• Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar
  • 1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja




    Download 2,88 Mb.
    bet10/27
    Sana27.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #146932
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
    Bog'liq
    Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi

    Nazorat savollari

    1. Moy qanday usullarda olinadi?

    2. GRNLRON nima?

    3. Asfalsizlantirish nima?


    10-Mavzu: Moyning vazifasi va turlari
    Reja:

    1. Moy turlari

    2. Moy vazifalari

    3. Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar

    Surkov moylari deganda, qaynash harorati 350°C dan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan iborat neft fraksiyasi tushuniladi. Moy­lar benzin va dizel yonilg‘isiga nisbatan yuqori qovushoqlikka ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, sariqdan qoragacha rangda bo‘ladi. Yonilg‘ilar singari suvdan yengil (20°C haroratdagi zichligi 870- 950 kg/m3) bo‘lib, suvda erimaydi.
    Ishlatiladigan moylash materiallarining sifati va mos kelishi avtomobilning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlovchi omil- lardan biridir. To‘g‘ri tanlangan yaxshi sifatli surkov moyi agre- gatlarning eng noqulay sharoitlarda ham uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.
    Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik moylar) turlarga bo‘linadi.
    Olinish usuliga ko‘ra moylar quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • mineral moylar - tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni ara- lashtirish yoki qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. Mineral moylarning asosiy qismi (90 foizdan ortig‘i) neftni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi;

    • neft moylari - neft xomashyolaridan olingan tozalangan moy. Neft moylari olinish usuliga ko‘ra distillatli, qoldiq va aralash bo‘lishi mumkin;

    • sintetik moylar - sintezlash natijasida olingan moylar. Ishlab chiqarish qimmatligi tufayli ular keng ko‘lamda ishlatilmaydi, eng muhim ishqalanish uzellaridagina ishlatiladi;

    • o‘simlik moylari - o‘simliklar urug‘ini qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. Texnikada kanakunjit, xantal va boshqa o‘simlik moylari ishlatiladi;

    -hayvonotmoylari-hayvonotmahsulotlaridanolinadiganmoylar. 0‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan organik moylar­ning moylash xususiyati yuqori bolsa-da, ammo issiqlik tasiriga chidamliligi past. Shuning uchun ular neft moylariga qoshib ish­latiladi.
    Organik moylar yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda ish­latiladi.
    Plastik moylar mineral yoki organik moylarni quyultirish yo‘li bilan olinadigan murakkab tarkibli mahsulotdir. Ulardan juda keng foydalaniladi. Organik va mineral moylarning asosiy kamchiligi ularni ishlatish mumkin bo‘lgan harorat chegaralari oralig‘ining kichikligidir. Harorat -20°C dan past bo‘lganida ko‘p moylar qo- tib qoladi, 150-200°C haroratlarda ishlatilganida esa tez bug‘lana boshlaydi va oksidlanadi. Bu moylar yaramaydigan hollarda sinte­tik moylardan foydalanish tavsiya etiladi.
    Davlat standard talablariga binoan, neft moylari ishlatilish so- hasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • motor moylari (benzinli, dezelli va gaz turbinali dvigatellar uchun);

    • transmission moylar (gidrouzatmalar, gidrodinamik va gidro- hajmiy uzatmalar uchun);

    • maxsus (turbina, kompressor va boshqa moylar);

    • turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar.

    Avtomobil agregatlarini moylashda, asosan, motor va transmis­sion moylardan foydalaniladi.
    Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, ular- dan eng asosiylari quyidagilardir: detallarning yeyilishini kamayti- rish; ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani kamaytirish; detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel silin- dri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni); qizigan detallarni moy tizimi bo‘yicha moy aylanishi hisobiga qisman bo‘lsa-da sovitish; ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo‘lgan yemirilish mahsulotlarini filtrlovchi qurilmagacha surib kelish; metall sirtlarni korroziyadan himoya qilish.
    Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni yoki ularning bir qismining yetarli darajada uzoq muddat davomida ta’minlanishiga erishish uchun moylar bir qator ekspluatatsion talablarga javob berishi lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari quyidagilardir: moyning qotish harorati imkon qadar past bo‘lishi va ishqalanuvchi de­tallarning ishonchli ishlashini ta’minlovchi qovushoqlikka ega bo‘lishi; ishqalanuvchi detallarning yoyilishini sekinlatish uchun yaxshi moylash xossasiga ega bo‘lishi; fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi yetarli darajada bo‘lishi; metallarni korrozion yemi- rilishdan saqlashi, shuningdek, tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi lozim.
    Bundan tashqari, moyning qimmatbaholigi va o‘t olish xavfini ham hisobga olish lozim.
    Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir necha ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko‘rsatkichlarning qiymati turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar uchun Davlat stan­dard asosida me’yorlashtirilgan. Quyida moylaming asosiy sifat ko‘rsatkichlarining mohiyatini va bu ko‘rsatkichlarning avtomobil dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli va uzoq muddat ishlashiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
    Moylash materiallari ma’lum bir haroratda o‘zining oquvchanlik xususiyatini yo‘qotadi. Moyning oquvchanlik xususiyatini yo‘qo- tishi sovuq ta’sirida moy tarkibidagi uglevodorod kristallarining ajralishi oqibatida kristall karkas hosil bo‘lishi yoki sovuq ta’sirida moy qovushoqligining katta qiymatga ega bo‘lishi natijasida amal- ga oshadi. Neftdan olinadigan ko‘pchilik moylar o‘z oquvchanligi- ni bir paytda yuqoridagi sabablar tufayli yo‘qotadi. Barcha holatlar- da moy oquvchanligining yo‘qolish harorati dizel yonilg‘ilaridagi kabi aniqlanadi va moyning qotish harorati deyiladi.
    Tarkibidan qattiq fazalar ajralib chiqqan va oquvchanlik xususi- yati yo‘qolgan moylardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Shuning uchun har qanday moyga qotish haroratining yuqori qiymati cheg- arasi bo‘yicha talablar qo‘yiladi.
    Moylash materiallarini ishlab chiqarishda olinadigan mahsulot- ning qotish haroratini pasaytirishga yo‘naltirilgan bir qator cho- ra-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlardan biri moy suyuqlanish harorati nisbatan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan parafinsizlan- tirish yo‘li bilan tozalanadi va tozalangan moy tarkibiga depressor qo‘shilmalar (depressorlar) qo‘shilib, moyning qotish harorati se- zilarli darajada pasaytiriladi.
    Qotish haroratining ekspluatatsion qiymati haqida aniq tasav- vurga egabo‘lish lozim. Ungako‘ra, moylarni saqlashdabajariladi- gan ishlar, moylash tizimini moyni qizdirmasdan moy bilan to‘ldi- rish imkoniyatlarini baholash mumkin.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja

    Download 2,88 Mb.