Mavzu: Yuk koʻtarish mashinalarining yuritmalari. Yuk koʻtarish mexanizmi




Download 125,66 Kb.
Sana22.02.2024
Hajmi125,66 Kb.
#160870
Bog'liq
Mustafo Yuk

Mavzu: Yuk koʻtarish mashinalarining yuritmalari. Yuk koʻtarish mexanizmi

Reja: 1. Dastaki yuritma. 2. Elektrik yuritma. 3. Gidravlik yuritma. 4. Yuk koʻtarish mexanizmlari.

1. Dastaki yuritma.

    • 1) dastaki yuritma;
    • 2) mashinali yuritma.

Yuk koʻtarish mashinalarida ishlatiladigan yuritmalar ikki guruhga boʻlinadi:
Dastaki yuritmalar asosan yuk koʻtaruvchanligi va tezligi kichik boʻlgan mashina
hamda qurilmalarda ishlatiladi. Mashinali yuritmalar barcha yuk koʻtarish mashina
va qurilmalarda ishlatiladi. Ular elektr manbaiga koʻra:
1) elektrik;
2) ichki yonuv dvigatelli;
3) bug`li;
4) gidravlik;
5) pnevmatik yuritmalarga boʻlinadi.

Bir qator mashinalarida esa qoʻshma, masalan, dizel-elektrik, elektr-gidravlik, elect pnevmatik yuritmalar ishlatiladi. Yuk koʻtaruvchanligi kichik va sekin ishlaydigan kranlarda hamda yordamchi yuk koʻtaruvchi qurilmalarda (domkratlar, tallar, chig`irlar) koʻtarish-tushirish, burish va harakatga keltirish ishlari dastaki yuritma yordamida bajariladi. Bunday yuritmalarda ish vaqtining davomiyligiga qarab dastakka yoki tortuvchi zanjirga qoʻyiladigan ish kuchi quyidgi nominal qiymatlardan katta boʻlmagan holda qabul qilinadi: a) uzoq davom etadigan ishlarda, dastakda 100 N va tortuvchi zanjirda 160 N; b) davriy 6-8 soat davomida tez-tez dam olib ishlanadigan ishlarda, dastakda 160 N va tortuvchi zanjirda 200 N; v) qisqa davom etadigan ishlarda, dastakda 160 N va tortuvchi zanjirda 300 N; g) oʻxtin-oʻxtin bajariladigan ishda, dastakda 300 N va tortuvchi zanjirda 800 N. Tortuvchi organ sifatida odatda, diametri 5-6 mm boʻlgan poʻlat simlardan payvandlab tayyorlangan zanjirlar ishlatiladi. 1.1-rasmda dastaki yuritma mexanizmlarining sxemalari koʻrsatilgan.

1.1-rasm. Dastakli yuritma mexanizmlari sxemalari. Dastak yoki tortuvchi g`ildirak 1 harakati tishli uzatmalar 2 orqali baraban 4 ga oʻralayotgan arqonga oʻzatiladi.

Bunday yuritmalar tejamliligi, harakatni ish bajaruvchi organlarga murakkab uzatish sistemalarisiz bevosita uzatish mumkinligi, harakatning yoʻnalishini oʻzgartirish (reversivlash) qulayligi, ishga doim shay turishi, masofadan boshqarish va avtomatlashtirish imkonining kengligi, ishga tushirishning oddiyligi, boshqarishning qulayligi kabi afzalliklari bilan barcha statsionar kranlarda keng ishlatilmoqda. Elektr yuritmali mashinalarning kamchiligi elektr energiyani tashqi energiya manbaidan olishidir. Elektr yuritmalar elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi, bu energiya esa kranlarning biror mexanizmini ishga tushiradi. Koʻtarish-tashish mashinalarida 110, 220, 440 va 500 V kuchlanishda ishlaydigan DP markali oʻzgarmas tok dvigateli va 220, 330 va 550 V kuchlanishda ishlaydigan MTK va MTKV markali qisqa tutashtirilgan rotorli uch fazali va MT, MTV markali faza rotorli asinxron dvigatellar ishlatiladi. Kran-balka, elektr tallar, koʻtargichlar, shuningdek, yuk tashuvchi toshqa mashinalarda qisqa tutashtirilgan rotorli 4AS markali va yurgizish momenti katta 4AR markali asinxron dvigatellar ishlatiladi. Kran yuritmalarida qoʻllaniladigan dvigatellar asosan uch rejimda ishlaydi: 1) Qisqa muddatli, uzoq davom etadigan oʻzgarmas doimiy yuklamalarda 10, 30, 60 va 90 min. 2) Ulanish davomiyligi (UD) nisbatan qisqa muddatli takror (15, 25, 40 va 60%), ya`ni sikl davomiyligi 10 minutdan oshmaydigan. 3) UD qiymati qisqa muddatli takror va qisman ishga tushirib toʻxtatiladigan (30, 60, 120 va 240 soat).


