• 33-Rasm. Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimi.
  • Ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsiplari




    Download 155,75 Kb.
    Sana29.01.2024
    Hajmi155,75 Kb.
    #147923




    DIZELNING ELEKTRON BOSHQARILADIGAN AKUMLYATORLI YONILĜI UZATISH TIZIMI


    Ichki yonuv dvigatellarining ishlashi uchun uni havo va yonilg’idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash kerak bo’ladi. Ta’milash tizimining vazifasi dvigatelning sh rejimiga mos ravishda ma’lum tarkibdagi yonuvchi aralashma tayyorlash (benzinli dvigatellarda karbyuratorli va injektorli) va uni kerakli miqdorda silindrlarga uzatish hamda ulardan ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Yonilg’i aralashmani tayyorlash turiga qarab benzinli ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo’linadi:

    • karburatorli

    • injektorli

    Karbyuratorli dvigatellarining ta'minlash tizimini ishlash tamoyili quyidagicha: bеnzin yonilg’i bakidan naycha orqali filtrga o’tib, undan yonilg’i nasosi yordamida bosim ostida naycha yordamida karbyuratorga yuboriladi. Havo tashqi muhitdan havo filtri orqali karbyuratorga so’rib olinadi. Karbyuratorda to’zitilgan va qisman bug’langan yonilg’i havo bilan qo’shilib, yonuvchi aralashmani hosil qiladi. So’ng yonuvchi aralashma kiritish quvuri orqali silindrlarga so’riladi, ishlatilgan gazlar esa chiqarish quvuri va oraliq quvur orqali so’ndirgichga kirib, undan kеyin tashqi muhitga chiqariladi. Bunda yonuvchi aralashma (bеnzin va havo) silindr tashqarisida tayyorlanadi. Yonuvchi aralashmani bunday tayyorlash karbyuratsiyalash, uni tayyorlovchi asbob karbyurator dеyiladi.


    33-Rasm. Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimi.


    1-havo filtri, 2-karbyurator, 3-kiritish quvuri, 4-chiqarish quvuri,5-naycha, 6- benzin nasosi,7-filtr, 8-oraliq quvur, 9- naycha, 10-so’ndirgich, 11-quvur, 12- benzin baki,
    13-yonilg’i quyish bo’g’zi, 14-qopqoq, 15-qalqovichli qurilma, yonilg’i sathini ko’rsatuvchi asbos.


    Karburatorli yonilg’i ta’minlash tizimi bir vaqtning o’zida quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg’i tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo’yicha qo’yiladigan talabga javob bera olmaydi.
    Karburatorli dvigatellarning ta’minlash tizimining asosiy kamchiligi quyidagidan iborat:

    • silindrlar sonini karburatordan har xil masofada joylashgan;

    • yonilg’i aralashmasi karburatorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor aralashma uzatiladi.

    Bu kamchiliklar natijasida silindrlarga har xil tarkibdagi yonilg’i aralashmasi yetib boradi va yonilg’i sarfi oshadi.
    Bu kamchiliklarni yo’qotish uchun yonilg’i aralashmasini har bir silindr oldida tayyorlash kerak bo’ladi.
    Zamonaviy avtomobil dvigatellarida har bir silindrning kiritish klapanlari yaqinida yonilg’i aralashmasini tayyorlaydigan elektron yonilg’i purkash tizimi (injektorlar) qo’llaniladi.
    Injektorli benzinli dvigatellarni purkash tizimi yonilg`i aralashmasini kerakli tarkibda har bir silindrlarning kiritish klapnlari yaqinida ish rejimiga mos ravishda tayyorlab berish uchun xizmat qiladi.
    Elektron yonilg’i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

    • tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi;

    • yonilg’i aralashmasi aniq tarkibga ega;

    • yonilg’i aralashmasini tarkibini uzoq muddat bir xil ushlab turish mumkin;

    • yuqori yonilg’i tejamkorligini ta’minlaydi;

    • chiqindi gazlarni zararli ta’sirini kamaytiradi.

