|
Mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklar. Reja: Tormoz suyuqliklari
|
bet | 1/3 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #99124 |
Bog'liq 4 mavzu Transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklar - Mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklar.
- Reja:
- 1. Tormoz suyuqliklari
- 2. Amartizator suyuqliklari
- 3. Avtomobillarning ko‘tarish mеxanizmlari uchun suyuqliklar
Tormoz suyuqliklarining vazifasi qanday? - Yuk va yengil avtomobillarning tormoz tizimlarida asosan gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida gidrotormoz suyuqliklari ishlatiladi. Ushbu suyuqliklar quvvatni uzatish, agregat va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ushbu suyuqliklar traktor va kombaynlarga o’rnatilgan gidroko‘targichlarda ham ishlatiladi. Masalan, o‘zi og‘darar avtomobillar, buldozerlar, kamazlar, ekskavatorlar gidravlik uzatmalar bilan ta’minlangan.
- Bu suyuqlikning vazifasi kuchlarni ravon, silkinishsiz (turtkisiz, zarbsiz) uzatishdan iborat.
Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz suyuqliklariga quyidagi ekspluatatsion talablar qo’yiladi: - Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz suyuqliklariga quyidagi ekspluatatsion talablar qo’yiladi:
- 1. Tormoz suyuqligining qaynash harorati yetarlicha yuqori bo’lishi kerak. Aks holda suyuqlik qaynab, tormoz pedali polgacha tushib ketadi. Tormoz silindrlarining harorati 190-2000C gacha yetishi mumkin.
- 2. Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo’lishi, ya’ni -400C va undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho’kindi hosil qilmasligi kerak. Bundan tashqari, uning qovushqoqligi -400Cda tormoz pedalini bosishni qiyinlashtiradigan darajada bo’lmasligi kerak.
- 3. Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast yetkazmasligi, shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi qismlarining korroziyasiga sabab bo’lmasligi kerak.
Tormoz suyuqliklarining qanday turlari mavjud? - «Neva» suyuqligi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sintetik kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan iborat. Uni minus 500C dan 500C gacha bo`lgan harorat oralig`ida ishlatish mumkin, 1900C da qaynaydi. Zaharli va yong`in jihatdan xavfli. Issiq suvda eriydi. Och sariq rang berilgan. Disk tormozli yengil avtomobillarda ishlatiladi. Baraban tormozli yengil avtomobillarida; «Ural»; KrAZ-260 (ilashish muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi); GAZ-53A yuk avtomoillarida; KAVZ, PAZ-672 avtobuslarida ishlatish tavsiya etiladi.
- BSK suyuqligi. Butil spirti bilan tozalangan kanakunjut moyining aralashmasidan (1:1 nisbatda) iborat tormoz suyuqligi yaxshi moylash hususiyatlariga ega. Minus 200C haroratgacha ishga layoqatli. Ancha past haroratlarda ham tormoz tizimlarining ishga layoqatligini saqlash uchun suyuqlikka etil yoki butil spirti (1:1 nisbatda) qo`shiladi. Qaynash harorati uncha yuqori (1150C) bo`lmaganligidan BSK suyuqligi disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo`lmaydi. Suv qo`shganda qatlamlanadi. «Neva» va GTJ-22 M tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong`in jihatidan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo`shilgan). Bu suyuqlik baraban tormozli barcha yengil avtomobillarda Gaz-53A; «Ural» yuk avtomobillarida; KAvz va PAZ-672 avtobuslarida ishlatiladi.
- GTJ-22 suyuqligi. Bu suyuqlik glikollar, suv va antikorrozion qo`shilmalarning aralashmasidan iborat. GTJ-22 suyuqligi yaxshi moylash hususiyatiga ega. Minus 500C dan 500C gacha harorat oralig`ida ishga yaroqli. 1400C haroratda qaynaydi, shuning uchun disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo`lmaydi. Suvda yaxshi eriydi. «Neva» tormoz suyuqligi bilan aralashadi; Zaharli: yashil rangga ega. Yuqori o`tuvchanlikdagi avtomobillarda ishlatish uchun mo`ljallangan. Shimoliy hududlarda bu suyuqlikdan BSK tormoz suyuqligi o`rnida foydalanish mumkin.
- «Tom » tormoz suyuqligi. «Neva» tormoz suyuqligini o`rnini bosish uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponentlari to`yingan glikolli efir, poliefir, borat kislotalari va korroziyaga qarshi qo`shilmalardan iborat. Yengil va yuk avtomobillari tormoz tizimlari gidroyuritmalarida ishlatiladi. «Neva» tormoz suyuqligiga nisbatan foydalanish hususiyatlari yaxshi, qaynash harorati nisbatan yuqori. «Neva» tormoz suyuqligi bilan ixtiyoriy nisbatda aralashtirish mumkin.
- «Rosa» tormoz suyuqligi. Yangi turdagi avtomobillar uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponenti borli efir bo`lib, tarkibida korroziyaga qarshi qo`shilmalar qo`shiladi. Tormoz suyuqligi qaynash harorati 2600C ni tashkil etadi. Suyuqlikni bu hususiyati ushbu suyuqlikdan og`ir ish sharoitlarida ishonchli foydalanishni ta`minlaydi va suyuqlikning ish muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Rosa» tormoz suyuqligi «Tom» va «Neva» suyuqliklarini almashtirishi mumkin.
- Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash harorati va past haroratlardagi ko`rsatkichlarga asosan belgilanadi. Qaynash harorati bo`yicha eng yaxshi tormoz suyuqligi «Rosa», eng yomon ko`rsatkichga ega bo`lgan suyuqlik esa BSK suyuqligidir. Foydalanish jarayonida glikol asosidagi suyuqliklarning qaynash harorati pasayadi va ikki yil mobaynida ishlatilgandan so`ng suyuqlikni qaynash harorati quyidagicha bo`ladi: «Neva» - 135-1400C , «Tom » - 150-1600C va «Rosa» - 160-1650C. BSK suyuqligini qaynash harorati 1100C. Shuning uchun BSK suyuqligi shoshilinch ravishda tormoz bosiladigan og`ir ish sharoitlarida tormoz tizimini ishonchli ishlashini ta`minlay olmaydi.
- Tormoz tizimlarida bug` tiqinlari paydo bo`lishini oldini olish maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz suyuqliklarini almashtirish muddati quyidagicha taviya etiladi: «Neva» - 1-2 yil; «Tom » va «Rosa» - 2 yil.
|
| |