2. Elektr yuritma.

Hozirgi vaqtda foydali ish koeffisiyentining yuqoriligi, tezlikni pog`onasiz rostlash imkoniyatining kengligi, istalgan ish rejimida chidamli ishlay olishi, boshqarishning oddiyligi, ish organlarini istalgan vaziyatga qoʻyish mumkinligi, ixchamligi, katta quvvatlarni uzata olishi kabi qator afzalliklari tufayli gidravlik yuritmalar yuk koʻtarish mashanalari va qurilmalarida koʻplab ishlatilmoqda. Gidravlik yuritmada elektr dvigatel yoki ichki yonuv dvigateli harakatlantiradigan nasosda mexanik energiya suyuqlik oqimi energiyasiga-gidravlik bosimga aylanadi. Gidravlik yuritmalarning printsipial sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan. Ishchi suyuqlik bakdan dvigatel harkatlantiradigan nasos vositasida taqsimlagichga keladi. Bunda taqsimlagich gidrotsilindr shtogini surishga, shtokini qaytarishga yoki uni ma`lum vaziyatda toʻxtatishga imkon beradi. Klapan sistemani oʻta yuklanishdan saqlaydi.


1.2-rasm. Gidravlik yuritmaning printsipial sxemasi.
3. Gidravlik yuritma.

Yuk koʻtarish mexanizmlari yukni koʻtarish va tushirish vazifasini bajaradi. Ular elektromotor, mufta, tormoz, reduktor, baraban, polispast va ilgak osmasidan iborat. Rasmda elektr yuritmali koʻtarish mexanizmining sxemasi keltirilgan. Ushbu yuritmada elektrmotor vali reduktorning kirish valiga odatda MUVP (MN2090-64) turdagi elastik vtulkali muftlar orqali biriktirildi. Baraban va elektrmotor ajralmaydigan kinematik juftlik orqali bog`langan koʻtarish mexanizmlarida reduktorga biriktirilgan yarim muftalarning biri tormoz shkivi sifatida ishlatiladi. Agar mufta elastik boʻlsa (MUVP, prujinali va h.), unda Davlat texnika nazorati talabiga binoan, tormoz shkivi sifatida reduktor valida joylashgan yarim muftalarni ishlatish ruxsat etiladi. Shu bilan birga tormozlanganda elastik mufta elementlari yuk momenti harakatidan ajraladi, bu esa uning ishlash muddatini oshiradi. Baraban va reduktorning qanday ulanganligi koʻtarish mexanizmining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlariga sezilarli ta`sir qiladi.


1.3-rasm. Elektr yuritmali koʻtarish mexanizmining sxemasi:
1 – elektromotor; 2 – baraban; 3 – muvozanatlovchi blok; 4 – polispast; 5 – ilgak osmasi; 6 – reduktor; 7 – mufta; 8 – tormoz.
4. Yuk koʻtarish mexanizmlari.
Download 125,66 Kb.




Download 125,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yuk koʻtarish mashinalarining yuritmalari. Yuk koʻtarish mexanizmi

Download 125,66 Kb.