• YOGLARNING TAVSIFl
  • O'simlik moylari va yog'lar texnologiyasi




    Download 5.98 Mb.
    bet1/14
    Sana14.03.2024
    Hajmi5.98 Mb.
    #171099
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YOG` VA MOYLAR TEXNOLOGIYASI
    39
    • O'SIMLIK MOYLARI VA YOG'LAR TEXNOLOGIYASI
    • Yog'-moy sanoati oziq-ovqat sanoatining juda murakkab strukturali muhim tarmoqlaridan biridir. Uning tarkibiga moyli xomashyodan o'simlik moylari va yog'lar ishlab chiqaradigan yog'-moy ekstraksiyalash zavodlari, suyuq moylarni to'yintirib qattiq yog' mahsulotlariga (salomaslar) aylantiradigan gidrogenizatsiya zavodlari, yog'-moylarning xossalarini o'zgartirib, omixtalash (qayta eterifikatsiyalash) korxonalari, margarinlar, mayonezlar va maxsus kulinariya yog'lari ishlab chiqaruvchi zavodlar, sovunlar, glitserin va yog' kislotalari ishlab chiqaruvchi sovun zavodlari, sun'iy yuvish vositalari va oziqabop sirt-faol moddalari ishlab chiqaruvchi zavodlar3 yog'sizlantirilgan moyli urug'lardan oziqabop oqsillar ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
    • Xalq xo'jaligida qo'llaniladigan yog' va moylar orasida ishlab chiqarish hajmi bo'yicha o'simlik moylari yetakchi o'rinni egallaydi va dunyoda ishlab chiqariladigan yog'-moy mahsulotlarining 80% dan ortig'ini tashkil etadi.
    • YOG'LARNING TAVSIFl
    • Yog'lar-o'simlik va tirik organizmlar to'qimalari tarkibidagi fizik-kimyoviy xossalari bir-biriga juda yaqin bo'lgan organik birikmalarning murakkab aralashmasidir. Ular boshqa moddalardan quyidagi xossalari bilan ajralib turadi:
    • - suvda erimasligi (gidrofobligi) va organik erituvchilarda (benzin, xloroform, geksan va h.k.) eruvchanligi;
    • - tarkibida yuqori molekular yog' kislotalaris uglevodorod radikallari va ularga mos murakkab efir guruhlari (— С — O) borligi.
    • l l
    • О
    • Bunday moddalar organizm to'qimalariga katta fiziologik ta'sir ko'rsata oladi. Yog'lar lipidlarning asosiy (95-97%) qismini tashkil etadi.
    • Yog'lar oziq-ovqat mahsulotlarining juda muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. Ular juda xilma-xil iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladi va bu iste'mol mahsulotlarining oziqaviy hamda biologik qiyrnatini belgilab beruvchi omillardan biri hisob­lanadi.
    • Lipidlar tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, oqsillar va uglevodlar bilan birgalikda tirik organizmlardagi organik moddalarning asosiy massasini tashkil etadi.

    Download 5.98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 5.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'simlik moylari va yog'lar texnologiyasi

    Download 5.98 Mb.