• Yonish issiqligiga kora gazsimon yonilgilar qanday turlarga bolinadi
  • Yonilg`i turlari Muqobil motor ypnilg`ilari
  • 1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja




    Download 2,88 Mb.
    bet8/27
    Sana27.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #146932
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    Bog'liq
    Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi

    Nazorat savollari.

    1. Gazsimon yonilg'ining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

    2. Gazsimon yonilg'ilarning kelib chiqishi bo'yicha turlari, ularning tarkibi va xossalari qanday?

    3. Yonish issiqligiga ko'ra gazsimon yonilg'ilar qanday turlarga bo'linadi?



    8-Mavzu: Ichki yonuv dvigatellari uchun muqobil yonilg`ilar.
    Reja:

    1. Zamonaviy porshenli ichki yonuv dvigatellari

    2. Yonilg`i turlari

    3. Muqobil motor ypnilg`ilari

    Hozirgi kunda iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun atrof-muhitga kam zararli moddalar chiqaradigan shuningdek, yonilg’i tejamkorligi yuqori bo’lgan avtomobillarni ishlab chiqarish tarkibini oshirish va takomillashtirish zarur. Zamonaviy porshenli ichki yonuv dvigatellariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: atrof-muhitga salbiy ta’sir qilishning eng kam darajasi; issiqlik energiyasining mexanik energiyaga aylantirish takomilligining darajasi yoki solishtirma yonilg’i sarfining eng kichik qiymati va ishqalanishga sarflarning kichikligi; burovchi moment va quvvatlar maksimal qiymatlarining keng diapazoni; litrli quvvatning yuqori qiymati; solishtirma massa va gabarit o’lchamlarining eng kichik qiymatlari; konstruksiya elementlarining ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishi; konstruksiyaning soddaligi; xizmat ko’rsatish qulayligi hamda ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash arzonligi; ishonchli o’t oldirish va o’zgaruvchi ish rejimlariga tez moslashish; konstruksiyaning yonilg’ining har xil turlarida ishlashi va istiqbolligi; konstruksiyaning modernizatsiyalashga imkon berishi; Yuqorida qayd etilgan talablar ko’p jihatdan foydalaniladigan neftdan olingan motor yonilg’ilarining turiga bog’liq, ular cheklangan resursga ega. MAGATE, OPEK, BMT sanoat rivojlanishi departamenti ma’lumotlari va Jahon Energetika Agentligi (JEA) bashorati bo’yicha 2030 yilda jahon energiya balansida neftning ulushi 40 %, gazniki – 27 %, ko’mirniki – 24 %, boshqalarniki – 9 % ni tashkil qiladi [3]. Hozirgi paytda dunyoda 1 yilda taxminan 5 mlrd. tonna, Rossiyada – 0,5 mlrd. tonna, O’zbekistonda – 6 mln. tonna neft qazib olinmoqda. Shuni qayd etish lozimki, AQSHda 1 yilda 19 mln. barrel (2,9 mln. tonna) neftdan foydalaniladi va Amerika neft instituti ma’lumotlari bo’yicha 43 % neft mahsulotlaridan avtomobillar uchun yengil yonilg’i sifatida, 11% – dizel yonilg’isi sifatida, 9 % – aviatsiya yonilg’isi sifatida, 16 % – moy, gudron, plastik sifatida, 4 % – pech yonilg’isi sifatida, 5 % – og’ir yonilg’isi va 12 % – turli yonilg’i sifatida foydalaniladi [5]. Neft mahsulotlaridan foydalanishning bunday dinamikasi ularni almashtiruvchilaridan – alternativ motor yonilg’ilaridan foydalanishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan deyarli hamma yuqori rivojlangan mamlakatlarda yonilg’i-energetik resurslar balansini ratsionallashtirish hamda iqtisodiyotning energiyani eng ko’p iste’mol qiluvchi sohasi sifatida transportning har xil turlari uchun alternativ yonilg’ilar bilan bog’liq bo’lgan ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Ma’lumki, quyidagilar alternativ yonilg’i safiga kiradi: ko’mirdan olingan sintetik benzin, yonuvchi slanets, torf, tabiiy gaz; benzonometanol va benzonoetanol aralashmalari; vodorod; suyuqlashtirilgan neftli propan butan gazlari (SNG); siqilgan tabiiy gaz (SPG) yoki suyuqlashtirilgan tabii gaz (SJPG); gazogenerator, domen, plast gazlari; biogazlar; gazokondensat yonilg’ilari; ammiak; suv-yonilg’i emulsiyalari va boshqalar [6]. Bundan tashqari ular mahalliy, istiqbolli va boshqa alternativ yonilg’ilarga bo’linishi mumkin. Motor yonilg’ilariga qo’yiladigan asosiy talablar ichki yonuv dvigatellari (IYOD)ning zaruriy ko’rsatkichlari va xarakteristikalarini ta’minlashdan kelib chiqib shakllantiriladi. Yonilg’ining detonatsion chidamliligi, fraksion tarkibi, yonishda ajralib chiqadigan issiqlik, korrozion aktivlik va boshqalar ularning asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi.
