Eruvchanlik




Download 0.49 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2024
Hajmi0.49 Mb.
#183946
  1   2   3
Bog'liq
Eruvchanlik
Kurs ishi talabalar ro\'yxati, 238-guruhLaboratoriya KYU, Allohning 99 nomi - Vikipediya, rasm2

Eruvchanlik
Eruvchanlik — modda.ning biror boshqa modda bilan 2 va undan ortiq komponentdan iborat termodinamik barqaror bir jinsli sistema hosil qilishi. Gazlarning suyuqliklar bilan, suyuqliklarning suyuqliklar bilan taʼsirlanishi natijasida shunday sistema hosil boʻladi (qarang Eritmalar). Moddaning eruvchanligi oʻsha moddaning ayni sharoitda hosil qilgan toʻyingan eritmasining konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi. Turli moddalarning maʼlum erituvchilarda eruvchanligi tashqi sharoitga, asosan, temperatura va bosimga bogʻliq. Koʻpchilik suyukdik va qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ortishi bilan, gazlarning eruvchanligi esa bosim ortishi bilan ortadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuniga boʻysunadi. Suyuqliklar bir-birida istalgan nisbatda (mas, suv bilan spirt), bir-birida maʼlum chegaragacha erishi (mas, suv bilan fenol) yoki bir-birida erimasligi mumkin (mas, suv bilan simob). Moddalarning eruvchanligi tashqi sharoit oʻzgarganda Le Shatelye — Braun prinsipi, yaʼni kimyoviy muvozanatning siljish prinsipiga muvofiq oʻzgaradi.Moddalarning suvda eruvchanligi
Moddalarning eritmalarini hosil qilishda qatnashgan miqdoriga qarab ularni to‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan turlarga bo’inadi. Moddaning suvda eruvchanligi eriyotgan moddaning tabiatiga, ular kristallarini yemirib, zarrachalarini bir-biridan ajratish uchun talab etiladigan energiya ortgan sari osonlashadi, temperatura ortganda emvchanlik ham ortadi. Gaz moddalarning eruvchanligi temperaturaga teskari proporsional holda bo’ladi.
Erigan modda zarrachalari suv molekulasining teskari zaryadli qutblarini o ‘ziga tortish natijasida kimyoviy jarayon-gidratlanish sodir bo‘lib, bunda ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agar kristall panjara parchalanish energiyasi (Ekg) gidratlanish energiyasidan katta bo‘lsa, erish davomida eritma soviydi, teskari holatda, erish jarayoni eritma qizishi bilan amalga oshadi. Birinchi hol ammiakli selitra eriganda, ikkinchi hol esa natriy gidroksid eriganda kuzatiladi.



Download 0.49 Mb.
  1   2   3




Download 0.49 Mb.