|
4-Mavzu. Metal va qotishmalarning xossalari. Metall va qotishmalarning fizik, kimyoviy, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar
|
bet | 1/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 91,33 Kb. | | #240011 |
Bog'liq ABRAZES NAMUNA SHOHRUX Reja: 1.Metall va qotishmalarning xossalari. 2.Fizik xossalari. 4. Texnologik xossalari. 5. Ekspluatatsion xossalari Metall va qotishmalarning asosiy xossalari haqida umumiy ma’lumot - Metallning qattiqligi shu metall sirtqi qatlamining unga botiriladigan ma’lum shaklli ancha qattiq jismning botishiga ko‘rsatadigan o‘rtacha qarshiligiga aytiladi. Fizikaviy. Ximiyaviy. Mexanikaviy. Texnologik. Zichlik. Suyuqlanuvchanlik.Elektr o‘tkazuvchanlik. Diamagnit. Ferromagnit. Statik nagruzka. Dinamik nagruzka. Elastiklik chegarasi. Proporsionallik chegarasi. Guk qonuni. Elastiklik moduli. Oquvchanlik chegarasi. Oquvchanlikning shartli chegarasi. Mustaxkamlik chegarasidagi nagruzka. Uzilish paytidagi nagruzka. Mustaxkamlik chegarasi. Uzilishiga ko‘rsatgan xaqiqiy qarshiligi yoki mustaxkamligining xaqiqiy chegarasi. Nisbiy uzayish. Nisbiy torayish. Zarbiy qovushqoqlik. Quymakorlik. Bolg‘anuvchanlik. Payvandlanuvchanlik. Kesib ishlanuvchanlik. Brinel usuli.
Fizik xossalari - Fizik xossalari. Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichligi, suyuqlanish temperaturasi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig‘imi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va boshqalar kiradi.
- Metall rangi deb, ma’lum to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik nurini qaytarish xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis pushti–qizil rangli, aluminiy esa kumushsimon oq rangli bo‘ladi.
- Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan xarakterlanadi. Zichligiga ko‘ra barcha metallar yengil (4500 kg/m3 dan kam) va og‘ir xillarga bo‘linadi. Turli buyumlar yaratishda metall zichligi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, samolyot va raketasozlikda juda yengil metall va qotishmalardan (aluminiyli, magniyli, titanli) foydalanishga harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish imkoniyatini beradi. Suyuqlanish temperaturasi deb, metall qattiq xolatdan suyuq holatga o‘tadigan temperaturaga aytiladi. Suyuqlanish temperaturasiga qarab qiyin suyuqlanadigan (volfram 3416°C, tantal 2950°C, titan 1725°C va boshqalar) va oson suyuqlanadigan (qalay 232°C, qurg‘oshin 372°C, rux 419°C, aluminiy 660°S) metallar bo‘ladi. Quyma buyumlar, payvandlanadigan va kavsharlanadigan birikmalar termoeleketrik priborlar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun metall tanlashda suyuqlanish temperaturasi katta ahamiyatga ega. SI birliklar sistemasida suyuqlanish temperaturasi Kelvin (K) shkalasida ifodalanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-Mavzu. Metal va qotishmalarning xossalari. Metall va qotishmalarning fizik, kimyoviy, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar
|