    Gaz ballonli avtomobillar zaharliligini tadqiqot qilish ishlari natijalarining tahlili shuni ko’rsatadiki, benzinning o’rniga tabiiy gaz ishlatilganda zaharli tashkil etuvchilarning atrof-muhitga chiqarilishi (g/km), o’rtacha, uglerod oksidi bo’yicha 8 marta, uglevodorodlar bo’yicha – 3 marta, azot oksidlari bo’yicha – 2 marta, PAU bo’yicha – 10 marta, tutunligi bo’yicha – 9 marta kamayar ekan [6]. Shu sababli transport vositalari uchun muqobil yonilg’ilardan foydalanish, hamda transport vositalarini gaz yonilg’isiga o’tkazishni takomillashtirish bo’yicha dunyoning yetakchi olimlari va tadqiqotchilari ko’plab ishlarni amalga oshirmoqdalar. Respublikamizda ham gaz ballonli avtomobillarni ishlatish ularning xavfsiz ishlashini tashkil etish bo’yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo’lib ularda alohida talablar belgilab qo’yilgan. Jumladan: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-fevral 2007-yildagi 30- sonli “Avtomobillarni gaz bilan to’ldirish kompressor shaxobchalari va avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o’tkazish choratadbirlari to’g’risidagi” qarori. Bu qarorda 2007-2012 yillar oralig’ida respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga o’tkazish bo’yicha hamda suyultirilgan va siqilgan gaz bilan ta’minlash shaxobchalarini qurish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilangan.
    Ushbu qo’llanmada avtomobillarga gaz ballonli avtomobillarni ishlatishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi bo’yicha ma’lumotlar berilgan. B.I.Bazarovnig “Nauchnie osnovi energo-ekologicheskoy effektivnosti ispolzovaniya alternativnix motornix topliva” nomli dissertatsiya ishida transport vositalari uchun alternativ yoqilg’ilardan foydalanishning ekologik samaradorligi asoslari keltirilgan va asoslab berilgan [6]. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar o’tkazilgan tadqiqotlar va shu yo’nalishda ish olib borgan olimlarning tadqiqotlari natijalaridan foydalangan holda tahlil etilgan.
    O’tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, Tarkibida 83…96 % metan bo’lgan siqilgan tabiiy gaz massasi bo’yicha 25 % vodoroddan tarkib topgan va yuqori oktan soniga ega (OCHM=130 gacha) va shu sabali =13 bo’lganda detonatsiyasiz yonishi mumkin, bu esa effektiv foydali ish koeffitsientini ηe=0,36 ga yetkazish imkonini beradi. Tabiiy gaz yonganda benzin yonganiga nisbatan o’rtacha SN 40 % kam, SO esa 75 % kam, SO2 esa 25 % kam hosil bo’ladi, bundan tashqari dizel yonilg’isi yonganiga nisbatan SN+NOx 80 % kam va SO esa 50 % kam hosil bo’ladi. Dizel dvigateli bazasida yaratilgan gazli dvigatelda azot oksidlarini chiqarish 0,44…14,0 g/km ga, uglevodorodlarni chiqarish 0,8…1,9 g/km ga va uglerod oksidlarini chiqarish 2,8…11,6 g/km ga kamaygan [6]. Dvigatelga yonilg’ining har xil turlarini uzatish masalasini ularning quyidagi xossalarini tahlil qilmasdan va hisobga olmasdan yechish mumkin emas: - fizikaviy-kimyoviy xossalari, ular odatda dvigatel ishini hamda yonilg’i uzatish yoki ta’minlash tizimining konstruktiv xususiyatlarini belgilaydi; - energetik (issiqlik-texnik) xossalari, ular yonish jarayoni borishining va dvigatel ishchi jarayonining sifati va xarakterini belgilaydi; - gazodinamik va texnologik-ishlab chiqarish xossalari, ular yonilg’ilarni olish, transportirovka qilish, zapravka qilish va saqlash bilan bog’langan; - zaharlilik xossalari, ular atrof-muhitga ta’sirni belgilaydi. Yuqorida bayon qilinganlarga ko’ra muqobil motor yonilg’ilarni ularning qator xarakterli belgilari bo’yicha klassifikatsiya qilish mumkin (1-chizma). Gazni tutun, qurum va chala yonishning boshqa mahsulotlarini hosil qilmasdan yoqish mumkin. Gazni oltingugurtli birikmalardan nisbatan osonlik bilan tozalash va yuqori malakali iste’molchilarni oltingugurtsiz yonilg’i bilan ta’minlash mumkin, uni yoqqanda SO2 va SO3 hosil bo’lmaydi.
    Tabiiy gaz neftdan olingan yoki boshqa muqobil motor yonilg’ilariga nisbatan qator muhim afzalliklarga, hamda o’ziga xos fizikaviy-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarga ega (1-jadval). Gazsimon yonilg’ining teplotexnik xarakteristikalari odatda 1 m 3 gaz uchun normal sharoitlarda, ya’ni bosim 760 mm sim. ust. va harorat 0ºS bo’lganda o’tkaziladi. Gazning normal sharoitlari bilan bir qatorda uning standart sharoitlarini ham farqlashadi, ularga bosim 760 mm rt. st. va harorat 20 ºS mos keladi. Texnik adabiyotlarda bosim 760 mm rt. st. va harorat 15 ºS da ham gazning xarakteristikalari keltiriladi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja

    Download 2,88 Mb.