qazib chiqaruvchi yetakchi mamlakatlar qatoriga Eron, Norvegiya, Iroq va Xitoy ham kiradi. Neftni iste’mol qilish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinni egallaydi (iste’mol qilish ishlab chiqarishga nisbatan 4 barobar ortiq).
Gaz qazib olish bo‘yicha dastlabki ikki o‘rinni Rossiya va AQSH egallaydi. Bu mamlakatlarda qazib olinadigan gaz miqdori butun dunyoda qazib olinadigan gazning 50 foiziga у etadi. Gaz yonilg‘isini iste’mol qilish bo‘yicha esa AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Germaniya yetakchilik qiladi.
O`zbekistonda so‘nggi 10 yilda neft qazib olish 3,2 barobarga, gaz kondensatlari qazib olish 2,2 barobarga ortdi. 1990- yilda respublikamiz 5 mln t neft va neft mahsulotlarini import qilgan bo‘lsa, 1994- yilga kelib to‘la energetik mustaqillikka erishildi.
Tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha O`zbekiston MDH respublikalari orasida uchinchi o‘rinda turadi va jahondagi gaz chiqaruvchi

  1. ta eng yirik mamlakatlar qatoriga kiradi.

«O`zbekneftgaz» xolding kompaniyasi tomonidan 2002- yilda 1,42 mln tonna benzin, 1,54 mln tonna mazut, 1,61 mln tonna dizel yonilg‘isi va 388,4 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarildi.
Keyingi paytlarda ishlab chiqarilgan yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklaming sifat darajasiga, ulardan oqilona foydalanishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Ushbu qo‘llanmadan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak mutaxassislarni avtomobillarda ishlatiladigan neft mahsulotlarining markasi va navini ajrata bilishga, ularning sifat pasportlarini to‘g‘ri tushunishga, foydalanish xossalarini baholay olishga, yonilg‘i-moylash materiallarining sifati bilan avtomobilning ish xususiyatlari orasidagi bog‘liqlikni aniq tushunishga, neft mahsulotlarini tejab, oqilona sarflashning asosiy tamoyillarini bilishga o‘rgatish, shuningdek, rezina detallarning xususiyatlarini, lak-bo‘yoq materiallarini markasi asosida tanlash, lak-bo‘yoq qoplamasini hosil qilish texnologiyasi, avtomobillarda ishlatiladigan qoplama, qistirma, izolatsion va yog‘och materiallarning hamda yelimlaming xususi­yatlarini o‘rgatishdan iborat.

Download 2,88 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 2,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja

Download 2,88 Mb.