|
4-Mavzu. Metal va qotishmalarning xossalari. Metall va qotishmalarning fizik, kimyoviy, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar
|
bet | 4/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 91,33 Kb. | | #240011 |
Bog'liq ABRAZES NAMUNA SHOHRUXBolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. Bolg‘alanuvchanlik namunani berilgan darajagacha deformatsiyalab, temirchilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi, odatda, uning ikkilangan diametriga teng bo‘lishi kerak. Agar uning yon sirtida darzlar paydo bo‘lmasa, bunday namuna sinovga bardosh bergan, tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli hisoblanadi. - Bolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. Bolg‘alanuvchanlik namunani berilgan darajagacha deformatsiyalab, temirchilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi, odatda, uning ikkilangan diametriga teng bo‘lishi kerak. Agar uning yon sirtida darzlar paydo bo‘lmasa, bunday namuna sinovga bardosh bergan, tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli hisoblanadi.
- Materiallarning quyilish xossalari ularning darzsiz bo‘shliqsiz va boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlaydi. Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuvchanlik va likvatsiya kiradi.
- Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi bo‘shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir.
Krisstallanishda krishiuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuvchanlik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. - Krisstallanishda krishiuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuvchanlik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
- Likvatsiya qotishmalarning krisstallanishda paydo bo‘ladigan kimyoviy tarkibining bir jinslimasligidadir. Bu qotishmalar toza metallarga qaraganda qat’iy bir temperaturada emas, balki temperatura oralig‘ida kristallanish bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristallanish temperatura intervali qancha katta bo‘lsa, likvatsiya shuncha tez rivojlanadi. Bunda kristallanish temperatura oralig‘iga kuchli ta’sir qiladigan qotishma komponentlari (po‘lat uchun oltingugurt, kislorod, fosfor, uglerod) likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-Mavzu. Metal va qotishmalarning xossalari. Metall va qotishmalarning fizik, kimyoviy, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar
|