|
Mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklar. Reja: Tormoz suyuqliklari
|
bet | 2/3 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #99124 |
Bog'liq 4 mavzu Transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklarTransport vositalarini ishlatish tajribasini ko`rsatishicha yuk avtomobillari tormoz tizimining gidroo`tkazgichlaridagi tormoz suyuqligining harorati odatda 1000C dan ortmaydi. Tormozlanish jadalliligi yuqori bo`lgan sharoitlarda esa, masalan tog` yo`llarida, suyuqlik harorati 1200C ga yetishi va undan ham ortishi mumkin. Diskli tormoz tizimli yengil avtomobillar magistral yo`llarda harakatlanganda ishchi suyuqlik harorati 60-700C ga, shahar sharoitida 80-1000C ga, tog`li hududlardagi yo`llarda 100-1200C, yuqori tezlikda harakatlanayotganda yuqori jadallik bilan tormozlanganda esa 1500C ga yetishi mumkin. Ba`zi bir hollarda (maxsus mashinalar, sport avtomobillari va boshqalar) ishchi suyuqlik harorati yuqorida ko`rsatilgan miqdorlardan ham ortib ketishi mumkin. - Xo’sh Tormoz suyuqliklarining qanday hususiyatlari mavjud?
- Oquvchanlik xususiyati. Tormozlanish jarayoni odatda bir necha sekund, shoshilinch ravishda tormozlanishda esa sekundning ulushi davomida amalga oshadi. Shuning uchun haydovchi tomonidan tormoz pedaliga beriladigan kuch ishchi suyuqliklar yordamida tormoz mexanizmlariga tezlik bilan uzatilishi lozim. Bu sharoit suyuqlikning oquvchanlik hususiyati bilan ta`minlanadi va minus 400C dagi ruxsat etilgan maksimal qovushoqlik chegarasi bilan aniqlanadi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan suyuqliklar uchun bu ko`rsatkich 1500 mm2/s gacha va og`ir ish sharoitlarida ishlatishga mo`ljallangan suyuqliklar uchun 1800 mm2/s gacha bo`lishi mumkin.
- Korroziyaga qarshi xususiyati. Tormoz tizimining gidrouzatmasi turli xil metallardan tayyorlangan detallar birikmasidan iborat. Shuning uchun suyuqlik tarkibida po`lat, cho`yan, alyuminiy, latun va mis materiallarni korroziyadan himoyalovchi ingibitorlar bo`lishi lozim.
Amartizator suyuqliklari. - Avtomobillarning gidravlik amortizatorlarida odatda amortizator suyuqliklaridan foydalaniladi.
- Avtomobilning amortizatorlari keng ish harorat oralig`ida ishga layoqatli bo`lishi uchun ularga quyiladigan suyuqlik past haroratda (minus 400C dan yuqori emas) qotadigan bo`lishi, qovushoqligi yuqori bo`lmasligi (200C da 30-60 mm2/s; 500C da 10-16 mm2/s; 1000C da 2,5-6 mm2/s), harorat o`zgarishi bilan juda kam o`zgaradigan darajada bo`lishi kerak.
- Bundan tashqari amortizator suyuqliklarining moylash va korroziyaga qarshi xususiyatlari yaxshi bo`lishi lozim. Shuningdek amortizator suyuqliklarini qovushoqligi yilning sovuq davrida uchraydigan ixtiyoriy haroratlarida 2000 mm2/s dan ortmasligi lozim. Amortizatorlar uchun suyuqlik sifatida yo qovushoqligi kichik bo`lgan neft moyidan (masalan,
|
| |