|
4-Mavzu. Metal va qotishmalarning xossalari. Metall va qotishmalarning fizik, kimyoviy, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar
|
bet | 5/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 91,33 Kb. | | #240011 |
Bog'liq ABRAZES NAMUNA SHOHRUXMetall va qotishmalarni bolg‘alash, shtamplash, prokatlash va bosim ta’sirida ishlash natijasida o‘z shaklini yemirilmasdan o‘zgartirish xossasiga bolg‘alanuvchanlik deyiladi.Metall va qotishmalarni bosim ta’sirida ishlash vaqtida u qanchalik yuqori darajada deformatsiyalanib hamda bu deformatsiya uchun zarur kuch qanchalik kichik bo‘lsa unig bolg‘alanuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. - Metall va qotishmalarni bolg‘alash, shtamplash, prokatlash va bosim ta’sirida ishlash natijasida o‘z shaklini yemirilmasdan o‘zgartirish xossasiga bolg‘alanuvchanlik deyiladi.Metall va qotishmalarni bosim ta’sirida ishlash vaqtida u qanchalik yuqori darajada deformatsiyalanib hamda bu deformatsiya uchun zarur kuch qanchalik kichik bo‘lsa unig bolg‘alanuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
- Metal va qotishmalarni payvandlash vaqtida puxta hamda zich birikma hosil qilish xossasiga payvandlanuvchanlik deyiladi. Payvand chokni mexanik xossalari yuqori, strukturasi bir jinsli hamda mayda donali, g‘ovak va boshqa nuqsonlardan xoli bo‘lsa payvandlanuvchanlik xossasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
- Vaqt birligi ichida eng ko‘p yo‘nib tushirilgan qirindi miqdori bilan baholanadigan kattalik miqdoriga kesib ishlanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarni texnologik xossalarini aniqlash uchun turlicha sinovlar o‘tkaziladi. Bu sinovlar murakkab emas va ular standartlashtirilgan. Standartlashtirilgan sinovlar jumlasigabukiluvchanlikga sinash, sovuq xolatda cho‘kuvchanlikga sinash, botiluvchanlikga sinash va boshqalar kiradi.
Ekspluatatsion xossalari - Bu xossalar mashinaning ish sharoitiga bog‘liq holda maxsus sinovlari o‘tkazib aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalardan eng muhim yeyilishga chidamlilikdir.
- Yoyilishga chidamlilik materialning yeyilishiga, ya’ni ishqalanish tufayli buyum tashqi sirtining yemirilishidan o‘lchami va shaklini asta-sekin o‘zgartirishga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatidir. Metallarni yeyilishga sinash laboratoriya sharoitida namunalarda, real ekspluatatsiya sharoitida esa detallarda o‘tkaziladi. Namunalarni sinashda ishqalanish sharoiti real sharoitga yaqin qilib olinadi. Namuna yoki detallarning yeyilish kattaligini turli usullar bilan, chunonchi o‘lchamlarni o‘lchash, namunalarni tortib ko‘rish kabi usullar bilan aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalariga shuningdek sovuqbardoshlik, issiqbardoshlik, antifikatsion xossalar va hakozolar ham kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-Mavzu. Metal va qotishmalarning xossalari. Metall va qotishmalarning fizik, kimyoviy, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar
|