    Yonilg’i uzatish tizimi. Yonilg’ini bakdan purkash injektorlariga yetkazib berish va ishlash uchun zarur bo’lgan bosimni hosil ilish va ushlab turish uchun xizmat qiladi.
    Yonilg’i uzatish tizimi yonilg’i nasosi, yonilg’i filtri, yonilg’i taqsimlash trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash injektorlaridan tashkil topgan.


    Oddiy karbyuratorni vazifasi, ishlash printsipi, qisqacha tavsifi




    Karburatorli dvigatellarda yonilg'i sifatida benzin qoilamladi. Benzin neftni qayta ishlash mahsuloti bo’lib, uglerod va vodoroddan iborat murakkab kimyoviy birikmadir.
    Karburatorda tayyorlanib, kiritish quvurlari orqali silindrlarga uzatilgan benzinning mayda tomchilari va bug’lari hamda havodan tarkib topgan aralashma- yonuvchi aralashma deyiladi.
    Silindrlarga kiritilgan yonuvchi aralashma oldingi-chiqarish jarayonidan qolgan gazlar bilan aralashib, ish aralashmasini tashkil qiladi.
    Ish aralashmasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    1. Aralashma tarkibi dvigatelning har bir ish rejimiga mos ravishda bo’lishi kerak;

    2. Benzin aralashmada bug’simon holatda bo’lishi kerak;

    3. Har bir silindr ichida, shuningdek hamma silindrlarda aralashma bir tarkibli bo’lishi kerak.

    Ish aralashmasiga kiruvchi moddalar miqdorini bevosita aniqlash imkoniyati yo'qligi tufayli, hamma mulohazalarni silindrlarga kiritilayotgan yonuvchi aralashmaga qaratamiz.
    Yonuvchi aralashmaning tarkibi havo ortiqlik koeffitsiyenti (α) bilan baholanadi. Yonish jarayonida ishtirok etayotgan haqiqiy havo miqdorining (L) yonilg’ini to’la yonishi uchun zarur bo’ladigan nazariy havo miqdoriga (Lo) nisbati havo ortiqlik koeffitsiyenti deyiladi.
    Har xil yonilg’ilarning to’la yonishi har xil nazariy miqdordagi havo miqdorini talab qiladi. 1 kg benzinning to’la yonishi uchun nazariy jihatdan me’yoriy atmosfera bosimi va 20°C haroratda 15 kg (12,5 m2) havo kerak bo’ladi. Bunday nazariy to’g’ri tarkibdagi aralashma (α=l,0) me’yoriy deyiladi.
    Amalda nazariy aralashmada benzin to’la yonmaydi. To’la yonishni ta’minlash uchun 1 kg benzinga 17-18 kg havo darkor bo’ladi. Lekin aralashmadagi ortiqcha havo, benzinning to’la yonishini orttirish bilan birga yonish tezligining pasayishiga olib keladi. Bu esa, o ‘z navbatida dvigatel quvvatining kamayishiga olib keladi.
    Aralashmaning yonish tezligini oshirish uchun aralashmadagi havo miqdorini kamaytirish lozim. Eng katta yonish tezligi 1 kg benzinga taxminan 13 kg havo to’g’ri kelganda sodir bo’ladi. Bu nisbatdagi aralashma dvigateldan katta quvvat olishni ta’minlaydi, lekin benzinning yonishi to’la bo’lmaganligi sababli yonilg’i tejamkorligi yomonlashadi.
    Shunday qilib, yonuvchi aralashmadagi havo miqdori nazariy miqdorga nisbatan ko'payib ketsa (α > l,0), bunday aralashma kambag'al; kamayib ketsa (α< l,0), boy aralashma deyiladi.
    Haddan tashqari boy yoki kambag’al yonuvchi aralashma alangalanmaydi. Havoni benzinga nisbati eng kam va eng ko’p bo'lganda aralashmaning elektr uchqunidan yonish imkoniyati aralashmaning alangalanish chegarasi deyiladi. Boy aralashmani alangalanish chegarasi (α≈0,4) yuqori, kambag'al aralashmaning alangalanish chegarasi (a≈1,4) esa pastki deyiladi.
    Yonuvchi aralashmani tayyorlash jarayonini oddiy karburator misolida ko'rib chiqamiz (35-rasm).

    Download 155,75 Kb.




    Download 155,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsiplari

    Download 155,75 Kb.